2-mavzu. Kristallar simmetriyasi. (2 soat) Reja


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana19.06.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1626231
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2maruza kristal



2-mavzu. Kristallar simmetriyasi. (2 soat) 
 
Reja: 
1. Simmetriya to‘g‘risida tushuncha. Simmetriya elementlari. 
2. Simmetriya xillari. Simmetriyaning 32 xillarini xosil qilish sxemasi. 
3. Kristall ko‘pqirraliliklarni shakllari.
4. Kristallografik simvollar. 
 
Kristallning shaklini tekshirish-o‘rganishda, ularni bir-biridan farq qilishda 
ko‘zga yaqqol ko‘rinadigan bo‘lgilardan biri ulardagi simmetrik (simmetriya – 
qadimiy grek tilida teng-o‘xshash demakdir) tuzilishdir. Agar ikki shaklining biri-
ikkinchisiga o‘xshash va teng mumkin. Bunda, shakllarning mos bo‘laklari 
(qismlari) orasidagi o‘xshash va tenglikni tasavvur etishda aylanadigan geometrik 
elementlar simmetriyasi elementlari deyiladi. 
Enatimorf shakllar A va V shakllar o‘zaro teng bo‘lib R tekisligi qarshisida bir-
ikkinchisining aksidir.
Simmetriya elementlari 
Har qanday kristall shaklining o‘zi uchun xos simmetriya elementlari bo‘lib, 
kristall shaklini qay darajada simmetriya tuzilganligi haqida shu kristallda 
aniqlangan simmetriya elementlarning turiga va soniga qarab xulosa chiqariladi. 
SHunga qarab ular ma’lum tartib bilan sinflarga ajratiladi. 
Biz bu erda faqat cheklangan geometrik shakllari uchun makroko‘zga 
ko‘rinadigan simmetrik elementlarini ko‘rib o‘tamiz, cheksiz uzluksiz davom 
etadigan shakllar uchun xos mikro ko‘zga ko‘rinmaydigan simmetriya elementlari 
haqida keyingi ma’ruzalarimizda eslatib, umumiy tushunchalarni keltiramiz. 
SHunday qilib, kristall o‘xshash – teng qismlardan iborat shakl. SHu 
o‘xshashlik va tenglikni ma’lum geometrik vositalari bilan izohlash mumkin. 
Bunday geometrik vositalar tekislik, to‘g‘ri chiziq yoki nuqta bo‘lishi mumkin. Agar 
kristallning o‘xshash teng qismlardan iborat ekanligi tekistlikka nisbatan aniqlanar 
ekan, o‘sha tekistlik simmetrik tekistligi: to‘g‘ri chiziqqa nisbatan aniqlanar ekan, u 
chiziq simmetriya o‘zi va nihoyat, nuqtaga nisbatan aniqlanar ekan, bu nuqta 
inversiya markazi deyiladi. Simmetriya elementlari quyida inversiya markazidan 
boshlab ta’riflanadi. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling