Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/159
Sana01.04.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1316682
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   159
Bog'liq
OAK qaraqalpoq

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
31
5. О‘zi mustaqil holda turli tana holatlarini о‘ylab topish, sо‘ng bir necha shakllar
harflar va raqamlarni о‘z tanasi yordamida tasvirlash.
6. Pedagog bolaning kaftiga shakl, harf, raqamni chizib, boladan uni topishni sо‘raydi.
Ham о‘ng, ham chap kaftga chizish sо‘raladi. Bola shaklni bilgandan sо‘ng uni qog‘ozda 
chizib berish va nomini aytishni sо‘raydi.
7. Boladan ustki qismi turli xil bо‘lgan predmetlarni (silliq, yumshoq, qattiq, 
tikanli,qirrali) ushlab kо‘rish, kо‘rsatish, nomlash sо‘raladi. Sо‘ng boladan kо‘zini yumgan 
holda shunday shaklni kо‘rsatish sо‘raladi.
8. Xaltachaga bolaga tanish bо‘lgan predmetlar solinib, qо‘l bilan paypaslab predmetni 
topish sо‘raladi. Bunda bola paypaslab kо‘rganda, har ikkala qо‘li bilan paypaslab kо‘rish 
kerak.
Asta sekin bola xis tuyg‘ularini va sezgilarini og‘zaki tasvirlashni о‘rganib borish kerak. 
Barcha topshiriqlar ikki xil reja bо‘yicha ishlab chiqilishi kerak: pedagogning topshirig‘i 
bо‘yicha bajarilayotgan xarakatlar va bolaning о‘zi tomonidan aytib bajariladigan harakatlar.
“О‘z tanasining tuzilishi” haqidagi tasavvurlarni shakllantirish.
Maqsad: Bolalarda о‘z tana a’zolarini sezish va atrof olamni idrok etishni rivojlantirish.
Topshiriqlar:
«О‘z tana tuzilishi» haqidagi tasavvurlarni shakllantirish. Bir qator xarakatlarni mustaqil 
bajarishga о‘rgatish.
Bola о‘z tana tuzilishini о‘rganish davomida “Baland- past”, “Oldinga- orqaga”, “О‘ng- 
chap” tushunchalarini о‘zlashtirib borishi kerak. Fazoviy yо‘nalishlarni shakllantirish 
avvalo tana xarakatining aniq bir tomonga qaratilganligi bilan bog‘liqdir. Butun tana 
bilan kо‘rsatilgan ushbu yо‘nalish keyin qо‘l bilan, boshni qimirlatish bilan, sо‘ngra kо‘z 
qirrasi bilan bilan kо‘rsatiladi. Butun tana qismlarining tuzilishi va joylashuvi haqidagi 
tushunchalar mustaxkamlanadi. Tananinig о‘ng va chap tomonlarini о‘rganish bola uchun 
eng ko’p qiyinchiliklarni tug‘diradi. 
Shuning uchun birinchi bо‘lib о‘ng va chap qо‘l bilan bajariladigan mashqlarni 
bajartirish kerak. Muhimi bola xarakatlarini turli tana qismlari yordamida tez va aniq , 
og‘zaki kо‘rsatma bо‘yicha bajarishni о‘rganishi lozim, masalan: “Yelkangni yuqoriga 
kо‘tar”, “Chap kо‘zingni о‘ng kafting bilan yop”.
Bunda taqlid о‘yinlardan foydalanamiz.
- G‘ozlar bо‘yinlarini chuzib, bо‘yinlarini о‘ngga-chapga buradilar, orqaga tulki 
kelmayaptimi, - deb qaraydilar.
- Ayiqchaning boshiga chivin qо‘nadi. U qayrilib о‘ng tomondan uni ushlamoqchi 
bо‘ladi, keyin chap yelkasidan qayriladi, nihoyat chivin uchib ketadi va ayiqcha belini 
qashib qо‘yadi.
- Buratino chap tizzasini urib oladi, uni qoqib qо‘yadi, tizzasini qо‘li bilan ushlab, 
sekin qadam tashlaydi. Bolada о‘ng-chap, yuqori-quyi, baland-past, oldinda orqada 
tushunchalarini о‘z tana qismlarining joylashuvi orqali tо‘g‘ri anglab olganlaridan sо‘ng bu 
sо‘zlarni bolalarning mustaqil nutqida mustaxkamlash kerak.
Didaktik о‘yinlar va mashqlar:
1. Defektolog bolalarga orqasini о‘girgan holda xarakatlarni qо‘li bilan bajaradi: chap 
qо‘l tepaga о‘ng qо‘l о‘ng tomonga, о‘ng qо‘l bosh orqasiga, chap qо‘l bosh ustiga, chap 
qо‘l chap yelkaga qо‘yish. Bolalar defektologning xarakatlarini bittadan takrorlaydilar va 
о‘z xarakatlaring nomlaydilar.
«О‘ng-chap» tomonlarni ajratishda shuni hisobga olish keraki bolalar о‘ng oyoq, 
о‘ng kо‘z, о‘ng quloq - о‘ng qо‘l joylashgan tomonda joylashtirilishini anglamaydilar. 
Bola bularning anglash uchun maxsus mashqlar yordamida tana qismlarining о‘ng va 



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling