Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
OAK qaraqalpoq
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
129 Zaruriy emotsional taassurotlar oqimidan mahrum bo‘lgan intellektual rivojlanmaganligi bor bola faqat tor doiradagi shaxslar, buyumlar haqida tasavvurga ega bo‘ladi; uning hayoti chegaralangan monoton sharoitlarda kechadi. Aqlan zaif bolalar rivojlanish xususiyatlari bilan bog‘liq holda normal rivojlanayotgan bolalardan ham ko‘proq kattalarning maqsadga yo‘naltirilgan o‘rgatuvchi ta’siriga muhtoj bo‘ladi. Jamoaviy tajribani shiddatli o‘zlashtirish, ayniqsa, ilk yoshda ularda deyarli kuzatilmaydi. Intellektida nuqsoni bor bolalarning rivojlanish xususiyatlarini tadqiq qiluvchi olimlar, ularda birinchi navbatda patologik inertlikni, atrofga qiziqish yo‘qligini ta’kidlaydilar. Shuning uchun bu bolalarni o‘qitish va tarbiyalashni tashkil etish uchun ta’sir o‘tkazishni quyidagi usullari alohida o‘rin tutadi: bu nuqsonlarni bartaraf etishga qaratilgan, ularning bilish faoliyatini faollashtirishga yo‘naltirilgan. Shu tariqa boladagi organik nuqsonga atrof olamning qashshoq va ba’zan buzilgan obrazi qo‘shiladi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasida o‘yinlarda, bolalarning mustaqilligi va ijodkorligi darajasiga asoslangan klassifikatsiyasi tarkib topgan. Shunday qilib bolalar o‘yinlari guruhga bo‘linadi: Ijodiy o‘yinlar va qoidali o‘yinlar. Ijodiy o‘yinlarga bola topqirligini, tashabbuskorligini, mustaqlligini namoyon qiladigan o‘yinlar kiradi. O‘yinlarda bolalarning ijodiy namoyon bo‘lishi turlicha: Syujet va o‘yin mazmunini to‘qishdan hayolidagini yaxshiroq amalga oshirishdan tortib adabiy asarlardagi rollarni talqin qilishgacha. Ijodiy o‘yinlar quyidagilarga bo‘linadi: – rejissyorlik; – teatrlashgan; – syujetli-rolli; – qurilish materiali bilan o‘yinlar. An’anaviy pedagogikada rejissyorlik o‘yinlari syujetli-rolli o‘yinlar o‘zanida qaralganligini ta’kidlash lozim. Oxirgi paytlarda rejissyorlik o‘yinlarini syujetli rolli o‘yinlarning mustaqil turi sifatida xarakterlovchi tadqiqotlarning paydo bo‘lishi munosabati bilan rejissyorlik o‘yinlarini ajratish tendensiyasi yuzaga kelmoqda. Rejissyorlik o‘yinlarining asosiy farqi shundaki, bu ko‘proq individual o‘yinlar, unda bola xayolidagi vaziyatni to‘liq boshqaradi, bir paytda hamma ishtirokchi uchun harakat qiladi. Qoidali o‘yinlar, o‘yinlarning alohida guruhi hisoblanadi. Bu guruhdagi o‘yinlar ilmiy va xalq pedagogikasi tomonidan bolalarning ta’lim va tarbiyasidagi tayinli vazifalarni hal qilish uchun yaratilgan. Bu o‘yinlar tayyor mazmun bilan, o‘yinning qat’iy komponenti hisoblangan qoidalar bilan qandaydir topshiriqni bajarish jarayonida ta’lim vazifalari bolaning o‘yin harakatlari orqali amalga oshadi. Qoidali o‘yinlar 2 ta katta guruhga bo‘linadi. Didaktik o‘yinlar va harakatli o‘yinlar. Bular o‘z navbatida turli asoslarni inobatga olib klassifikatsiyalanadi. Didaktik o‘yinlar quyidagilarga bo‘linadi. 1) mazmunga ko‘ra: – matematik o‘yinlar; – tabiatshunoslik o‘yinlari; – nutqiy va h.k. 2) Didaktik materialga ko‘ra: – Buyumlar va o‘yinchoqlar bilan o‘yinlar. – Stol ustidagi – yozuvli. – Og‘zaki. Harakatli o‘yinlar quyidagicha klassifikatsiyalanadi: 1) o‘yinning harakatchanlik darajasi bo‘yicha: – kamharakatli; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling