Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
OAK qaraqalpoq
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
111 Xolmirzayev O. E. Jizzax Davlat pedagogika universitetining Musiqa madaniyati fakulteti Musiqa ta’limi kafedrasi o’qituvchisi OʻZBEK XALQ CHOLGʻUSI CHANG TARIXIDAN Tayanch soʻzlar: chang, ansambl, oʻzbek cholgʻulari, changsimon. Ключевые слова: чанг, ансамбль, узбекские музыкальные инструменты, чангсим. Key words: chang, ensemble, uzbek musical instruments, changsim. Chang sozini va undan taraladigan taronalarni xalqimiz sevib tinglaydi. Uning ohanglariga mehr bilan quloq beradi. Chang cholg‘usining to‘la va tiniq sadosi, yoqimli navosi, tovushlarining jarangdorligi, qolaversa, ba’zi rivoyatlarga qaraganda, bemor kishilarni davolash qudratiga ega bo‘lganligi uchun undagi ohang taratish san’ati xalqimiz tomonidan avaylab, e’zozlanadi. Chang cholg‘usining ba’zan mungli va mayus, ba’zan esa quvnoq va sho‘xchan taronalari kishilarga yaxshi kayfiyat va yengil ruhiy holat bag‘ishlaydi. Bular haqida biz uzoq o‘tmishda yashab, o‘lmas asarlarni yozib qoldirgan olimlar va shoirlarimiz merosiga nazar tashlab, fikrimizga yetarlicha dalil topamiz. Jumladan, Abu Nasr al-Forobiy (873-951) “Kitob al-musiqiy al-Kabr” (Musiqa haqida katta Kitob) risolasida cholg‘u asboblariga, xususan chang, rubob, nay kabi sozlarga alohida o‘rin ajratadi. Forobiy chang cholg‘usining jo‘r bo‘lish xususiyati haqida eslatib o‘tar ekan, bu sozning har xil adabiy majlislar va tantanavor marosimlarda cholg‘u ansambli tuzilmalarida muvaffaqiyatli qo‘llanilganini mamnuniyat bilan qayd qiladi. Al-Forobiy yaratgan asarlar uning zamondoshlari va undan keyingi davr olimlarining musiqa ilmi nazariyasi bo‘yicha ilgari surilgan fikrlari va risolalari uchun asos bo‘ldi. Jumladan, Ibn Sino (980-1037) Umar Hayyom (1040-1123), Ma’sud Sheroziy (1236-1310), Muhammad al-Amuliy (1354 yildan so‘ng vafot etgan), Alisher Navoiy (1441-1501), Al-Husayniy (XV asr), Mavlono Kavkabiy hamda XVII asr mashhur sozandasi va musiqiy nazariyotchisi Darvish Ali Changiy soz va sozandalarni, ularning ijrochilik san’atini o‘z risolalarida tarannum etadilar.[2] Alloma Umar Hayyom o‘z ruboiylarida mag‘rurlanib, hayotning har bir tongini quvonch va shodlik bilan kutib olish motivlariga hamohang qilib cholg‘u asboblari va ijrochilik san’atiga ham zo‘r e’tibor beradi. Typ, e dil, chang chalib bazm quraylik, Riyo shishasini toshga uraylik. Shu kabi misralar va boshqa bir qancha ruboiylarda bu ikki shoir tabiat manzaralari, bulbul nolasi, cholg‘u asboblaridan chang ovozini va unga bo‘lgan munosabatini mohirona tasvirlaydi, jo‘shqin hayotga chaqiradi. She’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy ham cholg‘u asboblarining deyarli barchasiga o‘z tuyg‘ularini bildiradi, ayniqsa chang soziga bo‘lgan mehru muhabbatini zavq-shavq bilan tarannum etadi: Chang olib torini tuzor erdi, Lek jon rishtasin uzor erdi. Changining hay’atin sog‘ingan dam, Egri qaddin fig‘on aylab ham. Har zamon ko‘ngli bir havo qilibon Changdek o‘zga bir navo qilibon. Chang torig‘a chun fig‘on berdi, Kimki o‘ltirmish erdi - jon berdi. Changini qo‘lga olib ayladi soz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling