Refera t mavzu: Soliq elementlarining ahamiyati, ularning nazariy va huquqiy jihatlari Fan: Soliqqa tortish asoslari


Download 58.19 Kb.
bet1/5
Sana21.09.2023
Hajmi58.19 Kb.
#1683838
  1   2   3   4   5
Bog'liq
BHA 47-22 M.NiyozovaMustaqil ishi





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI HUZURIDAGI FISKAL INSTITUT


BXA-47-22 GURUH TALABASI
Niyozova Mu’attar Komilovna

R E F E R A T


MAVZU: Soliq elementlarining ahamiyati, ularning nazariy va huquqiy jihatlari

Fan: Soliqqa tortish asoslari


2023 yil
Mavzu: Soliq elementlarining ahamiyati, ularning nazariy va huquqiy jihatlari
Reja:


  1. Soliq elementlarining mohiyati va ahamiyati……………………………3

  2. Soliq elementlarining tarkibi ………………………………….…………..4

  3. Soliqqa tortishning ob’ektiv zarurati……………………………………..8


Soliq elementlarining ahamiyati, ularning nazariy va huquqiy jihatlari
Soliq elementlari haqida gap borganda ko‘pincha adabiyotlarda soliqqa tortish tizimi haqida so‘z yuritiladi. Shu o‘rinda soliqqa tortish tizimi haqida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, soliqqa tortish tizimi soliq tizimiga nisbatan tor tushuncha bo‘lib, aslida soliq tizimiga kiradi. Soliq tizimi soliqqa oid barcha munosabatlarni qamrab olsa, soliqqa tortish tizimi esa, ushbu munosabatlarni soliqlarni undirish bo‘yicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Shu jihatdan soliqqa tortish tizimi qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan qonun yo‘li bilan belgilangan hamda ijro hokimiyati tomonidan soliqlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuasidan iborat. Soliqqa tortish tizimining mohiyati garchan o‘zgarmas bo‘lib ko‘rinsada, uning shakl-shamoyili va yo‘nalishi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga, qolaversa soliq siyosatining mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Chunki, soliqqa tortish tizimi o‘z ichiga tarkiban soliq elementlari, soliqlarni tashkil etish tamoyillari va usullarini oladi, bu elementlarning qay darajada talqin etilishi esa, bevosita davlat siyosatiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, soliq elementlariga kiruvchi soliq stavkasining qaysi turlarining ko‘proq amal qilishi, soliq imtiyozlarining qay darajada belgilanishi, soliqlarni undirishni qaysi usullaridan ustuvorlik bilan foydalanish asosan ijro hokimiyati faoliyatining mazmuniga bog‘liq. Binobarin, shu ma’noda xuddi soliqlarni vazifalari kabi soliqqa tortish tizimi ham har bir davlatda o‘ziga xos tarzda amal qilishi va tashkil etilishi mumkin.
Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, davlat qonunchiligi bilan belgilangan va uning maxsus idoralari tomonidan undiriladigan soliqlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuiga soliqqa tortish tizimi deb ataladi.
Soliqqa tortish tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblangan soliq elementlari soliqqa tortishda ifodalanadigan tushunchalar bo‘lib, ular soliq to‘lovchilar va soliqni undiruvchi o‘rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarda namoyon bo‘ladi.
Soliq nazariyasida soliqqa oid munosabatlarni to‘liq va teranroq anglash uchun iqtisodiy voqe’liklarni har bir kichik guruhlarini muayyan nomdagi iboralar bilan izohlanadi. Soliq elementlari ham xuddi shunday soliqqa oid iqtisodiy hodisalarni izohlashga xizmat qiluvchi yaxlit tushunchadir. Soliq elementlari tushunchasi soliqqa tortish tizimini muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uning o‘zi ham kichik tizimni tashkil etadi, ya’ni xulosa qilib aytganda soliq elementlari ham bir necha iqtisodiy kategoriyalarni yaxlit holdagi harakatini bildiradi.



Download 58.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling