Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/207
Sana06.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1693302
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   207
Bog'liq
Муғалим журнал 6-2 2022

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
184
turli ta’lim pog’onalarida turli xususiyatlarga bog’likligidir. Boshlang’ich maktabda 
integratsiyani bir-biriga nisbatan yaqin fanlarni birlashtirish asosida ko’rish maqsadga 
muvofiq.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Y.M.Kolegin va O.L.Aleksinko integratsiyaning salbiy 
omillarini quyidagicha ko’rsatib berishadi:
•o’quv predmetlarining chegaralangan soni - olinayotgan kalla hajmdagi bilimlarning 
mazmuni olamning haqiqiy ko’rinishini, qismlarining o’zaro bog’liqligmi aks 
ettirish bilan to’Idirish mumkin;
•juda muhim bo’lgan o’qish, yozish va sanoq ko’nikmalarini shakllantirish zaruriyati.
shu narsalar xuddi fanlarga bo’linib o’qitishni talab qiladiganga o’xshaydi. Lekin 
o’qish va matematikaga o’qitishning an’anaviy tajribasi ham keng integratsion imkoniyatlar 
haqida dalolat beradi. Bunda o’qish fan sifatida o’z ichiga faqat badiiy matnlarni emas, tarix, 
tabiatshunoslik bo’yicha materiallarni oladi. Matematika arifmetika, algebra va geometrik 
materiallarini o’z ichiga oladi. Bunday integratsiya muhim ko’nikmalar hosil qilishga 
halaqit bermaslik, aksincha, ularni shakllantirishga kafolat beradi.
Robert Karlosning aytishicha, boshlang’ich maktab faqat o’qish, yozish va sanashni 
o’rgatibgina qolmasdan, bundan ham muhimroq va kattaroq masalani amalga oshirishi 
kerak. Chunki butun bir bola shakllantirish davrida uning intellektual faolligini 
rag’batlantirish, tabiiy qobiliyati singari uning keyingi muvaffaqiyatlari uchun juda 
muhimdir. Inlegratsiyalangan kurslarni shu yoshdagi bolalarga tushunarli va sodda 
bo’lishi uchun bayon qilishning qiyinligi. Bu omilni bartaraf qilishning yo’llari amaliyotda 
tekshirilgan eng ma’qul uslublarni ishlab chiqarishda hamda o’qituvchilar tayyorlashning 
maxsus tizimidadir.
Tadqiqot metodologiyasi.Hozirgi kunda boshlang’ich maktab ta’limini integratsiya 
qilish haqida ko’p gapirilayapti. Bu tushunarli — kichik maktab o’quvchisi atrofidagi olamni 
bir butunligicha qabul qiladi. Uning uchun tabiatshunoslik, rus till, axborot texnologiyalari, 
musiqa va boshqa o’quv fanlari nomi emas, balki atrofidagi olam obyektlarining tovushlar, 
ranglar, hajmlarning turli-tumanligi qiziqarlidir. Bolalarning tabiat va kundalik hayotdagi 
barcha narsalarning bog’liqligini ko’rishga o’rgatish kerakligini o’qituvchi sezadi, biladi. 
Shunday ekan ta’lim integratsiyasi hozirgi zamon talabiga javob beradlmi? Bu masala 
qanday yechilishi kerak, uning mohiyati nimada? Ta’limni integratsiyalash fikri xalq 
ta’limida tabaqalashti¬rish va individuallashtirish bilan birga muhokama qilina boshlandi. 
Agar kichik maktab ta’limini tabaqalashtirish asosida kitob, darslik va boshqa adabiyotlar 
bilan mustaqil ishlashga tayyorgarlik darajasi hamda kichik maktab yoshida qiziqishlarni 
faol shakllantirishni taqozo etsa, integratsiyaning asosi qilib, turli fanlarni o’rganish 
obyektlari bo’lgan ba’zi umumiy tushunchalarni chuqurlashtirish, aniqlashtirish va 
kengaytirish mumkin.
Ta’limni integratsiyalashning asosiy maqsadi — boshlang’ich maktabdayoq tabiat va 
jamiyat haqida yaxshi tasavvur asoslarini qo’yishi va ularning rivojlanishi qonunlariga 
o’z munosabatini shakllantirishdir. Mana shuning uchun kichik maktab o’quvchisi 
predmet yoki voqealik hodisalarning bir necha tomondan ko’rish muhimdir: mantiqiy va 
emotsional tomondan, badiiy asarda va ilmiy ommabop maqolada, biolog, so’z ustasi, 
rassom, musiqachi nuqtayi nazardan va boshqalar. Asosiy fanlarni o’zlashtirish va olamdagi 
bor narsalar qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarini 
o’rgatish ta’limni integratsiyalashga yondashuvning metodik asosidir. Bunga turli darslar 



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling