Real gazlar. Bug’lanish va kondensatsiya Reja: Real gazlar va uning holat tenglamasi


Moddaning bug` (gaz) holatiga o`tishiga bug`lanish


Download 78 Kb.
bet2/4
Sana09.02.2023
Hajmi78 Kb.
#1181841
1   2   3   4
Bog'liq
Real gazlar. Bug’lanish va kondensatsiya

2. Moddaning bug` (gaz) holatiga o`tishiga bug`lanish deyiladi. Nafaqat suyuqliklar‚ balki qattiq jismlar ham bug`lanadi. Qattiq jismlarning bug`lanishiga sublimatsiya deyiladi.
Suyuqlikning bug`lanishini ko`raylik. Bug`lanish, suyuqlik molekulalarining betartib harakatining natijasidir. Har qanday molekula suyuqlik sirtidan uzilib chiqishi uchun, molekulalar orasidagi tortishish natijasida vujudga keladigan sirt qatlami qarshiligini yenga olishi kerak. Suyuqlik molekulalarining tezliklari turlicha .Ularning orasida eng katta tezlikka ega bo`lganlarigina suyuqlik sirtidan chiqa oladi.Natijada suyuqlikda tezligi kichik molekulalar qolib, suyuqlikning temperaturasi pasayadi. Suyuqlikning temperaturasini o`zgarmas qilib saqlash yoki bug`lanish jarayonini tezlatish uchun esa qo`shimcha issiqlik miqdori beriladi.Agar suyuqlik qizdirilsa katta tezlikli molekulalarning soni ham ortadi va natijada suyuqlik sirtidan uzilib chiqadigan molekulalar soni ko`payadi.Suyuqliklarning tabiatiga qarab molekulalari orasidagi tortishish kuchlari ham turlicha. Suyuqliklarning aynan shu hususiyatlarini xarakterlash maqsadida bug` hosil bo`lish solishtirma issiqligi tushunchasi kiritiladi.
O`zgarmas temperaturada 1 kg suyuqlikning bug`ga aylantirish uchun zarur bo`lgan issiqlik miqdoriga bug` hosil bo`lish solishtirma issiqligi deyiladi va r harfi bilan belgilanadi.
birligi
Moddalarning sovush yoki siqilish natijasida bug`ning suyuqlik yoki qattiq jism holatiga o`tishiga kondensatsiya deyiladi.
Suyuqlikni bug`latish uchun qancha issiqlik miqdori sarflangan bo`lsa, kondensatsiyalanganda ham shuncha energiya ajralib chiqadi. Har ikkala jarayon ham modda va atrof muhit o`rtasida energiya almashuvining natijasidir.
Sovush natijasida bug` molekulalarining energiyalari kamayadi va birikib tomchilar hosil qilib suyuqlikka qaytib tushishadi. Yomgir, qor, shudring va qirovlar suv bug`larining tabiatda kondensatsiyalanishining natijasidir.
Suyuqlikdan bug`lanayotgan molekulalarning soni ortib boradi. Bug` molekulalarining soni ortishi bilan kondensatsiyalanadigan molekulalar soni ham ko`payadi. Ma’lum bir paytda bug`lanayotgan va kondensatsiyalanayotgan molekulalar soni tenglashadi. Bunday holatga bug` va suyuqliqning dinamik muvozanat holati deyiladi. Suyuqlik bilan dinamik muvozanatda bo`lgan bug`ga to`yingan bug` deyiladi. O`zgarmas temperaturada suyuqlik ustidagi bug` molekulalarining soni ortib borishi bilan bug` bosimi ham ortib boradi. Bug` to`yinganda bosim ham o`zining eng katta qiymatiga erishadi.

Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling