Reagin turi (krapivnitsa, anaf shok) Immun komplekslar bilan jarohatlanish


Download 39.05 Kb.
bet9/12
Sana17.11.2023
Hajmi39.05 Kb.
#1782219
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O’tkir allergozlar

Zardob kasalligi


Zardob — yuqumli kasalliklarning yoki mikroblar va hayvonlar zaharidan zaharlanishning oldini olish va davolash maqsadida organizmga yuboriladigan modda. Zardobning himoya va davo xususiyatlari ular tarkibida maxsus birikmalar — kasallik qo’zg’atuvchi agentlarni topish va zararsizlantirish xususiyatiga ega bo’lgan antitanalar borligiga asoslangan. Antitanalar yog’ oqsili bor har qanday agentning kirishiga javoban odam yoki hayvon organizmida hosil bo’ladi va uning qoni zardobida uzoq vaqt, ba’zan, umrbod saqlanadi.
Zardob kasalligi — davo yoki profilaktika maqsadida odam organizmiga emlash yo’li bilan begona oqsil (hayvonlarning immun zardobi) yuborilganda ro’y beradigan kasallik. Oldin tegishli zardob qabul qilmagan kishilarda 8—12 kundan keyin zardob kasalligi vujudga kelib, bunda avval ukol qilingan joy atrofiga, so’ngra butun badanga eshakyemiga o’xshash toshma toshib ketadi. Toshma toshgan joy qichishadi, bemor isitmalaydi, ba’zan bo’g’imlar shishib, bezillab turadi, limfa tugunlari bo’rtib chiqadi. Kasallik bir necha soatdan 7—15 kungacha davom etadi va bemor har qanday holda ham sog’ayib ketadi. Zardob kasalligiga yo’l qo’ymaslik uchun hamma zardobni yuborishdan 1—2 soat oldin bir yoki ikki marta tekshirish maqsadida, oz-ozdan yuborib ko’riladi. Kasallik paydo bo’lib qolganda esa asosiy davo yurak-tomir sistemasi faoliyatini quvvatlab turish va qichimani kamaytirishga qaratiladi.
Davolash prinsiplari. Dorilarga bo’lgan allergiyaning klinikasi ko’p qirrali bo’lib, turli sabablar: allergik reaksiyalar turi, organizm reaktivligi, sensibilizatsiya, organizmga allergenning tushish yo’liga bog’liq.

  1. Birinchi va asosiy prinsip — allergenni aniqlash va qanday yo’l bilan bo’lmasin uni iliminatsiya qilish: dori yuborilgan joyga adrenalin yuborish, jgut qo’yish va h.k.

  2. Allergologik anamnezni o’rganish.

  3. Gipoallergik parhez tutish.

  4. Davolashda antigistamin preparatlarning roli katta, shubilan birga organizmga ta’sir qilishdagi ba’zi o’rnilari ham ro’l o’ynaydi.

N1 retseptorlar blokatorlari:
— dimedrol (0,03—0,05 g 2—3 marta) yoki inyeksiyada;
— fenkorol, antigistamin preparat kabi faol, to’qimalarda gistaminni inaktivatsiya qiladi, antiaritmik xossalari bor;
— diprazin (pipolfen) kuchli sedativ samaraga ega;
— suprastin — antigistamin va periferik antixolinergik faollikka ega.
— tavegil — dimedrolga o’xshash, lekin ta’siri davomli, 6— 12 soatga etadi.

  1. Glukokortikosteroidlar (GKS) dorilarga bo’lgan allergiyani davolashda asosiy o’rinni egallaydi. Dozasi va qo’llash usullari jarohat xarakteriga va kasallikning og’ir-yengillik darajasiga bog’liq. GKSning eng katta dozalari vena orqali anafilaktik shokda yuboriladi. GKS qo’llashga quyidagilar ko’rsatkich bo’la oladi: kvinke shishi va bronxospazm, dorilarga bo’lgan sistematik elementlari bilan allergiyaning hamma hollarida (lixoradka, poliartralgiya, limfoadenopatiya).

  2. Simptomatik terapiya klinikaga va uning oqimining og’irligiga qarab o’tkaziladi.

  3. Dezintoksikatsion terapiya: gemodez, organizmni ekstrakorporal tozalash.

  4. Profilaktika, davolash va preparat dozasini diagnozga qarab asosli ravishda tavsiya etiladi. Poliprogmaziyadan ehtiyot bo’lish kerak. Vaksinatsiya va emlashlar instruksiyaga qat’iy rioya qilingan holda qilinishi lozim.

Xatarli allergik kasalliklar ichida ko’p uchraydigani “Anafilaktik shok” bo’lgani tufayli, biz anafilaktik shokka alohida to’xtalib o’tamiz. Tibbiyot hamshirasi uchun bu juda muhim.

Download 39.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling