Referat azizova S. I. Sirdaryo viloyati Sirdaryo stansiyasidan uzunligi28 km LI temir yo’l uchastkasi qurilishini tashkil etish loyihasini ishlab chiqish. Tayanch iboralar
Download 0.67 Mb.
|
Azizova S Diplom ishi tahrir
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2.8. Mashinalarning komplektini tanlash
JAMI: ΣVo‘=0 m3; ΣVk=32764,66m3 3.2.7. Yer massalari hajmini taqsimlash Kar’erda , zahirada va o‘ymalarda ishlov beriladigin grunt hajmlari yig‘indisiga ishchi hajm (ishchi kubatura) deyiladi. Vish.kub=Vo‘+Vr +Vk, m3 (55) bu erda : Vo‘ – o‘ymalarda ishlov beriladigan grunt hajmi. Vr – zohiralarda ishlov beriladigan grunt hajmi. Vk – karerlarda ishlov beriladigan grunt hajmi. Profil bo‘yicha hisoblangan , o‘ymalarda ishlov beriladigan va ko‘tarmalarga ishlov beriladigan umumiy grunt hajmi yigindisi profil hajmi deyiladi. V pr=Vo‘+Vk m3 (56) V pr=0+32764.66=32764.66 m3 bu erda: Vo‘ – o‘ymalarda ishlov beriladigan grunt hajmi, Vo‘=0 m3 Vk – ko‘tarmalarga tashlanadigan grunt hajmi, Vk=32764.66m3 Yer massalarini taqsimlaganda ishchi kubaturalar hajmlarini qisqartirish maksadida o‘ymadagi grunt hajmlariga ishlov berishda , uni maksimal ko‘tarmalarda foydalanish tavsiya etiladi. O‘ymalarda grunt hajmlari , ko‘tarma grunt hajmlariga etmasa yoki uning iktisodiy ko‘rsatkichi bo‘yicha tug‘ri kelmasa, ko‘tarma uchun gruntlar kar’erdan yoki zahiradan olinadi. Yer massalarini taqsimlash darajasi grafik usulda bajariladi. Unda yer ishlari bajariladigan uchastkalar chegarasi ko‘rsatiladi. Zahiradan ko‘tarma uchun gruntni ko‘ndalang profil bo‘ylab tashish o‘rtacha mosofasi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi. L o‘rt =25Hurt+25m. (57) bu yerda: Ho‘rt - o‘yma yoki ko‘tarma uchastkaning o‘rtacha ishchi otmetkasi u quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: Ho‘rt = - v±√v²+4m 0V/l 2 m 0 (58) bu yerda: m 0- kiyalik nishabligi 1.5 ga teng. L - ko‘tarma uzunligi, m V – ko‘tarma hajmi, har bir uchastka uchun aniqlanadi, m3 Lo‘rt–qiymati har bir uchastka uchun karerdan ko‘tarmagacha, o‘ymadan xandakgacha grafikdan aniqlanadi. Bajariladigan uchastkalar chegarasi , yer ishlar hajmi va gruntlarni tashish o‘rtacha masofalari grafik usulda aniqlanib ularning hisoboti 15- jadvalda keltirilgan. Bitta uchastkada yer ishlarini ishlab chiqish uchun ikki variant belgilash lozim. 15-jadval. Uchastkalarda yetakchi yer qazish mashinalarini tanlash.
3.2.8. Mashinalarning komplektini tanlash Yer qazish mashinalarini tanlashda gruntlarni tashish uzoqligi asosiy faktorlardan biri bo‘lib, grunlarni bo‘ylama tashishda quyidagi ifoda orqali aniqlanadi. Lb = lo + lr + lm , m (59) bunda; lo – o‘yma va ko‘tarmaning massa markazlari orasidagi masofa, m lr – transport vositalarini burilishiga berilgan masofa, lr = 50 ÷100m. tashkil etadi. lm - manevrlarga berilgan masofa, lm= 50 ÷ 100m. tashkil etadi. Zahiradan ko‘tarma yoki o‘ymadan kavalerga ko‘ndalang tashish masofa quyidagi ifoda orqali aniqlanadi. , m (60) bu erda; Lo‘r – kavaler o‘qidan o‘yma o‘qigacha o‘rtacha masofa, m No‘rt – o‘ymadagi o‘rtacha ishchi otmetkasi, m m - o‘ymaning qiyaligi, 1:1,5 l1 - o‘ymaning pastki eni, m n - kavaler yoki zahiraning qiyaligi, hr - kavaler yoki zahiraning qiyaligi, m v1 - kavaler yoki zohiraning eni, m Ko‘tarma o‘qi va zaxira o‘qi o‘rtasidagi o‘rtacha masofa Lo‘rt quyidagi ifoda bo‘yicha m larda aniqlanadi. (61) Skreper bilan ishlashda gruntni ko‘ndalang tashish masofasini hosil qilish uchun yo‘lning yarim summasini aniqlash kerak bo‘ladi: grunt ortish, yuk bilan harakatlanish, gruntni to‘kish va bo‘sh qaytish, ya’ni bir sikl davomidagi butun yo‘lning yarmini; bunda chiqish va tushish joylarini qurish hisobiga gruntni tashish masofasining ortishini ham hisobga olish kerak. Grunt bir vaqtning o‘zida ham bo‘ylama, ham ko‘ndalang yo‘nalishda tashilgan holda (avtosamosvallar, skreperlar bilan ellipssimon yoki “sakkizlik” bo‘ylab), kavalerning ko‘ndalang kesimi maydoni quyidagi ifoda bo‘yicha m2 larda aniqlanadi. (62) bu yerda: V – mazkur uchastkada o‘ymadan kavalerga yotqizilayotgan grunt hajmi, m3; L– uchastka uzunligi, m. Bo‘ylama Lo‘r va ko‘ndalang Lo‘r=5000m grunt tashish masofalari ishchi otmetkalari (N) va yer ishlari hajmlari e’tiborga olinib [8] ga asoslangan holda yaratilgan uchastkalardan etakchi mashinalar tanlanadi. Yer qazish – transport mashinalarining ekspluatatsiya soatlar va smena ish unumdorligi ENiR dan foydalanib, quyidagi ifodalar bo‘yicha aniqlashga yo‘l qo‘yiladi: (63) (64) bu erda: E – ishlarning o‘lchov birligi, [6] ga asoslangan holda tegishli ish turlari uchun qabul qilingan, m3 yoki m2; t – ish smenasi davomiyligi, t = 8 s; Hvat – o‘lchov birligi uchun vat me’yori, mash.-soat. Yetakchi mashinalarning asosiy yer ishlarida ishlash muddati (Tas) vazifa bo‘yicha direktiv muddatdan (Tdir) kelib chiqib, tayyorlov (Ttay) hamda ishlov berish (tugallash) (Tishl) ishlari davomiyligini ayirib tashlab mazkur ifodaga binoan topiladi: , kun (65) , kun hisob-kitoblarni har bir ishchi uchastkasi uchun quyidagi tartibda olib borish tavsiya etiladi: 1) majmuadagi etakchi mashinaning smenadagi ekspluatatsion ish unumdorligi aniqlanadi Psm; 2) bir etakchi mashinaning ish smenalari soni belgilanadi R; 3) ish bir, ikki yoki uch smenada bajarilishi sharoitidan bir etakchi mashinaning ish muddati aniqlanadi T; agar ikki yoki uch smenada ishlashda TTas dan katta ekanligi aniqlansa, bu holda majmuadagi etakchi mashinalar soni N aniqlanadi. hisob-kitob quyidagi ifodalar bo‘yicha bajariladi. (66) bu erda: V – uchastkadagi er ishlari hajmi, m3; Pek.sm – etakchi mashinaning bir smenada ekspluatatsion ish unumdorligi, m3 /smena. T - uchastkada ishlar davomiyligi, kun n – bir sutka davomida ish smenalari soni, n=2smena Uchastkalarda etakchi mashinalar soni va ishlarning davomiyligi quyidagiga teng: I uchastkalar uchun EO-5122 markali ekskovator cho‘mich hajmi q =0.65 m3, qabul qilindi. (67) Qabul qilamiz Pek.sm= 476 m3 /smena N = 9609/(476*18*2) = 0,56 ≈ 2 mash. T1= 9609/( 476*2*1) = 10.2 ≈ 11 ish kuni II- III uchastka uchun DZ-115 markali o‘zi yurar skreper cho‘mich hajmi q = 8 m3, qabul qilindi. Qabul qilamiz.Pek.sm= 229 m3 /smena N = 23155.55/(229*18*2)=2.81 ≈ 3 mash . T2= 11332 /(229*3*2)=8.25 ≈ 9 ish kuni T3= 11823.55 /(229*3*2)=8.61 ≈ 9 ish kuni [16] ga asoslangan holda uchastkalar uchun mashinalar komplektini tanlab, 16- jadval shaklida keltirilgan. 16-jadval. Mashinalar komplekti.
Har bir variant bo‘yicha 17-jadval shaklida hisob-kitoblar bajariladi. Bunda barcha ish turlari texnologiya talablariga binoan hisobga olinadi, o‘ymadagi gruntga ishlov berish, ko‘tarmaga tashish, gruntni tekislash, uni qatlam-qatlam zichlash va h.k. har bir variant bo‘yicha umumiy bevosita xarajatlar – qiymat S va mehnat sarfi Ksm aniqlanadi. 17-jadval. Uchastkadagi yer polotnosini ko‘tarishda asosiy er ishlarini bajarish qiymati va mehnat talabligi
Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling