Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/207
Sana06.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1693302
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   207
Bog'liq
Муғалим журнал 6-2 2022

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
187
Birinchi navbatda tabaqalashtirilgan bilimlar orasida bilmagan joylarni to’ldirish, ular 
orasidagi aloqalarni o’rnatish lozim. U ta’lim oluvchining bilimini oshirishga, ta’limdagi 
tor ixtisosliishtirishni yangilashga yo’naltirilgan. Shu bilan birga integratsiya ta’limining 
klassik o’quv predmetlari o’rnini egallash kerak emas, u faqat olinayotgan bilimlarni yaxlit 
bir tizimga birlashtirishi kerak, xolos. Muammoning qiyin tomoni integratsiyaning ta’lim 
boshidan oxirigacha dinamik rivojlantirishdadir. Agar boshida «hamma narsa to’g’risida 
ozgina bilish» lozim bo’lgan bo’lsa, keyinchalik tarqoq bilim va ko’nikmalarni birlashtirish 
kerak bo’ladi va oxiriga kelib «ozgina narsa to’g’risida hammasini bilish» kerak bo’ladi, 
ya’ni bu yangi integratsiya darajasidagi ixtisoslashtirishdir.
Xulosa qilib aytganda umumiy pedagogika tizimga mansub bo’lgan doimiy umumiy 
innovatsiya, uning o’quv-tarbiya jarayonini muvoiiqlashtirish — ko’p sonli imkoniyatlardan 
eng qulayini to’plab olish jarayoni. Shunday murakkab, empatik, ko’p qirrali, iyerarxik, 
pedagogika tizimida ishlash mumkin. Muqobillar, shuningdek, oqim va o’quv-ta’lim 
faoliyatini tashkil etishning maqsadli yo’llari mavjud. Lekin ulardan bittasigina aniq vaziyat 
uchun mos kelishi mumkin. Uni qidirib topish muvofiqlashtirishning asosiy vazifasidir. Bu 
vazifa mumkin bo’lgan muqobillarni taqqoslash va boshqa mavjud imkoniyatlarni baholash 
yo’li bilan hal etiladi. Muvofiqlashtirish deganda pedagogika tizimi qaysi maqsadlar uchun 
tashkil etilgan bo’lsa, o’sha maqsadlarga mos munosiblik darajasini aniqlash mumkin. 
Bir sharoit uchun erishilgan muvofiqlik hech qachon boshqa sharoitlarga mos kelmaydi. 
Shuning uchun muvofiqiashtirish tushunchasi aniqlikni talab qiladi. Muvofiqlashtirish 
umumiy bo’lishi mumkin emas, u faqatgina belgilab olingan masofaga nisbatan yuzaga 
kelishi lozim. Shu bilan birga pedagogika tizimini qaysi maqsadda muvofiqlashti¬rish, qay 
bir ko’rsatmalar qo’yilgan maqsad bilan muvofiqligi mos bo’lishiga erishish kerakligini aniq 
tasavvur etish zarur. Muvofiqlashtirishning nazariy va amaliy yo’nalishlarini ajrata bilish 
zarur. Muvofiqlashtirish tushunchasining sinonimi nazariy asosda muqobillarni hisoblash, 
chamalab ko’rish, taqqoslash va solishtirishdir. Muvofiqlashtirish amaliy yo’nalishda 
yangilik kiritish, qayta tashkil etish, qayta qurish, qo’yilgan masalalar yechilishini eng 
qulay holga keltirishdir. Muvofiqlashtirish masalalarini yechish asosiy o’lchov mezonlarini 
tanlashdan boshlanadi. Muvofiqiashtirish mezoni — bu rivojlanish mumkin muqobillariga 
baho berish va ulardan eng yaxshisini tanlab olishni amalga oshirish uchun mos bo’lgan 
belgidir.
Mezon – o’lchov biri ko’rsatkichdan iborat mantiqni talab qilishiga qaramay
pedagogikada u har doim kompleks bo’lib chiqariladi, chunki pedagogika tizimida 
o’tib boruvchi jarayonlar sathi va oqimlarni ajratishning iloji bo’lmaydi. Oldin ko’rsatib 
o’tilganidek, kerakli natijalarga o’qituvchi va o’quvchilarni haddan tashqari ish bilan band 
etish yo’llari orqali ershish mumkin. Muvofiqlashtirishning o’lchov mezonlari kerak.
Adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.: O‘zbekiston, 
2017. 
2. Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. –T.: 
O‘zbekiston, 2017. 
3. Mirziyoyev Sh. M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq 
farovonligining garovi (O‘zR Prezidenti Sh. Mirziyoyevning O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 
yilligiga bag‘ishlangan marosimdagi ma’ruzasi). – T.: O‘zbekiston NMIU, 2017. 
4. Abduqodirov A.A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: Iste’dod, 2008. – 180 b.
5. Djurayev R.H. Ta’limda interfaol texnologiyalar. –T.: O‘zPFITI, 2010.
6. Диагностика учебной успешности в начальной школе / под ред. П. Г. Нежнова [и др.]. Москва: 
Открытый ин-т «Развивающее образование», 2009. 



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling