3. Chaqaloklik davri. Bu davr bir yilgacha davom etadi. Ushbu davrda tana uzunligi 1,5 barobar kattalashadi va o’rtacha 75 sm ga etadi, og’irligi uch barobar ortiradi va 11-12 kg atrofida bo’ladi, asosiy almashinuv ortadi, endokrin bezlar funktsiyasi tezlashadi, nutqni harakatlantiruvchi analizatorlari ancha rivojlanib bola gapirishni boshlaydi, lekin so’z boyligi kam bo’ladi, yani atagi 10 tacha so’zni tashkil qiladi.
4. Yasli yosh davri. Bu davrda 1 yohdan to 3 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda o’sish va tana og’irligini ortishi birmuncha pasayadi, lekin bola yurish va so’z nutqi ko’nikmalariga ega bo’lishi oqibatida, ularning atrof muxit bilan muloqot qilish soxasi kengayadi. Bolada o’zini o’zga odamlardan farqlay olish qobilyati paydo bo’ladi (ismini aytib chaqirganda qaraydi, qo’lini beradi va x.k). Azolarning tuzilishi va funktsiyalari takomillashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |