3.3.3 Uchastkalarda gruntlarni zichlash texnologiyasi.
Uchastkalarda gruntlarni zichlash uchun DU-29 markali tirkamali pnevmog‘ildirakli katok mashinasi tanlangan. Gruntlarni zichlash texnologiyasi barcha katoklarda bir hil. Agar katok ko‘tarma ustida burilishi imkoniyatiga ega bo‘lsa uzunligi 200m bo‘yicha harakatlanadi.
DU-29 markali tirkamali pnevmog‘ildirakli katoklarning ko‘tarmadan tashqarida aylanma harakati sxemasi 15- rasmda keltirilgan
10- rasm. DU-29 markali tirkamali pnevmog‘ildirakli katoklarning ko‘tarmadan tashqarida aylanma harakati sxemasi.
Temir yo‘l ko‘tarmasi uchun zichlash koeffitsienti yo‘l kategoriyasiga bog‘liq bo‘lib 0,98-1,0 gacha o‘zgaradi. Ko‘tarmaga yotqizilgan grunt namligi optimal namlikka yaqin bo‘lishi kerak, shundagina zichlash samaradorligi oshadi. Agar grunt tabiiy namligi 0,9 WO qum uchun 0,04 dan kam bo‘lsa grunt qo‘shimcha namlanishi kerak. Zichlash vaqtida gruntni optimal namlikdan 10% dan ayrim hollarla – 20% gacha og‘ishi ruxsat etiladi.
Gruntni buldozer bilan tekislash vaqtida zichlash koeffitsienti 0.85, avtosamosvallar harakatida 0.85-0.90, skreperlar harakatida 0.90-0.92 gacha etishi mumkin. Me’yoriy zichlash koeffitsientiga -0.98 zichlash mashinalari yordamida birnecha marta harakatlanish kerak.
3.4.Pardozlash ishlarini bajarish texnologiyasi va mexanizatsiyasi
3.4.1 Pardozlash ishlarini tarkibi va ketma-ketligi.
Yer polotnasini asosiy maydonini tekislash va oqizg‘ich prizmasini kesish ishlari:
Ko‘tarmalarda yer polotnasining qiyaliklarini tekislashdan avval asosiy maydon tekislanadi.
O‘ymalarda esa qiyaliklarini tekislagandan keyin asosiy maydon tekislanadi.
Asosiy maydon tekislashda aniqlik darajasi + 5sm bo‘ladi. Bu ishlar avtogreyder DZ-14 yordamida bajariladi.
Asosiy maydon uchastkalarga ajratilib tekslanadi. Qurilayotgan yo‘l 20m li qiyaliklarga ajratilib, har qismida nivelirovka qilinadi. Yo‘l o‘qining loyiha belgisining satqiga to‘g‘irlanib, oqizg‘ich prizmaning gorizontal maydoni tekislanadi. Bu ishlardan so‘ng qiyaliklar 2-3 proxodkada qirqiladi. Oqizg‘ich prizmaning shakli nivelirovka orqali loyihadagi shakl bilan solishtiriladi.
Yer polotnasini qiyaliklarini tekislash ishlarida, ishchi belgisi ≤ 6m gacha bo‘lgan “otkosliklar” bilan jihozlangan EO-4010 markali universal ekskavator-tekislovchi yordamida bajariladi. Avval yuqori qismlari, keyin pastki qismlari tekislanadi. Qirqilgan grunt bermada tekislanadi.
Kerakli qiyalikka va tekislikka erishish uchun tekislovchi mashina bir izdan bir necha marta yurgiziladi. Katta ishchi belgilarda esa universal ekskovatorlar va draglaynlar ishlatiladi.
Ariq qozish mashinasi ETU-353 yordamida kyuvetlar qaziladi. Er polotnasi qiyaliklarini mustahkamlash uchun qiyaliklarga unumdor grunt to‘kilib, o‘tlar urug‘i sepiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |