Rayimqulov shoxrux


Download 423.5 Kb.
bet2/14
Sana16.06.2023
Hajmi423.5 Kb.
#1496399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Rayimkulov Shohruh

1.Mavzuni dolzarbligi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta`lim islohotlari asosida sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishda o’quvchilar ijodkorlik faoliyatini xalq xunarmandchiligi asosida rivojlantirish metodlarini ishlab chiqilishi amalga oshirilgan magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
2.Tadqiqot maqsadi. Texnologiya ta`limi darslarida o’quvchilarning xalq hunarmandchiligiga oid bilim va ko’nikmalarini shakllantirish metodikasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.
3.Tadqiqot vazifalari. Qo’yilgan maqsadlarga erishish va tadqiqot farazini tasdiqlash uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- texnologiya ta’limi va to’garak mashg`ulotlari jarayonida o’quvchilarning xalq xunarmandchiligiga oid qobilyatlarini rivojlantirishning nazariy asoslari tahlil qilindi;
- o’quvchi yoshlarning xalq xunarmandchiligiga qiziqish va qobiliyatlarini aniqlab olish uchun so’rovnomalar o’tqazish;
- texnologiya ta’limi darslari va to’garak mashg’ulotlari o’tqazish jarayonida fanlararo aloqadorlikni ta`minlovchi omillar aniqlandi.
-texnologiya ta’limi jarayonida o’quvchilar xalq xunarmandchiligiga oid ijodiy faoliyatini rivojlantirishning metodik tomonlarini asoslab berish;
- o’quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini loyihalar metodi vositasida rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iboratdir.
4.Tadqiqot ob’ekti: Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarning texnologiya ta’limi darslarini hamda to’garak mashg’ulotlarini tashkil etishda xalq xunarmandchiligiga oid bilim va ko’nikmalarni shakllantirish jarayoni.
5.Tadqiqot predmeti: sifatida umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5–7-sinflardagi texnologik ta’limi darslari mazmuni, metod hamda shakllari olindi.
6. Tadqiqot uslubiyoti va uslublari. Tadqiqot mavzusiga doir bо’lgan ilmiy-metodik adabiyotlarni, jumladan dissertatsiya ishlarini о’rganish va tahlil qilish: umumiy о’rta ta’lim maktablarida texnologik ta’limi darslarini tashkil qilinishini kuzatish, maktab о’qituvchilari, о’quv ustalari va о’quvchilar bilan suhbat, sо’rovnoma о’tkazish: maktab hujjatlari va о’quvchilarning bajargan ishlarini о’rganish, texnologik talimi darslarida va mashg’ulotlarda о’qitishning an’anaviy va noan’anaviy usullaridan foydalanish bо’yicha pedagogik tajribalar о’tkazish, olingan natijalarni matematik-statistik usul yordamida taqqoslash hamda natijalarning ishonchliligi va asosliligini aniqlash.

Download 423.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling