Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
OAK qaraqalpoq
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
119 1. Rivojlangan kuy va shakllardan iborat, murakkab ijro uslublari mavjudligi bilan ajralib turuvchi cholgʻu kuyi yoki asar va cholg‘u turkumlar (bu toifaga yirik cholg‘u usullari ham kiradi), jumladan, Eshvoy-Eshvoy kurd-Eshvoy turkman; Dilxiroj va Sinaxiroj. 2. Maqom cholg’u yoʻllari va turkumlari, jumladan,Cho‘li Iroq, Mushkiloti dugoh, Ajam taronalari; dutor maqom turkumlari (Xorazmda), Surnay maqom yoʻllari- Navo, Chorgoh va b.( Fargʻona-Toshkent). 3. Mumtoz ashulalarining cholgʻu yo‘llari (variantlari) va turkumlari, jumladan, Tanovar turkumi, Chorgoh turkumi va bosh. Har bir janr oʻz mavqeyi, kuy-ohang tuzilishi, ijro uslubi bilan ajralib turadi. Oʻzbek mumtoz musiqasi asrlar osha ogʻzaki tarzda avloddan-avlodga oʻtar ekan, bu jarayonda u boyib, xalqning fikr-o’yi, dardi, orzusi, donishmandligining oʻzida mujassamlashtiradi. Oʻzining anʼanaviyligi, buyukligi, taʼsirchanligi, professionalligi, mukammalligi, koʻplab badiiy vositalarga boyligi bilan oʻziga xos musiqa-sanʼat turiga aylanadi. Katta badiiy- estetik imkoniyatlarga ega boʻlgan oʻzbek mumtoz musiqasi milliy ruh, milliy qiyofani shakllantirish, milliy qadriyatlarni saqlash, boyitish va keyingi avlodga yetkazib berishning samarali vositasi sifatida namoyon boʻladi. Oʻzbek mumtoz musiqasida xalqning maʼnaviy madaniyatiga doir durdonalar toʻplangan boʻlib, hozirgi mustaqillik davrda milliy oʻzlikni anglash va milliy ongni taraqqiy ettirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyotlar: 1. Abdullayev R.S. “O‘zbek mumtoz”. O‘quv qo‘llanma. T.: Yangi nashr, 2008 yil. 2. Hamidov H. “O‘zbek an’anaviy qo‘shiqchilik madaniyati tarixi”. – T.: O‘qituvchi, 1996 yil. 3. Begmatov S, Karimova D, Mamirov Q, Musiqa 6-sinf uchun darslik. T.:G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2018 yil. 4. Qudratov I, Abdukarimova E. “Musiqa darslarida fanlararo aloqadorlik” Samarqand, SamDu bosmaxonasi, 2015yil. 5. E.Abdukarimova. “Ilm ham jamiyet” Ajiniyaz atindagi Nokis mamleketlik pedagogikaliq instituti “Тexnologik loyihalash- musiqa mashg’ulotlarida samarali ta’lim”. 2019 (№1) ISSN 2010-720X 6. Elnoza Ismatillayevna Abdukarimova Aктуальные вызовы современной науки. “Yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalashda xalq musiqa merosi qudratli tarbiya vositasi” iscience 2017 yil. РЕЗЮМЕ O‘zbek mumtoz musiqa sanʼatida bastakorlik ijodiyoti oʻzining paydo bo‘lishi, rivojlanishi, tutgan mavqeiga koʻra muhim o‘rin tutadi. Maqolada o‘zbek bastakorlik sanʼati tarixi, buyuk nomoyondalari ijodi haqidagi maʼlumotlarga toʻxtalib oʻtildi. РЕЗЮМЕ В искусстве узбекской классической музыки композиционное творчество занимает важное место по своему возникновению, развитию и положению. В статье основное внимание уделено сведениям об исто- рии узбекского композиционного искусства, творчестве его великих мастеров. SUMMARY In the art of Uzbek classical music, compositional creativity occupies an important place according to its emergence, development, and position. The article focused on information about the history of Uzbek compositional art, the work of its great masters. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling