Referat azizova S. I. Sirdaryo viloyati Sirdaryo stansiyasidan uzunligi28 km LI temir yo’l uchastkasi qurilishini tashkil etish loyihasini ishlab chiqish. Tayanch iboralar
Download 0.67 Mb.
|
Azizova S Diplom ishi tahrir
REFERAT Azizova S.I. Sirdaryo viloyati Sirdaryo stansiyasidan uzunligi28 km li temir yo’l uchastkasi qurilishini tashkil etish loyihasini ishlab chiqish. Tayanch iboralar: Grunt,er polotnosi , vaqtincha turar joy, ballast kar’eri buldozer, skreper, ekskavator, avtosamasval, ish unumdorlik, kalendar grafik, tarmoqli grafik 84 bet, 12 ta rasm, 23 ta jadval, 28 ta adabiyot, 5 ta chizma Qurilish maydonini tayyorlash, vaqtinchalik turar joy, inshootlar qurilishi, vaqtinchalik avtomobil yo‘llari qurilishi, geodezik asoslar, vaxta posyolkasi, yer polotnasini barpo etish, xandak, zaxira, karyer, kavaler, sun’iy inshootlar qurilishi, yo‘l izini yotqizish, ballastlash ishlarini tashkillashtirish,ballast karyeri, binolar qurilishi, SSB tuzilishi, aloqa liniyalari tuzilishi, elektr ta’minoti, muxandislik kommunikasiyalar qurilishi, qurilish uchun resurslar. Ushbu malakaviy bitiruv ishda Sirdaryo viloyatida yangi temir yo‘l qurilishining tashkillashtirishini loyihalash aks ettirilgan. MUNDARIJA
Ilovalar Sirdaryo viloyati Sirdaryo stansiyasidan 28 kmli yangi temir yo’l uchastkasi bo’ylama profili va qurilishini tashkil etishning calendar grafigi. Yangi temir yo’l uchastkasi qurilishini tashkil etishning tarmoqli grafigi 3 kmli yangi temir yo’l uchastkasining bo’ylama profile yer ishlari hajmlar grafigi, jamlanma hajmlar egrisi va ishlarini bajarish calendar grafigi. PK3+467 dan PK5+412 gacha ekskavator komplekti yordamida ko’tarma va o’ymalarni qurishda mashinalar komplekti ishlash sxemalari PK0+00 dan PK3+467 gacha o’zi yurar skreper komplekt yordamida ko’tarma va o’ymalarni qurishda mashinalar komplekti ishlash sxemalari KIRISH 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 36- maqsadida bayon qilinganidek: Barcha transport turlarini uzviy bog‘lagan holda yagona transport tizimini rivojlantirish, yirik shaharlar o‘rtasida kunlik transport qatnovlari asosida manzilga yetib borish va qaytib kelish imkoniyatini yaratish. Toshkent shahri va xududlarda jamoat transporti tizimini takomillashtirish va uning infratuzilmasini rivojlantirish. Shaharlararo va shahar atrofi temir yo’l qatnovlari jozibadorligini oshirish. Transport va logistika xizmatlari bozori va infratuzilmasini rivojlantirish, temir yul infratuzilmasini elektrlashtirish darajasini 60 foizga yetkazish va avtomobil yullari tarmog‘ni jadal rivojlantirish. Transport soxasida tashki savdo uchun "yashil koridorlar" xamda tranzit imkoniyatlarini kengaytirish va tranzit yuk xajmini 15 million tonnaga yetkazish masalasi qo’yilgan. Mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanish davrida temir yo‘l transporti sohasida olingan bilim, bakalavr darajasida tayyorlangan mutaxassislarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalari mukammal bo‘lishi, hamda ularning temir yo‘l transporti ishlashida faol ishtiroklarini ta’minlashi lozim. Temir yo‘llar qurilishi – bu yuk va yo‘lovchilarni tashishga hizmat ko‘rsatish uchun temir yo‘llar va magistral yo‘llar, yo‘llarni texnik ta’minlash uchun inshootlar, temir yo‘l transporti ishchilari uchun madaniy – maishiy ob’ektlar yaratilishini o‘z ichiga olgan murakkab jarayon. Temir yo‘l qurilishining samaradorligini ta’minlashda va temir yo‘l qurilishini rastional tashkillashtirish kabi muhim masalalarni bilish maqsadga muvofiq. Qurilish - mamlakatimiz xalq xo'jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo'lib, u asosiy fondlarning yangilarini yaratishni, amaldagilarini esa kengaytirish va qayta tiklashni ta'minlaydi. Kapital qurilishning ishlab chiqarishni barcha tarmoqlarining rivojlanishdagi, ijtimoy mehnat umumdorligining oshirilishidagi, aholining yashash sharoitlari va moddiy farovonligini ko'tarishidagi ahamiyati o'ta muhimdir. Hozirgi vaqtda kapital qurilish sohasida kapital qo'yilmalarning samaradorligini yanada oshirish vazifasi turibdi. Bu vazifani muvaffaqiyat bilan amalga oshirish tarmoqqa ilg'or energiya va resurs tejamkor texnologiyalarni olib kirish, qurilish ishlab chiqarishida mehnat unumdorligini yanada oshirish, qurilishni tashkil qilish va boshqarishning zamonaviy yangi shakllarini va uslublarini joriy qilish bilan bevosita bog'liqdir. Umuman olganda kapital qurilish sohasida tashkil etish masalalarini uchta darajada o'rganish mumkin: 1) davlat va tarmoq darajasida; 2) qurilish-montaj tashkiloti darajasida; 3) qurilish-montaj ishlarini bajarish darajasida. “O’zbekiston temir yo'llari” AJ bugungi kundagi asosiy texnik ko'rsatkichlari quyidagicha (2018 yil 01 yanvar holatiga): • temir yo'llarning ekspluatatsion uzunligi - 4641,9 km, shu jumladan 1645,7 km elektrlashtirilgan; • asosiy yo'llarning umumiy uzunligi - 5167,8 km, undan 2082,3 km elektrlashtirilgan, shu jumladan ikkinchi yo'llar 594,1 km tashkil etadi; • stansiya yo'llarining umumiy uzunligi - 1799 km; • uloqsiz yo'llar uzunligi - 3198,75 km; • temir yo'l aksioner jamiyatiga qarashli shoxobcha yo'llarining umumiy uzunligi - 349,5 km; • ko’priklar - 1366 dona; • quvur, lotok, dyuker va akveduklar - 4918 dona. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling