Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
OAK qaraqalpoq
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
112 Chang ila nag‘ma ayladi og‘oz. Unum ovozasi jahon tutti, Changim ovozi osmon tutti.[4] Ulug‘ san’atkor-shoirlar chang sozining xalq ommasi orasida sevib chalingani, qadrlangani, ijrochilar tomonidan yuksak mahorat namoyish etilganini qayd etishgan. Tinglovchilar esa, cholg‘u asboblaridan taralgan ohanglardan ruhiy ozuqa olgan, dardiga malham topib, shodligiga shodlik qo‘shilgan. Yuqorida nomi tilga olingan yirik musiqashunos olim va mashhur chang sozandasi, bastakor va hofiz Darvish Ali Changiy- Haqqoniy qalamiga mansub “Risolai-musiqiy” (Musiqa risolasi) kitobida chang sozi va sozandalari alohida tarannum etiladi. Darvish Ali fikr bildirishicha, chang cholg‘u asboblarining kelinchagidir, soz va nozlar parisidir. Olim yashagan XVII asr davrida changda 26 ta sim bo‘lib, yettita parda mavjudligi diqqatga sazovordir. Changda o‘n ikki maqomning hammasini mukammal ijro eta bilish Dar¬vish Ali yashagan o‘sha uzoq davrda ham sozandaning yuqori darajadagi mahoratini namoyish etuvchi omillardan biri hisoblangan. Bu esa ijrochidan yuksak ijrochilik mahoratni, musiqiy did va keng ma’noda bilimdonlikni talab etgan. Ijrochilarning klassik musiqiy merosimizga jiddiy munosabati va muhabbat tuyg‘usining cheksizligi hozirgi davr so¬zandalari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Olim o‘z risolasida cholg‘uchilik san’atida dong taratgan ana shunday soz sohiblari Mavlono Mirek Changiy-Buxoriy, Mavlono Zaynul - Obiddin-Rumiy kabi ustozlarni hurmat bilan tilga oladi, Ularning san’at bobida erishgan muvaffaqiyatlari haqida mamnuniyat bilan fikr yuritadi. Ijrochilik madaniyatini rivojlantirishdagi o‘rnini aniqlaydi. Bundan keyingi davrlarda ham shoir va olimlar Uvaysiy, Nodira, Muqimiy, Furqat, Hamza va Fitrat kabilar o‘z asarlarida san’atning yaratuvchanlik qudratiga, ohanglarning inson qalbi torlariga hamohang bo‘lishiga sahifalar yaratishgan. Xorazmda Matyoqub va Matyusuf Xarratovlar, Farg‘onada Yusuf qiziq Shakarjonov, Usta Masaid Marg‘iloniy, Usta Olim Komilov, Namanganda Usta Ro‘zimatxon Isoboyev, Toshkentda Usta Usmon Zuparov va boshqalar.[1] 1934- yilda O‘zbek davlat filarmoniyasi, 1936 yilda Toshkent davlat konservatoriyasi va boshqa ko‘pgina san’at va madaniyat muassasalari tashkil etildi. O‘zbek xalq cholg‘u asboblari va ular qatorida chang sozining qaytadan yasalishi (rekonstruksiyasi) va uning oilaviy turlarining yaratilishi xuddi ana shu davrga to‘g‘ri keladi. Eski chang tovush qatori diatonik bo‘lib, diapazoni uncha keng bo‘lmagan, ya’ni Lya- bemol katta oktavadan Re-bemol ikkinchi oktavagacha edi. Xalq cholg‘uchilarining ana shu an’anaviy changi asosida to‘liq xromatik tovushlarga ega bo‘lgan yangi chang asbobi 1938 yilda yaratildi. Uning diapazoni Do birinchi oktavadan Re-diyez uchinchi oktavagacha bo‘lgan tovushlarni o‘z ichiga oldi. Bu Hamza nomli Toshkent davlat musiqa bilim yurti qoshidagi cholg‘u asboblari ustaxonasida bajarildi. Keyinchalik esa, shu tayyorlangan musiqa asbobi asosi¬da yaratilgan changlar O‘zbekiston davlat filarmoniyasining xalq cholg‘u asboblari orkyestrida, so‘ngra barcha musiqa bilim yurtlari va texnikumlari, shuningdek M. Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasida chang sinfi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar qo‘lida qo‘llanila boshladi. Bu kiritilgan yangiliklar natijasida chang cholg‘usida o‘zbek kuy va ko‘shiqlaridan tashqari, barcha qardosh xalqlarning musiqa asarlarini va kompozitorlar ijodini o‘zlashtirishga imkoniyat yaratildi. Jahon klassik kompozitorlar asarlarini ijro etishga ochilgan yo‘l yangi o‘zbyek san’atini rivojlantirishda va xalq cholg‘u asboblarida, xususan changda ijrochilik san’atiga yangi uslub zamon ruhi bilan yo‘g‘rilgan, oqimni olib keldi.[3] Bugungi kunda elga tanilgan sozandalar changda xalq klassik kuy va qo‘shiqlari bilan bir qatorda O‘zbekiston kompozitorlar qardosh jumxuriyatlar musiqalari, rus va g‘arbiy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling