Reagin turi (krapivnitsa, anaf shok) Immun komplekslar bilan jarohatlanish


Download 39.05 Kb.
bet6/12
Sana17.11.2023
Hajmi39.05 Kb.
#1782219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O’tkir allergozlar

Angionevrotik shish


Angionevrotik sinish (Kvinke) — krapivnitsa bilan yoki usiz paydo bo’lishi mumkin. Chuqur teri osti qavatlarida rivojlanadi, uzoq ushlanib turadi, qichimasi kamroq namoyon bo’ladi, ko’pincha qovoq, og’iz va erkaklar jinsiy organlari atrofida paydo bo’ladi. Halqumning shilliq qavati ostida va oshqozon-ichak traktida paydo bo’lishi laringospazmga va qorin og’rishiga olib keladi. Kvinke shishining hiqildoq sohasida rivojlanishi 25% tashkil qiladi va bemor hayoti uchun juda xavfli bo’ladi. Bemorning ovozi bo’g’iq, tovushi xirillab chiqadi, nafas olishi qiyinlashadi, nafas siqishi inspirator-ekspirator xarakterda bo’ladi. Yuz rangi sianotik bo’lib, so’ng keskin oqarib ketadi. Bemor nihoyatda bezovta bo’ladi. Og’ir hollarida tezda tibbiy yordam ko’rsatilmasa, bemor asfiksiya holatida o’lishi mumkin.

Anafilaktik shok


Anafilaksiya grekcha so’zdan olingan bo’lib, ana—yana, filarsiya —himoyasiz, ya’ni himoya qila olmaydigan degan ma’noni bildiradi. Bu kasallik asosida reagin turi yotadi. U bilan kontaktda bo’lgach, klinik belgilari paydo bo’lishi bilan xarakterlanib, qon aylanish sistemasida o’zgarishlar bilan namoyon bo’ladi: gipotoniya va hayotiy muhim organlarning gipovolemiyasi ishemiyasi bilan, miya, yurak va buyraklar, buyrak o’zgarishlarida anuriya va o’tkir buyrak yetishmovchiligi DVS bilan yuz berishi mumkin. Teri toshmalari (krapivnitsa), bron-xospazm, leykopeniya xarakterlidir.
Anafilaktik shok yurak va qon aylanishi doiralarining o’tkir buzilishi oqibatida quyidagi belgilar bilan namoyon bo’ladi:
— teri rangining oqish-ko’kimtir yoki marmarsimon rangga kirishi, sovuq, nam bo’lishi;
— tirnoq osti sathida qon oqishining haddan tashqari sekinlashuvi;
— halovatsizlik, es-hushning xiralashuvi;
hansirash, nafas olishning qiyinlashuvi — dispnoe;
— siydik miqdorining kamayishi, ya’ni kam siyish — oliguriya;
— tomir urishining tezlashuvi — taxikardiya;
— qon bosimining pasayib ketishi kabi holatlar ana shular jumlasidandir.
Shokning belgilari mayda (kapillar) qon tomirlarga qon kelishining kamayishidan boshlanadi. Shuning uchun ham teri sovuq, nam va ko’kimtir oqish tusga ega bo’ladi, bosh miyaga qon kelishining kamayishi avvaliga bemorda bezovtalik belgilarini keltirib chiqarsa, keyinchalik es-hushning xiralashib, yo’qolishiga olib keladi. Nafas a’zosi bo’lmish o’pkaga qon kelishining kamayishi, o’z navbatida, nafas qisishiga olib kelsa, ajralib chiqayotgan siydik miqdorining kamayishi — buyrak doirasida qon aylanishining kamayishi oqibatidir.

Download 39.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling