11. Xulosa va takliflarning qisqacha ifodasi.
1-bosqichda (2021 yil sentabr, 2022 yil mart) mavzuga oid adabiyotlar va dissertatsiya ishlari о’rganildi, tahlil qilindi, shu asosda mavzu yо’nalishi belgilanib, pedagogik tadqiqotlar о’tqazildi, tadqiqot natijalari haqida maqolalar e’lon qilindi.
2-bosqichda (2022 yil aprel, 2023 yil ) pedagogik tadqiqotlar yanada faollashtirilib, muhim xulosalar chiqarildi, tajriba-sinov maydonlarida shakllantiruvchi tajriba–sinov ishlari olib borildi va о’tkazilgan tajriba-sinov ishlarining natijalari tahlil etildi.
3-bosqichda (2023 yil yanvar, 2023 yil …) tadqiqot ishi mazmuniga aniqliklar va qо’shimcha materiallar kiritildi, tajriba–sinov ishlari statistik tahlil asosida qayta ishlandi, natijalar umumlashtirilib, dissertatsiya holiga keltirildi.
Texnologik ta’lim darslarida о’quvchilarni xalq hunarmandchiligi asosida tarbiyalashimizni samarali yо’llaridan biri durodgorlik, chilangarlik sa’natini о’rgatish, sababi о’quvchilar о’z qо’llari bilan buyumlar yaratishga muyassar bо’ladilar.
Amalga oshirilgan pedagogik tadqiqot ishlarida umumiy о’rta ta’lim jarayonida yuqoridagi masalalarning dolzarbligi va muhimligi, shuningdek, texnologik ta’limi о’qitish nazariyasi va metodikasida, didaktikada yetarlicha ishlab chiqilmaganligini nazarda tutib, tadqiqotimiz mavzusini “Texnologiya ta’limi darslarida turli xil materiallarga ishlov berishga asoslangan milliy xalq hunarmandchiligiga oid kо’nikma va malakalarni shakllantirish” tarzida belgilashga asos bо’ldi.
Tadqiqot obyekti: umumiy о’rta ta’lim maktablarida о’quvchilarning texnologik ta’limi darslarini hamda tо’garak mashg’ulotlarini tashkil etishda xalq hunarmandchiligiga oid bilim va kо’nikmalarni shakllantirish jarayoni.
Tadqiqot predmeti: sifatida umumiy о’rta ta’lim maktablarining 5–7-sinflardagi texnologik ta’limi darslari mazmuni, metod hamda shakllari olindi.
Tadqiqot maqsadi: texnologik ta’limi darslarida о’quvchilarning xalq hunarmandchiligiga oid bilim va kо’nikmalarini shakllantirish metodikasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |