Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Муғалим журнал 6-2 2022
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
186 2. Isbotlash bosqichida o’qituvchi o’quvchilarning dunyoqarashini o’stiruvchi bilimlarga, turli predmetlar tushunchalarini umumlashtirishga rag’batlantiradi. O’quvchilar o’z irodalari, dunyoqarashni kengaytiruvchi bilimlarga qiziqishga yo’naltiriladi. 3. Faoliyatning mazmun bosqichida o’qituvchi yangi o’quv materialini kiritadi, shu bilan birga integratsion dalillar, tushunchalar, muammolar majmui darajasidagi boshqa predmetlardan olingan tayanch bilimlarni jalb qiladi. O’quvchilar umumpredmetli tushuncha, muammolarni umumiy bilimlar darajasida o’zlashtiradi. 4. Vositalar tanlash bosqichida o’qituvchi turli predmetlar bilimlarini umumlashtirishga yordam beruvchi ko’rgazmali vositalarni — darsliklar, jadvallar, sxemalar savolnomalar, amaliy vazifalar. O’quvchilar ko’chirish, umumlashtirish, biriktirish xarakterlarini integratsion masalalarni hal qilishda ko’rgazmali vosi¬talar yordamida bajaradilar. 5. Keyingi bosqich — natija. O’qituvchi ta’lim berish, rivojlantirish, tarbiyalash maqsadida integratsiyani amalga oshirish uchun pedagogik bilimlarni qo’llaydi. O’qituvchi bilimlar tizimida umumlashtirishini amalda qo’llaydi. 6. Nazorat qilish bosqichida o’qituvchi bir-biri bilan bog’langan predmetlarga o’quvchilarning tayyorligini baholaydi, nazorat qiladi, o’zlashtirish sifatida baholaydi. O’quvchilar o’z bilimlarini baholashni, turli predmetlar bo’yicha o’z-o’zini ham, ularni birlashtirish ko’nikmalarini nazorat qilishadi. Tekshiruvlar ko’rsatishicha, integral yondashuvni amalga oshirishga yordam beruvchi usul va vositalarga: 1. Evristik suhbatlar; 2. Umumiy suhbatlar; ekskursiyalar; 3. Ona tili, tabiatshunoslik darslarida kuzatishlar, badiiy asarlar materiallari asosida nutq o’stirish uchun yozilgan ijodiy ishlnr; 4. Ta’Iimning ko’rgazmali metodlari; 5. Mustaqil ishlar; 6. O’qish, matematika darslarida og’zaki rasm chizish; 7. Imo-ishorali ko’rinishlar (pantomimalar); 8. Tabiatshunoslik darslarida tabiat tasvirlarini ifodali o’qish; 9. Ona tili darslarida tabiatshunoslikka oid diktantlar, matnlar yozish (shu sinfga tegishli orfogrammalarni takrorlagan holda); 10. O’lkashunoslik asosida matematik masalarni hal qilish va boshqalar kiradi. Ta’limni tabaqalashtirish rad etilmaydigan, uni to’ldiradigan inkgratsiya tizimini kiritish yaxlit dunyoqarashga, o’zidagi bor hilimlarni mustaqil tartibga solish va turli muammolarni hal qilishga noan’anaviy yondashish qobiliyatiga ega bo’lgan bilimdon voshlarni tarbiyalashga an’anaviy predmetlarga bo’lib o’qitishga nishalan ko’proq yordam beradi. Xulosa va takliflar. Ta’limni integratsiya qilish mohiyati nimadan iborat? Ta’limga bog’liq «integratsiya» tushunchasi ikki ma’noga ega: 1. O’quvchida atrofidagi olam to’g’risida yaxshi tasavvur hosil qilish (bu yerda integratsiya — ta’lim maqsadi sifatida ko’riladi). 2. Predmetli bilimlarni yaqinlashtirish uchun umumiy platformani topish (bu yerda, integratsiya — ta’lim vositasi). Inlegratsiya ta’lim maqsadi sifatida olam tizimining alohida qismlari bog’liqligini ko’rsatuvchi bilimlarni berishi emas, bolani kirish elementlari bir-biriga bog’liq yaxlit olamni tasavvur qilishga birinchi qadamlarida o’rgatishi kerak. Bu maqsadni boshlang’ch maktab amalga oshirishi lozim. Integratsiya — predmetli bilimlar chegarasida yangi tasavvurlnrni qabul qilish vositasi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling