Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/159
Sana01.04.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1316682
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   159
Bog'liq
OAK qaraqalpoq

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
116
Shashmaqomning chuqur bilimdonigina bo‘lib qolmay, 20 ta musiqali drama, 200 ga yaqin 
ashula va kuylar ijod qildi. Shulardan “Koshki” (Navoiy gʻazali), “Judo” (Navoiy gʻazali), 
“Jonimdadir” (Navoiy g‘azali) “Muncha ham” (Muqimiy gʻazali), “Kuygay” (H.Olimjon 
sheri), “Ranolamasin” (G‘oziy gʻazali) kabi ashulalari xonandalar tomonidan sevib ijro 
etilib kelinmoqda.
Oʻzbek xalqining ustoz bastakorlaridan yanada biri O‘zbekiston xalq artisti To‘xtasin 
Jalilovdir. U musiqiy folklorni o‘zbek musiqali dramalariga olib kirgan birinchi bastakor
hamdar. San’atkorning «Tohir va Zuhra» musiqali dramasidan “Otmagay tong”, “Ey 
quyosh”, “Ayirmish”, “Qalandar”, “Oh faryodkim”, “Nurxon” musiqali diramasidan “Ey 
sabo”, “Muhabbat o‘tida kuydim”, “Yayragil”, “Naxushdirkim’, “Ravshan va Zulxumor” 
musiqali dramasidan “Uzoqdan kelayotirman” kabi qoʻshiq ariyalari xalqimizning hurmat 
eʼtiboriga sazovor bo‘ldi.
O‘zbek bastakorlik sanʼatining yirik namoyondalaridan Muhtorjon Murtazayev klassik 
va zamondosh shoirlarning sheʼrlariga rang-barang xalqchil ashulalarini yaratdi. Jumladan: 
“Biri ishva bilan” (Sobir Abdulla so‘zi), “Bizni tashlab” (Miskin g‘azali), “Aylading, 
qo‘yding” (Muqimiy gʻazali), “Tasadduq man” (Chustiy gʻazali), “Barnoligingdan” 
(Charxiy gʻazali), “Farg‘ona tong otguncha” (Xaziniy gʻazali) kabi ashulalari xalq dilidan 
mustahkam oʻrin egalladi.
O‘zbekiston xalq artisti, bastakor va sozlanadi Muhammadjon Mirzayev XX asar oʻzbek 
musiqa tarixida yorqin iz qoldirdi. Xalqimizning sevimli hofizi Mamurjon Uzoqov ijrosida 
bastakorning quyidagi xalqchil ashula va yarallari ilk bor yangradi: “Qachon bo‘lgay”, “Yor 
istab”, “Yo’lingda”, “Sho‘xi jononim mening” (Furqat gʻazali), “Yakka bu Farg‘onada”, 
“Koʻzlaring”, “Suvrating”, “Yolg‘iz”, “Yana” (Muqimiy gʻazali), “Parvo etib ket” (Sobir 
Abdulla so‘zi), “Shaydo bolibman” (Kamtar so‘zi), o‘zbek va tojik xalqlarining sevimli 
xonandasi, Tojikiston xalq artisti Hanifa Mavlonova ijrosida “Parvona bo‘ldim” (Kamtar 
so‘zi), “Gulchehra yor”, (Po‘lat Mo’min sheri), “Tong otguncha” (Dilafkor so‘zi) kabi lirik 
ashulalari xalq orasida mashhur boʻlib ketdi. Shuni ham aytish joizki, M. Mirzayev yillar 
davomida, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat ansambli repertuarini 
boyitib keldi. “Bahor valsi”, “Gulnoz”, “Dildor 1 va 2”, “Ufor sanam”, “Intizor etma” kabi 
raqs kuylari ansambil repertuaridan mustahkam oʻrin egalladi.
Bastakor Muhammadjon Mirzayev oʻz davrining mashhur kuychisi edi. Shuning uchun 
uning ijodida zamonaviy mavzu ustuvor turdi. “Oltin sandiq”, “Uch dugona”, “Ey gul”, 
“Toshkent nahori”, “Muhabbat maktubi” (Turop to’la soʻzlari), “Koʻzlarimga ziyo olaman”, 
“Chavandoz qizlar” (Normurod Narzullayev soʻzlari), “Onalar”, “Assalom, kelin salom” 
(Oʻtkir Rashid soʻzlari) kabi qo‘shiqlari rubob uchun yaratilgan, “Go‘zal Vatanim”, “Orzu 
qil”, “Dilrabo”, “Marg‘ilon qizlari”, “Shodlik”, “Yangi tanovar” kabi kuyladi keng qanot 
yozdi. 
Ulkan isteʼdod egalari bo‘lgan bu ustoz bastakorlar o‘z ijodiy faoliyatlari bilan Barbod, 
Farobiy, Ibin Sino, Hoji Abduqodir Marog‘iy asos solgan o‘zbek bastakorlik sanʼatining 
nodir namunalarini targ‘ib qilishdi va davom ettirishdi. Sir emaski, milliy bastakorlik 
masalasiga yaqin yaqinlargacha, asosan, g‘arbiy musiqashunoslikda qabul qilingan talablar 
bilan yondashiladi. Shuningdek kompozitorlik ijodi uchun birdan- bir xos bo‘lgan sabablar, 
umuman. zamonaviy musiqiy ijodkorlikning shartli mezonlariga aylandi. 
Milliy bastakorlik sanʼatimizning bugungi oʻziga xos ijodiy xususiyatlari yangi 
uslublarning paydo boʻlishi, inson qalbiga zavq bagʻishlash yo‘lidagi izlanishlar ijodkorlik 
sanʼatimiz muhitini boyitmoqda. Eng muhimi, xalqning tengsiz mulki hisoblanuvchi taniqli 
bastakorlar ijodi bilan boyidi. 



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling