Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/159
Sana01.04.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1316682
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   159
Bog'liq
OAK qaraqalpoq

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
130
– o‘rtacha harakatli
– ko‘p harakatli; 
2) o‘yindagi ustuvor harakatlar bo‘yicha: 
– sakrashlar bilan; 
– yugurishlar bilan va h.k. 
3) o‘yinda foydalaniladigan buyumlar bo‘yicha: 
– to‘p bilan; 
– lentalar bilan; 
– obruchlar bilan. 
Didaktik o‘yinlar bola shaxsini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida ham 
xizmat qiladi. 
1) Aqliy tarbiya. Didaktik o‘yinlarning mazmuni bolalarda hayotdagi hodisalarga
tabiatga, atrof olamdagi buyumlarga to‘g‘ri munosabatni shakllantiradi, vatan haqidagi 
bilimlarini chuqurlashtiradi va sistemalashtiradi. Turli kasbdagi va millatdagi kishilar 
haqidagi, mehnat faoliyati haqidagi tushunchasini kengaytiradi. Didaktik o‘yinlar 
yordamida tarbiyachi bolalarni mustaqil fikrlashga, olingan bilimlardan turli sharoitlarda 
qo‘yilgan vazifaga muvofiq foydalanishga o‘rgatadi. Ko‘pgina didaktik o‘yinlar aqlan zaif 
bola oldiga mavjud bilimlardan fikrlash jarayonida ratsional foydalanish vazifasini qo‘yadi; 
atrof olamdagi buyumlar va hodisalarning o‘ziga xos belgilarini topish: buyumlarini 
ayrim belgilarga qarab taqqoslash, guruhlash, klassifikatsiyalash, to‘g‘ri xulosalar va 
umumlashtirishlar chiqara olish. 
Didaktik o‘yinlar bolalarning sensor qobiliyatlarini rivojlantiradi. 
His qilish va sezgi jarayonlari aqlan zaif bola tomonidan atrof olamni bilish asosida 
yotadi. Maktabgacha yoshdagi aqlan zaif bolalarning buyumning rangi, shakli, kattaligi 
bilan tanishishi sensor tarbiya bo‘yicha didaktik o‘yinlar va mashqlar sistemasini yaratish 
imkoniyatini beradi. 
Didaktik o‘yinlar bolalarning nutqini o‘stiradi: lug‘atini boyitadi va faollashtiradi, 
tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish shakllanadi, bog‘langan nutq va o‘z fikrini bayon qila olish 
ko‘nikmasi rivojlanadi. Didaktik masalalarning ko‘pchiligi shunday tuzilganki, aqlan zaif 
bola buyumlar va hodisalar haqida mustaqil hikoya tuza olsin. Ayrim o‘yinlar bolalardan 
jins va tur tushunchalarini faol ishlata olishni talab qiladi. Ko‘pgina og‘zaki o‘yinlarning 
vazifasi esa – sinonimlarni, antonimlarni, eshitilishi o‘xshash so‘zlarni topa olish. 
Maktabgacha yoshdagi aqlan zaif bolalarda ularning (o‘rab turgan) atrofidagi buyumlarga 
kattalarning mehnat maxsuli kabi ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish haqida, axloq 
me’yorlari haqida, tengdoshlari va kattalar bilan o‘zaro munosabatlar haqidagi, shaxsning 
ijobiy va salbiy sifatlari haqidagi axloqiy tasavvurlar shakllantiriladi. 
2. Mehnat tarbiyasi. Ko‘pgina didaktik o‘yinlar bolalarda mehnat kishisiga hurmatni 
shakllantiradi, mehnatga qiziqish uyg‘otadi, kattalarga mehnatda yordamlashish va mustaqil 
mehnat qilish istagini paydo qiladi. Ayrim mehnat malakalarini bolalar didaktik o‘yinlar 
uchun material tayyorlash paytida egallaydilar. Bu dastlabki mehnatsevarlikni, mehnat 
mahsulotlariga ehtiyotkor munosabatni tarbiyalaydi. 
3. Estetik tarbiya. Didaktik material gigienik va estetik talablarga javob berishi lozim. 
Bu material guruh xonasida bolalar qo‘li yetadigan tayinli joyda saqlanadi. 
4. Jismoniy tarbiya. O‘yin ijobiy emotsional ko‘tarinkilik yaratadi, yaxshi kayfiyat 
uyg‘otadi, biroq asab tizimining aniq yo‘naltirilishini talab qiladi. Bolalarning o‘yin paytidagi 
harakat faolligi bola miyasini rivojlantiradi. Didaktik o‘yinchoqlar bilan o‘tkaziladigan 
o‘yinlar ayniqsa, muhim. Bu jarayonda qo‘llarning kichik motorikasi mustahkamlanadi
bu ham bolaning aqliy rivojlanishida ko‘ngildagidek aks etadi, qo‘llarni rasm chizishga 



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling