1. Ona qornida rivojlanish davri. Ushbu davr, xomila ovqatlanish, nafas olish, harorati va boshqa omillari masalalarida ona organizmi bilan to’liq bog’liqdir. Bu davrda xomilaning o’sishi va rivojlanishi tez sodir bo’ladi.
2. Yangi tug’ilgan davri. Bu davr 2-3 xaftani tashkil qiladi. Ushbu davr tug’ilish momentidan boshlanib, to 2,5- 3,5 xaftagacha davom etadi va organizmni tashqi muxit sharoitiga moslashuvi bilan tavsiflanadi. Yangi tg’ilgan bolada ilk bor o’pka orqali nafas olish sodir bo’ladi va o’pkada qon aylanish funktsiyasi boshlanadi. Ona organizmi orqali ovqatlanish o’rniga bolaning shaxsiy ovqat hazm qilish trakti funktsiyasi orqali ovqatlanishi amalga oshadi, analizatorlar ham organizm faoliyatida faol ishtirok etadi. Ushbu davrda xomilani oziqlanishini taminlaydigan tizimning uzilib tushishi va kindik yarasini tuzalishi sodir bo’ladi, tana og’irligini oldin kamayishi so’ngra esa tiklanishi va ortishi boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |