Rayimqulov shoxrux


Download 423.5 Kb.
bet11/14
Sana16.06.2023
Hajmi423.5 Kb.
#1496399
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Rayimkulov Shohruh

O‘yma turlari
O‘ymakorlikda o‘ymalar o‘zining xarakteriga ko‘ra olti turga bo‘linadi: chiziqli, zanjira yassi, chuqur, panjarasimon va hajmli o‘ymalar.
Chiziqli o‘yma — eng qadimgi va eng oddiy o‘yma turi hisoblanadi. Chiziqli o‘yma buyumga o‘tkir asbob bilan tirnash asosida chiziladi. Chuqurroq chiziq gravyurani eslatadi, shuning uchun ham ustalar uni gravyura deb ataydilar yog‘och o‘ymakorligida naqshlarni yoki biror tasvirni mebel, quticha, qalamdon va boshqa narsalarni bezashda qo‘llaniladi. Tosh o‘ymakorligida kichik narsalarni naqsh va biror tasvir bilan bezashda juda keng foydalaniladi. Ganchkorlikda chizma pardoz deb yuritiladi. Suyak o‘ymakorligida va kandakorlikda chiziqli o‘yma juda ko‘p qo‘llaniladi.
Zanjira o‘yma — qadimdan ishlatilib kelinayotgan o‘yma turi, Bu zaminsiz o‘yma hisoblanadi. Tosh, yog‘och, metall o‘ymakorligida zanjira o‘yma turi keng ishlatiladi. Tosh o‘ymakorligida namoyon, lagan va boshqa narsalarni chetiga zanjira o‘yma ishlatiladi. Ganch o‘ymakorligida eshik, namoyon, deraza, izora va boshqalarning chetiga ko‘pincha zanjira o‘yma bajariladi. Zanjira sodda bo‘lsada jozibali ko‘rinishga ega. Geometrik shakllar o‘yilganda soya, yorug‘ va yarim soyalar o‘ziga xos nafis ko‘rinishga ega bo‘lib, kishida ajoyib taassurot qoldiradi. Zanjira o‘yma uzotsdan umumiy ramka ko‘rini-shiga ega bo‘lib, yaqindan esa naqsh bilan zanjira o‘yma qo‘shilib juda boy ko‘rinish beradi.
Yassi o‘yma — eng ko‘p qo‘llaniladigan o‘yma turidir. Bu o‘yma taxminan 1—1,5 sm chuqurlikda bo‘lib, uning relefiga har xil pardoz beriladi. Tosh, yog‘och, mis va boshqa o‘ymakorlikda yassi o‘yma juda kam qo‘llaniladi.
Chuqur o‘yma — naqsh yoki biror tasvir juda chutsur o‘yiladi. O‘yma xuddi hajmli ko‘rinish berib, zamini qoramtir, relef esa oq bo‘lib kontrast ko‘rinishga ega bo‘ladi. Tosh o‘ymakorligida binolar o‘yma pannolar bilan bezatiladi. Masalan, Toshkentdagi A. Navoiy nomli opera va balet katta teatri binosida ajoyib chuqur tosh o‘ymakorligi namunalari bor.

Download 423.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling