Pedagogik kompetensiya-bu-o‘qituvchining shunday shaxsiy (bolajonligi, xayrixohligi, insonparvarligi, mehribonligi) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoiyiligi, ijodkorligi, eruditsiyasi) fazilatlarini belgilaydigan xususiyatki, u o‘z fanini chuqur va atroflicha bilishda, psixologik va metodik tayyorgarlikda, yoshlarni o‘rgatlsh, tarbiyalash va rivojlantirlshning optimal yo‘llarini izlab-topib amaliy faoliyatda qo‘llashida namoyon bo‘ladi.
Bu maqsad quyidagi vazifalarni yechish oirqali hal qilinadi:
-pedagogik mahoratning nazariy-metodologik asoslari bilan qurollantirlsh;
-pedagogik mahoratni mustaqil shakllantirlsh ko‘nikmalarini hosil qilish;
-egallangan pedagogik-psixologik bilimlar asosida shaxsiy pedagogik kompetensiyani yaratlsh malakalarini hosil qilish;
Pedagoglik kasbi sohasida: bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqlsh, pedagogik tasavvur, tashkilotchilik qobiliyati, haqqoniylik, talabchanlik qat’iylik va maqsadga intillsh, vazminlik, o‘z ini tuta bilish kasbiy layoqatlilik. Bilim sohasiga: keng ilmiy saviya, ma’naviy ehtiyoj va qiziqlsh, intellektual qiziqlsh, yangilikni xis qila bilish.
Pedagogik texnika–o‘qitlsh, ta’sir ko‘rsatlsh, ta’lim tarbiya oluvchilarga o‘z his-tuyg‘ulari, bilimlari, axloqiy fazilatlarini o‘z atlsh texnologiyasini ifodalasa, pedagogik muomala–kasbiy faolligining bir ko‘rinlshi bo‘lib, ta’lim-tarbiyada shu jarayon ishtirokchilarining o‘zaro ta’sir va hamkorligini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |