Refera t mavzu: Soliq elementlarining ahamiyati, ularning nazariy va huquqiy jihatlari Fan: Soliqqa tortish asoslari


Download 58.19 Kb.
bet5/5
Sana21.09.2023
Hajmi58.19 Kb.
#1683838
1   2   3   4   5
Bog'liq
BHA 47-22 M.NiyozovaMustaqil ishi

Soliq imtiyozlari - soliq to‘lovchilarga soliqlar bo‘yicha turli xil engilliklar bo‘lib, ular vaqtinchalik va doimiy, to‘liq yoki qisman va boshqa ko‘rinishlarda berilishi mumkin. Soliq stavkalarining mohiyati, ularning turlari, amal qilish mexanizmlari, belgilash mezonlarini keyingi savollarimizda yoritamiz. Agar soliq imtiyozi ish joyidan qo‘llanilsa, jismoniy shaxs quyidagilarni tashkilot buxgalteriyasiga taqdim etadi:
Agar soliq chegirmasi shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi asosida qo‘llanilsa, quyidagilarni turar joyidagi soliq organlariga taqdim etadi:
Talaba (talabalar) bilan oliy o‘quv yurti o‘rtasida to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
Tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi (agar ta’lim krediti olgan bo‘lsa);
Ta’lim oluvchining (ta’lim oluvchilarning) pasporti yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi.
Bu holda, tashkilot buxgalteriyasi kontrakt to‘lash uchun ajratilgan mabg‘lani maoshdan ushlab qolib, OTM hisobiga tushuradi

Talaba (talabalar) bilan oliy o‘quv yurti o‘rtasida to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;


Tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi (agar ta’lim krediti olgan bo‘lsa);
Oliy o‘quv yurtlari hisob raqamiga (ta’lim kreditini qoplaganda tijorat banki hisob raqamiga) pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
Pasport nusxasi (soliq imtiyozi ta’lim oluvchining o‘zi tomonidan qo‘llanilganda);
Pasport nusxasi (soliq imtiyozi ota-ona tomonidan qo‘llanilganda) va ta’lim oluvchining (ta’lim oluvchilarning) tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi;
Pasport nusxasi (soliq imtiyozi turmush o‘rtog‘i tomonidan qo‘llanilganda) va ta’lim oluvchining (ta’lim oluvchilarning) nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.
Oʻzbekiston soliq tizimini rivojlantirishda soliq yukini asta-sekin (evolyutsion) pasaytirib borish hamda oʻtgan asrning 90-yillari boshidan hozirgi paytgacha boʻlgan davrda respublikamizning haddan ziyod mehnatga layoqatli aholisini ish bilan ta’minlovchi asosiy manba sanalgan kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash yoʻlidan borildi:

Soliq bazasini hisoblash usullari. Soliq bazasini hisoblashning ikki xil usuli mavjud bo‘lib, ular kassa usuli va hisobga olish usullaridir. Kassa usulida soliq to‘lovchida soliqlarni to‘lash majburiyatlari daromad olganidan keyin vujudga kelsa, hisobga olish usulida esa daromad olingan yoki sotishdan tushum qachon kelib tushushidan qat’iy nazar tovarlarni jo‘natilishi o‘z navbatida soliqlarni to‘lash majburiyatlarini vujudga keltiradi.


Soliqqa tortish usullari uch xil ko‘rinishda amalga oshirilib. Ular quyidagilarga: soliqqa tortishning kadastrli, deklaratsiya va manba oldidan soliqqa tortish usullariga ajratiladi. Ularning keng bayoni keyingi savollarda ochib beriladi.
Soliqlarni to‘lash muddatlari va tartiblari. Soliq qonunchiligida har bir soliq turining byudjetga to‘lash muddatlari belgilangan. Soliqni to‘lash muddatlari deganda soliq to‘lovchilarning davlat byudjeti oldida soliq majburiyatlarining bajarish muddati ifodalanadi. Soliqni to‘lash muddatlari o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki xil ko‘rinishga ega: avans (bo‘nak) to‘lovlari va haqiqiy daromad olinganidan keyingi to‘lovlar.
Soliqni to‘lash tartibida esa, soliqni yo‘naltirilganligi (byudjetga yoki byudjetdan tashqari fondlarga), soliqni to‘lash vositasi (milliy valyuta, so‘mda yoki boshqa mamlakatlar milliy valyutasida. O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq soliqlar faqat milliy valyuta, so‘mda to‘lanishi mumkin) hamda soliqni to‘lash shakllari (naqd pul yoki naqd pulsiz) ifodalanadi.
Soliq yuki - soliq to‘lovchining muayyan vaqt oralig‘ida to‘lagan soliqlari yig‘indisini ifodalaydi. Bunda soliq to‘lovchilarning to‘laydigan barcha soliqlar va soliqsiz majburiy to‘lovlarining yig‘indisini ifodalanadi. Soliq yukining aniq soliq to‘lovchilar zimmasiga qancha to‘g‘ri kelganligini aniqlash ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Biroq to‘g‘ri soliqlarda soliq og‘irligi aynan soliqni byudjetga hisoblab o‘tkazuvchi soliq to‘lovchilar zimmasiga tushsa, egri soliqlarda soliq yuki soliqni to‘lovchilar emas, balki tovar (ish, xizmat) larni iste’mol qiluvchilar zimmasiga tushadi. Muayyan turdagi yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha soliq yukining bir yilda byudjetga to‘langan barcha majburiy to‘lovlar yig‘indisi bilan aniqlash mumkin. Soliq yukining darajasi o‘z navbatida mamlakatning iqtisodiy qudratiga, inflyatsiya darajasiga, davlatning vakolatli funktsiyalarni qo‘llashiga, qolaversa bozor munosabatlarining rivojlanishini va ijtimoiy harakat doirasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Soliq yukini ifodalashning bir qancha ko‘rinishlari mavjud: makrodarajadagi soliq yuki, mezodarajadagi soliq yuki va mikrodarajadagi soliq yuki. Soliq yuki makrodarajada ifodalanganda butun mamlakat miqyosida ifodalanib, asosiy ko‘rsatkich sifatida muayyan vaqt oralig‘ida davlat byudjetiga kelib tushgan soliqlar yig‘indisini ana shu vaqt oralig‘ida yaratilgan YaIM yoki MD ga nisbati olinadi. Mezodarajada ifodalanganda alohida olingan soha, tarmoq yoki sektorga to‘g‘ri keladigan soliq yuki ifodalansa. Mikrodarajada esa, aniq bir olingan sub’ektga to‘g‘ri keladigan soliq yuki ifodalanadi.
Soliqlar davlatning paydo bo'lgan qadimgi davrlardan, ya’ni quldorlik tuzumidan boshlab mavjuddir. Lekin, xususiy mulkchilik tugatilib, davlat mulkchiligi hukmron sho'ro davrida soliqlar o'rniga markazlashgan rejalashtirish mohiyatiga mos keladigan majburiy to'lovlar va ajratmalar joriy etilgan edi. U davrda soliqlarni tamomila qoralangan, ularni qo'shimcha ekspluatatsiya quroli deb atalgan. Shuning uchun ham soliqlarni - zarurligining faqat davlatni paydo bo‘lishi bilan bog'lash hamisha ham to'g'ri bo'lmaydi.
Soliqlarning zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat tomonidan iqtisodiyotda va ijtimoiy hayotda muayyan vazifalar bajarilishi zarur ekanligidan kelib chiqadi. Davlat o'z funksiyalarini to'liq bajarish uchun albatta moliyaviy manbalarga suyanishi lozim. Buning yagona yo'li soliqlardir. Bozor iqtisodiyoti davrida davlatning an’anaviy funksiyalaridan tashqari, ya’ni ta’lim tarbiya, xalq xo'jaligini boshqarish, mamlakat xavfsizligini ta’minlashdan tashqari, aholini ijtimoiy himoya qilish ham zarurdir. Аnа shu funksiyalarni moliyaviy mablag' bilan ta’minlash uchun soliqlar xizmat qiladi.
Ikkinchi tomondan, soliqlarning zarurligini bozor iqtisodiyotining iqtisodiy qonunlari talablardan kelib chiqadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik shakllari nihoyatda xilma-xil bo‘ladi va har bir mulk shakli teng huquqlidir. Mulk egalarining mulki daxlsizdir. Bunday sharoitda davlat o‘z xohishicha va istagancha ular mulkini davlat mulkiga ajratma yoki boshqa to‘lovlar bilan jalb qilib ololmaydi.
Bozor iqtisodiyotining mohiyati yuqori erkinlik, demokratiyani ifoda etganligi uchun har xil mulk egalarining mulkidan umumdavlat ehtiyojlari uchun ham foydalanish faqat demokratik yo‘l - soliqlar orqali amalga oshiriladi. Shunday ekan, bozor iqtisodiyoti qonunlarining mohiyatiga tushungan davlat uning rang-barang strukturasini yaratadi, turli mulk shaklidagi korxona, birlashma, firma, shirkat, ijara, xususiy korxonalarni ko'paytiradi. Bu esa o ‘z navbatida davlatga soliq to'lovchilarning sonini ko‘paytiradi va soliq obyektlari doirasini kengaytiradi. Bu davrda korxona, birlashma xilma-xil tashkilotlar va aholi keng demokratik huquqlarga ega bo'lganligi uchun ular bilan davlat o'rtasidagi munosabat faqat soliqli munosabat bo'ladi. Demak, bozor iqtisodiyoti soliqlarni obyektiv zarur qilib qo’yadi. 
Soliqni hisoblab chiqarish soliq to‘lovchining yashash joyidan qat’i nazar, soliq solish ob’ekti joylashgan yerdagi soliq organlari tomonidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.
Soliq summasi mol-mulkning 1 yanvardagi holatiga ko‘ra bo‘lgan kadastr qiymatidan va belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Bir necha mulkdorlarining umumiy ulushli mulki bo‘lgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun soliq har bir mulkdor tomonidan ularning ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda to‘lanadi.
Mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi kalendar yil mobaynida bir mulkdordan boshqasiga o‘tgan taqdirda, soliq avvalgi mulkdor tomonidan shu yilning 1 yanvaridan e’tiboran u mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini yo‘qotgan oyning boshlanishiga qadar, yangi mulkdor tomonidan esa, unda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to‘lanadi.
Yangi imoratlar, binolar va inshootlar bo‘yicha soliq mulk huquqi yuzaga kelgan oydan e’tiboran to‘lanadi.
Meros bo‘yicha o‘tgan mol-mulk uchun soliq merosxo‘rda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to‘lanadi.
Soliq solish ob’ekti yo‘q qilingan, vayron bo‘lgan yoki buzib tashlangan taqdirda, soliqni undirish mol-mulk yo‘q qilingan, vayron bo‘lgan yoki buzib tashlangan oydan e’tiboran tugatiladi. Soliq summasini qayta hisob-kitob qilish mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan yo‘q qilinganlik, vayron bo‘lganlik yoki buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, amalga oshiriladi.
Kalendar yil mobaynida imtiyozlarga bo‘lgan huquq vujudga kelgan (tugagan) taqdirda, soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan (tugagan) oydan e’tiboran amalga oshiriladi.
Soliqni to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasi soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchilarga imzo qo‘ydirilgan holda yoki to‘lov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1 martdan kechiktirmay topshiriladi.
Soliq davri uchun soliqni to‘lash teng ulushlarda 15 aprelga va 15oktabrga qadar amalga oshiriladi.
Ma’lum bir yoshga kelib, har birimiz mulkka ega bo‘lamiz. Bizga mulk huquqi asosida ega bo‘lgan barcha narsalar va biz mustaqil ravishda tasarruf etishimiz mumkin bo‘lgan narsalar mulkimiz hisoblanadi.
Biz mulkni sotib olamiz, uni meros qilib yoki xayr-yehson shartnomasi bo‘yicha olishimiz xam mumkin.
Ammo ko‘pchilik, ma’lum bir mulkka, xususan ko‘chmas mulkka egalik qilish bizni, jismoniy shaxslarni soliq to‘lashga majbur qiladi deb o‘ylamaydi. Nima uchun to‘lash kerak deb ko‘pchilik g‘azablanadi. Bu mening mulkim, men uni sotib oldim, to‘ladim, qarz oldim va hokazo.
Har qanday soliq soliqni xisoblash uchun asos bo‘lgan soliq solish bazasiga ega bo‘ladi. Shunday qilib, mol-mulk solig‘i uchun ushbu asos bizning mulkimizning kadastr qiymati hisoblanadi. Kadastr qiymati shaxsning mulkka egalik huquqini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi davlat organi tomonidan belgilanadi (odamlar uni BTI deb atashadi). Mulkning qiymati har yili 1 yanvar kuni aniqlanadi. Soliqni o‘zimiz hisoblashimiz shart emas, buni biz uchun ko‘chmas mulkimiz joylashgan hududiy soliq xizmati amalga oishradi.
Davlat soliq xizmati organining vazifasi soliqni to‘lash uchun to‘lov talabnomasini joriy yilning 1 martiga qadar yetkazishdir.
Agar sizda soliqni to‘lash uchun mablag‘ bo‘lmasa, uni mavjud bo‘lgan davrlarga va pul miqdoriga bo‘lish mumkin. Bunday holda, siz to‘lov miqdorida va to‘lash vaqtida xato qilmaslik uchun ehtiyot bo‘lishingiz kerak.
O‘z vaqtida to‘lanmagan soliqni to‘lash uchun jarimalar va penya xisoblanadi.
Qo‘lingizdagi bildirishnoma bilan soliqni quyidagi usullarda to‘lashingiz mumkin:
- istalgan kassa orqali naqd pul berish
- kassa orqali plastik kartada
-ish beruvchiga ish haqidan ushlab qolish to‘g‘risida iltimosnoma bilan ariza yozish. Bunday holda, arizada sizning mol-mulkingiz va mulkingiz manzili ro‘yxatga olingan tuman soliq xizmati ma’lumotlari ko‘rsatilishi kerak.
Ko‘chmas mulk qiymati xaqida bilib oldik, keling endi stavka haqida gaplashaylik. Ular progressivdir, ya’ni qat’iy emas, aksincha o‘sib boradi.
Mulk solig‘i stavkalari quyidagilarga qarab farq qiladi.
- qo‘chmas mulkni ishlatish maqsadiga qo‘ra
- ko‘chmas mulk maydoniga ko‘ra
Agar jismoniy shaxs o‘z mol-mulkini tadbirkorlik maqsadlarida, ya’ni chakana savdo do‘koni, tikuvchilik ustaxonasi, qandolat do‘koni uchun ishlatsa yoki yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berayotgan bo‘lsa, soliqni hisoblash stavkasi yuridik shaxslar uchun (bu yil 2 foiz) olinadi.
Agar yakka tartibdagi tadbirkor (jismoniy shaxs) yoki oilaviy tadbirkor uning kvartirasida yashasa, uy va yashash xonasidan, shuningdek tovarlar, ishlar, xizmatlar (reklama, repetitorlik, matbaa, tarjima xizmatlari) ishlab chiqarish uchun foydalansa, soliq jismoniy shaxslar uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha hisoblab chiqariladi va to‘lanadi (joriy yilda 0,2% -0,35% gacha) ).
Soliq stavkasi binoning kvadrat maydoniga qarab oshib boradi.
Agar yil davomida mol-mulkingizni sotishga qaror qilsangiz, soliq 1-yanvardan boshlab egalik xuquqingiz boshqa shaxsga o‘tgan oyning boshiga qadar hisoblanadi (masalan, mulkdor 18-mart kuni garajni sotgan bo‘lsa, yanvar-fevral oylari uchun soliq to‘laydi). Ammo bu holda, mulkni yangi egasi kalendar mart oyidan yili oxirigacha bo‘lgan davr uchun hisoblangan soliqni to‘laydi.
Mulkni meros qilib olgan jismoniy shaxs meros huquqiga ega bo‘lgan oydan boshlab soliq to‘laydi.
Ko‘pincha shunday bo‘ladiki, yil davomida mulk buziladi, vayron qilinadi, yo‘q qilinadi, bu holda soliq to‘lash mulk tugatilgan oydan boshlab to‘xtatiladi.
Agar jismoniy shaxs butun kalendar yili davomida soliq to‘lagan bo‘lsa, unda siz tuman soliq inspeksiyasidan qayta hisoblashni talab qilishingiz mumkin. Soliq jismoniy shaxsga qaytariladi yoki agar mavjud bo‘lsa, boshqa ko‘chmas mulkka uchun soliq majburiyati uchun o‘tkaziladi.
Buning uchun ariza topshirishingiz va davlat tomonidan yoki mahalliy hokimiyat yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (mahalla) tomonidan berilgan ko‘chmas mulkni buzish to‘g‘risidagi hujjatni ilova qilishingiz kerak. Ushbu hujjat mulkni buzish faktini tasdiqlaydi.
Download 58.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling