Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/159
Sana01.04.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1316682
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   159
Bog'liq
OAK qaraqalpoq

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
30
Predmatli tasavvurlar kо‘pgina psixik jarayonlarning asosini tashkil qiladi, shuning 
uchun aqli zaif bolalardagi turli xil buzilishlarni oldini olish uchun korreksion ishni
avvalo bolalarda fazodagi hodisa va predmetlarni tо‘liq tasavvur qilishni va bu predmet 
va hodisalarning alohida xususiyatlari haqida oddiy sezish xususiyatlarini rivojlantirishdan 
boshlash kerak. Fazoviy tasavvurlarni shakllantirishda ish anglashni rivojlantirishdan 
boshlab, to fazoviy munosabatlarni nutqda aks ettirishgacha qaratilishi lozim.
Ko’zi ojiz bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishni fazoviy tasavvurlarni 
rivijlantirishning eng oddiy bosqichidan boshlab, vaqt haqidagi tushunchalarni qо‘shib olib 
borish zarur. Korreksion ta’limni tashkil qilishda aqli zaif bolalarning xotira xususiyatlarini 
xisobga olib о‘tilgan mavzularni takrorlab, tizimli tarzda turli nutq materialida 
mustahkamlab borish kerak
Korreksion ishning asosiy maqsadi qilib, ko’zi ojiz bolalarda fazoda mо‘ljal olishni 
rivojlantirishni bolaning fikrlashi, nutqi va faoliyati bilan bog‘liq holda olib borishni kо‘zda 
tutdik. 
Maxsus ta’lim bolalarning fazo haqida qanday tushunchalarga ega bо‘lganliklarini 
hisobga olishi va bu jarayonda harakat analizatorining muhim о‘rin tutishini hisobga 
olish kerak.Fazoda mо‘ljal olishning shakllanishida muskul harakat apparatidan keluvchi 
signal va xislar muhim о‘rin tutadi. Asosiy qо‘ldan keluvchi kinestetik signallar atrofdagi 
fazoga ma’lum nomutanosilikni olib keladi. Noaniq xarakatlar ko’zi ojiz bolalarda
fazoda mо‘ljal olishning rivojlanishga tо‘sqinlik qiladi. Shuning uchun korreksion ishning
birinchi navbatdagi asosiy ishi bolaning xis qilish va harakat qilish malakalarini boyitish, 
predmetli amaliy faoliyati malakalarini rivojlantirish va shu asnoda о‘z tanasi va atrofdagi 
predmetlarni fazoda joylashishi haqidagi tasavvurlarni shakllanishiga diqqatni qaratish 
zarur. Fazo haqidagi tushunchalarni amalda о‘zlashtirish bilan bir qatorda bolaga fazoviy 
aloqalar haqidagi sо‘zlarning ma’nosini, fazoviy tasavvurlarga oid terminlarni о‘rgatib 
borish kerak.
Bolalarda fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishni bir necha bosqichga bо‘lish mumkin:
I bosqich: Somotognostik, taktil va kinestik jarayonlarni rivojlantirish.
Maqsad: Bolalarda his qilish va harakat malakalarini rivojlantirish vazifalari:
► tana qismlarining nomlarini va joylashgan о‘rnini aniqlash;
► qо‘l va tana holatini о‘zi mustaqil harakatga keltirishga о‘rgatish va takrorlash;
► shakllar, harflar va raqamlarni о‘rganish jarayonini kaftda va belda barmoq bilan 
yozib rivojlantirib borish kerak;
► turli xil shakldagi va turli xil balandlikdagi predmetlarni anglab olish hissini 
о‘rgatish.
Yuqorida aytib о‘tilgan jarayonlarni rivojlantirish uchun bolaning umumiy muskullar 
tonusini meyorlashtirib, muskullar tortishishini bartaraf etish kerak. 
Bu kо‘rsatish, ularni nomlash, tana holatini tо‘g‘ri xarakatga keltirishni о‘rgatish va 
takrorlash, turli xil taktil sezgilarni xis qilishni о‘z ichiga oladi.
Didaktik о‘yinlar va topshiriqlar:
1. Boladan о‘z tanasini turli qismlarini, sо‘ng esa о‘rtoqlarining tana qismlarini 
kо‘rsatish sо‘raladi.
2. Bola tanasining biror bir qismiga teginib, endi buni о‘zida kо‘rsatish sо‘raladi, sо‘ng 
albatta uni nomlash sо‘raladi.
3. Pedagog о‘z tana qismini kо‘rsatib, sо‘ng boladan shu qismni uning tanasida 
kо‘rsatishni va uni nomlash sо‘raladi.
4. Pedagog ortidan butun tana ishtirok etadigan holatlarni, shuningdek qо‘l holatlarini 
takrorlash ( “Oyna”) о‘yini.



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling