Referat assimetrik shifrlash algoritimlari va ularning klasssifikatsiyalari. Farg‘ona 2023 yil


Download 287.92 Kb.
bet4/7
Sana30.04.2023
Hajmi287.92 Kb.
#1403805
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Assimetrik shiflash algoritimlari va ularning klassifikatsiyalari

Assimetrik shifrlash usullari.


Assimetrik shifrlash usullari ma’lumotlarni shifrlashda va deshifrlashda alohida alohida kalitlardan foydalanadi. Shuning uchun ularda kalitlarni taqsimlash muammosi mavjud emas.

Assimetrik shifrlash usullarining umumiy ko‘rinishi
Assimetrik shirflash algoritmlaridan foydalanib ma’lumotlarni shirflash quyidagi jarayonlardan iborat:
Kalitlar generatsiyasi. B foydalanuvchi kB maxfiy kalit asosida KB ochiq kalitni generatsiya qiladi. Ochiq kalit KB ochiq tarmoq orqali A foydalanuvchiga yoki tarmoqning boshqa foydalanuvchilariga uzatadi.
Ma’lumotlarni shirflash. Afoydalanuvchi yoki tarmoqning boshqa foydalanuvchisi KB ochiq kalitdan foydalangan holda ochiq ma’lumotni shifrlaydi va uni ochiq tarmoq orqali yuboradi.
Shifrmalumotni deshifrlash. B foydalanuvchi qabul qilingan shifrmatnni o‘zining kB maxfiy kalit bilan deshifrlaydi va ochiq matnga ega bo‘ladi. Assimetrik shifrlash usullarini yaratish mavjud bo‘lgan biror matematik muammoga asoslanadi. Hozirda quyidagi muammolarga asoslangan asimmetrik shifrlash usullarini foydalaniladi:
katta sonni ikkita tub ko‘paytuvchi shaklida ajratish (RSA algoritmi); diskret logarifmlash muammosi (El-Gamal algoritmi); elliptik egri chiziq muammosi.

RSA shifrlash algoritmi.


Diffi va Xelman kritografiya sohasida yangicha yondashishni targ‘ib qilib, ochiq kalitli kriptotizimlarning barcha talablariga javob beradigan kriptografik algoritm yaratish taklifi bilan chiqdi. Birinchilardan bo‘lib bunga javoban 1997 yil Ron Rayvets (Ron Rivest), Adi Shamir (Adi Shamir) va Len Adlmen (Len Adlmen)lar shu vaqtgacha tan olingan va amaliy keng qo‘llanib kelingan ochiq kalitli shifrlash algoritm sxemasini taklif qildi va bu algoritm ularning nomi sharafiga RSA algoritmi deb ataldi. RSA algoritmi faktorlash murakkabligiga asoslangan shifrlash algoritmi hisoblanadi. Rayvest, Shamir va Adlmen tomonidan yaratilgan sxema daraja ko‘rsatkichiga asoslangan. Ochiq matn bloklarga ajratilib shifrlanadi, har bir blok ba’zi berilgan n sonidan kichik bo‘lgan ikkilik qiymatga ega bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki blok uzunligi 𝑙𝑜𝑔2(𝑛)dan kichik yoki tengbo‘lishi kerak. Umuman olganda amaliyotda blok uzunligi 2𝑘ga teng deb olinadi, bu yerda 2 𝑘<𝑛 ≤ 2 𝑘+1 Ochiq matn M bloki va shifrlangan matn C bloki uchun shifrlash va deshifrlash quyidagi formula bilan hisoblash mumkin.
𝑀 = 𝑀 𝑒 𝑚𝑜𝑑𝑛,
𝑀 = 𝐶 𝑑𝑚𝑜𝑑𝑛 = (𝑀𝑒)𝑑𝑚𝑜𝑑𝑛 = 𝑀𝑒 𝑑𝑚𝑜𝑑𝑛.
Jo‘natuvchi ham, qabul qiluvqi ham n ni qiymatini bilishi kerak. Jo‘natuvchi e ni qiymatini, qabul qiluvchi esa faqat d ni qiymatini bilishadi. Ushbu sxema ochiq kalitli shifrlash algoritmi hisoblanadi, KU={e,n}- ochiq kalit va KR={d,n}-maxfiy kalit hisoblanadi. Bu algoritm ochiq kalit yordamida shifrlanishi uchun, quyidagi talablar bajarilishi kerak.
1. Shunday e, d va n qiymatlar mavjud bo‘lish kerakki, barcha 𝑀 < 𝑛 uchun 𝑀𝑒𝑑=𝑀𝑚𝑜𝑑𝑛 tenglik o‘rinli bo‘lishi kerak.
2. Barcha 𝑀 < 𝑛 uchun 𝑀𝑒va 𝐶 ni hisoblash oson bo‘lishi kerak.
3. Amaliy jihatdan e va n ni bilmasdan turib d ni qiymatini bilish mumkin bo‘lmasligi kerak. Birinchi shartga binoan quyidagi munosabatni topish kerak
𝑀𝑒𝑑= 𝑀𝑚𝑜𝑑𝑛

Download 287.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling