Rayimqulov shoxrux
Download 423.5 Kb.
|
Rayimkulov Shohruh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hajmli o‘yma
- Tosh o‘ymakorligida ishlatiladigan materiallar Tosh
Panjarasimon o‘yma — juda qadimdan rivojlanib kelayotgan o‘yma turlaridan biri. Bu boshqa o‘yma turlaridan farq qilib o‘yilayotgan ganch taxtani ikkinchi tomonidan teshib o‘yib o‘ziga xos pardoz turi beriladi. Panjarasimon o‘yma qadimdan qo‘llanilib uni Varaxsha (VIII) binolarida, Shoxi-Zinda kompleksidagi (XIX asr), Mir Arab, Abdulloxon (XVI asr) Go‘ri Amir maqbarasidagi o‘yma marmardan ishlangan geometrik panjara va boshqalar misol bo‘la oladi. Hozir zamonaviy binolarda panjarali o‘yma xalq amaliy san’ati muzeyida, Oybek nomli O‘zbekiston tarix muzeyida, moviy gumbaz kafesida, metrostansiyalarda qo‘llanilyapti. Kandakorlikda mis oftoba, dastsho‘, choynak, isiriqdon, samovar va boshqalarda o‘yma panjaralar qo‘llanilgan. Yog‘och o‘ymakorligida, tosh o‘ymakorligida ajoyib panjaralar o‘yib ishlanmoqda.
Hajmli o‘yma — haykalsimon, ya’ni hajmli o‘yilgan biror narsa. Hajmli o‘yma qadimdan ishlatilib kelinayotgan o‘yma turlaridan biri bo‘-lib, tosh, suyak, yog‘och va boshqa materillardan o‘yib ishlangan hajmli narsadir. Buxoro yaqinidagi Sitorai Mohi-Xosadagi ikki sher haykali marmardan o‘yib ishlangan hajmli o‘ymadir. Toshdan ishlangan har xil esdalik sovg‘a buyumlari, ko‘za, lagan va boshqalar ham hajmli o‘ymaga kiradi. Tosh o‘ymakorligida ishlatiladigan materiallar Tosh — tosh o‘ymakor ustalarning asosiy ish materialidir. U mustahkam, uzoqqa chidaydigan va chiroyli bo‘lishi kerak. Toshdan qurilgan narsalar bir qancha asrlar davomida yashamoqda. Uni qayta ishlash va undan biror narsa yasash qiyin, kishidan sabr-toqat talab qiladi. Arxeologik topilmalar va arxitektura yodgorliklarini bezashda qadimdan ishlatilib keli-nayotganligining dalilidir. Tosh o‘ymakorligida ishlatiladigan toshlar o‘rni, maqsadi hamda vazifasiga qarab yumshoq, o‘rtacha qattiqlikdagi va qattiq bo‘ladi. Yumshoq toshlarga — gipstosh, talkoxlorit, ohaktosh va boshqalar; o‘rtacha qattiqlikdagi toshlarga — oniks, porfir, ohakli marmar va qattiq toshlarga esa — lazurit, amazon toshi, agat (xalsedon), malaxit, jadent, nefrit, yashma va boshqalar kiradi. Bu materiallardan qozon, ko‘za, laganlar yasalib unga ajoyib o‘yma naqshlar bilan jilo berilgan. Marmar — tog‘ jinsi bo‘lib ohaktoshning alohida nafis turidir. Marmar yo‘l-yo‘l, pushti, sariq, zich, yarim shaffof, yaltiroq ham bo‘ladi. Marmar qadimdan qimmatbaho hamda nafis tosh hisoblanib Zakavkazeda hamda Eronda marmardan zebziynat buyumlari ishlangan. O‘rta Osiyoda immatbaho material bo‘lib, qurilishlarda keng ishlatilgan. Samarqanddagi Amir Temir maqbarasining ichki devorlari, qabr toshlari o‘yma naqsh marmardan ishlangan. Marmardan turli zeb-ziynat buyumlari, taqinchoqlar yasaladi. Marmardan har xil panjara, lagan, sovg‘a buyumlari, poyustunlar, namoyonlar ajoyib marmardan o‘yib naqshlar bilan jilolangan. Download 423.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling