Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/159
Sana01.04.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1316682
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   159
Bog'liq
OAK qaraqalpoq

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
133
Tez o`qiyman deb xatoga yo`l qo`yadi.
To`g`ri o`qish yorug`likka va yorug`likning tushishiga ham bog`liq.
Undosh tovush so`zning o`rtasida va oxirida kelgan yopiq bo`g`inli so`zlarni o`qishda 
qiynaladilar.
Xato o`qishning oldini olish uchun quyidagilar e`tiborga olinadi:
1. Matnni o`qitishdan oldin undagi o`qilishi qiyin so`z, birikma va gaplarni aniqlash 
va ular ustida ishlash usullarini belgilab olish. Tuzilishi murakkab so`zlarni bo`g`inlab 
o`qilishini mashq qildirish.
2. Matnni o`qishdan oldin uning mazmunini tushunishni qiyinlashtiradigan so`zlarning 
lug`aviy ma`nosini tushuntirish. So`z ma`nosini izohlash usullarini aniqlash.
Vazifalarni aniq va tushunarli qilib berish.
Matnni diqqat-e`tibor bilan o`qishlari uchun sharoit yaratish.
Oldin ichda o`qitish, so`ng ovoz chiqarib o`qitish.
6. O`qitishda o`quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish,ya`ni matnni 
oson, o`rtacha qiyinlikda va qiyin o`qiladigan o`rinlarini belgilab olib unga kuchi etadigan 
o`quvchilarga oldindan taqsimlab olish.
7. O`quvchilarning o`qishini muntazam tekshirib turish.
Xatoning xarakteriga qarab, uni metodik tomondan to`g`ri tuzatish yo`lini aniqlash.
9. O`quvchilarni xato qilish mumkin bo`lgan o`rindan ogohlantirib turish.
10. Xat cho`pdan foydalanish.
Xato o`qish o`quvchining shaxsiy ko`ruv sezgisiga ham bog`liq bo`ladi. O`qituvchi 
tuzilishi murakkab so`zlarni oldindan doskaga yoki kartonga bo`g`inlarga bo`lib yozib 
qo`yib, o`quvchilarga xor bo`lib o`qitilishi yaxshi natija beradi.
O`quvchilar yo`l qo`ygan xato ikki xil yo`l bilan tuzatiladi: 1) O`quvchi so`z oxiridagi 
qo`shimchani noto`g`ri o`qisa, o`quvchini o`qishdan to`xtatmasdan xatoni to`g`rilash 
mumkin; 2) xato o`qish bilan gaplarning mazmuni buzilsa, qayta o`qitish usulidan 
foydalaniladi.Bunda o`quvchiga o`qigan matni yuzasidan savol berilsa, o`quvchi e`tiborli 
bo`lib qayta o`qiydi.
Tez o`qish. Tez o`qish normal tezlikda bo`lib, o`qish sur`ati matnning mazmunini 
tushunishdan ajralib qolmasligi kerak. O`qish tezligi matnni tushunish tezligi bilan 
muvofiq ravishda o`suvi kerak. O`qilayotgan asar mazmunini o`zlashtirishni, matn 
mazmunini ongli idrok etishni ta`minlaydigan o`qish tez o`qish deyiladi.
O`qish sifatlarini yaxshi o`zlashtirgan holda o`quvchilarning o`qish sur`ati bir-biridan 
farq qiladi. Bu dastur talablarini bajarmadi, degan gap emas. Og`zaki nutq tempiga to`g`ri 
keladigan o`qish sur`ati normal tezlik hisoblanadi. CHunki o`ta tez ham , o`ta sekin o`qish 
ham matn mazmunini o`zlashtirishni qiyinlashtiradi.
O`qish tezligi bir daqiqada o`qiladigan so`zlar soni bilan belgilanadi. 2005 yilda e`lon 
qilingan o`qish dasturida 1- sinfning 2- yarim yilligida o`qish sur`ati 20-25 so`z (notanish 
matnni o`qish tezligi ham 20-25 so`z); o`quv yili oxirida 25-30 so`z; 2- sinfning 1- yarim 
yilligida matnni o`qish tezligi 30-35 so`; 2-yarim yilligida 40-50 so`z; 3- sinfning 1- 
yarim yilligida 60-70 so`z; 2- yarim yilligida 70-80 so`z; 4- sinfning 1- yarim yilligida 
ichda ovozsiz 110-130 so`z, ovozli o`qishda 90-100 so`z.
Tajribalar shuni ko`rsatadiki, bir daqiqada bola 250 so`zli matnni o`qisa, undagi 200 
ta so`zni eslab qolar ekan. Agar harflab, bo`g`inlab o`qisa, uning diqqat markazida so`z 
emas, bo`g`in bo`ladi. natijada u so`zlarni eslab qola olmaydi. (J.G`.Yo`ldoshev.1992 yil 
«O`qituvchilar uyidagi ijodkor o`qituvchilarning 1- anjumanidagi nutqidan).
Bu 4- sinf o`quvchilarining o`qish tezligiga tatbiq etilsa, 125 so`zdan 100 so`zni 



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling