2-savol. Nuqtada uzish buyrug`i va undan foydalanish algoritmi
Ba`zi hollarda to‘g`ri chiziqni ikkiga ajratish kerak bo‘lib qoladi. Bunday hollarda bu buyruqdan
quyidagicha foydalaniladi:
1. Buyruq
tugmasi «Sichqon» bilan yuklanadi va muloqotlar oynasida ob`ekt so‘raladi. Unga
javoban to‘g`ri chiziq ekranda paydo bo‘lgan kvadrat nishoncha bilan ko‘rsatiladi.
1-rasm
2. Muloqotlar oynasida navbatdagi «Uzish nuqtasini ko‘rsating» so‘rovi paydo bo‘ladi, unga
javoban uzilish nuqtasi kiritiladi. Shunda, to‘g`ri chiziq ko‘z ilg`amas ikki bo‘lakka ajralib qoladi. 58-
rasmda shunday to‘g`ri chiziq tasvirlangan. To‘g`ri chiziqning birinchi yarmi 30
mm yo‘g`onlikda va qizil
rangda, ikkinchi yarimi 50
mm yo‘g`onlikda hamda, qora rangda tasvirlangan.
3-savol. Ikki nuqtada uzish buyrug`i va undan foydalanish algoritmi
Agar, biror chiziqni ikki nuqta oralig`ida ajratilmoqchi bo‘lsa, quyidagi amallar bajariladi:
1. Buyruq
tugmasi «Sichqon» bilan yuklanadi va muloqotlar oynasida ob`ekt so‘raladi. Unga
javoban to‘g`ri chiziq ekranda paydo bo‘lgan kvadrat nishoncha bilan ko‘rsatiladi. Kompyuter to‘g`ri
chiziqni kvadrat nishoncha bilan ko‘rsatilgan nuqtasini, birinchi uzilish nuqtasi deb qayd etadi.
2. Muloqotlar oynasida navbatdagi «Ikkinchi uzish nuqtasini ko‘rsating» so‘rovi paydo bo‘ladi,
unga javoban ikkinchi uzilish nuqtasi kiritiladi. Shunda, to‘g`ri chiziq bu nuqtalar oralig`ida uzilib, ikki
bo‘lakka ajralib qoladi. 1-rasmda shunday to‘g`ri chiziq tasvirlangan. To‘g`ri chiziqning birinchi yarmi 30
mm yo‘g`onlikda va qizil rangda, ikkinchi yarimi 60
mm yo‘g`onlikda hamda qora rangda tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: