Referat azizova S. I. Sirdaryo viloyati Sirdaryo stansiyasidan uzunligi28 km LI temir yo’l uchastkasi qurilishini tashkil etish loyihasini ishlab chiqish. Tayanch iboralar


Download 0.67 Mb.
bet23/25
Sana16.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1517253
TuriReferat
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Azizova S Diplom ishi tahrir

5.2 Atrof muhitni muhofaza qilish
Qurilishni tashkillashtirish loyihasida quyidagilar ko‘zda tutilgan: vaxta poselkalari maydonchalarining minimal o‘lchamlari, VN-199-84 talablaridan kelib chiqqan holda;

  • o‘simlik qatlami va daraxtlarni maksimal darajada saqlab qolish;

  • asosiy qurilish ishlarini namunaviy texnologiya xaritalari va sxemalari bo‘yicha tashkil etish;

  • o‘ymalar gruntlarini ko‘tarmalarda er polotnosini tiklashda maksimal darajada ishlatish;

  • tuproq tashish yo‘llaridan oqilona foydalanish;

  • avtomatika va aloqa kabel liniyalarini tiklashda transheyasiz kabel yotqizgichlarni qo‘llash;

  • poseloklar hududidan o‘tgan avtomobil yo‘llaridan grunt tashish maqsadida tunda foydalanishni cheklash;

  • aholi punktlari hududida tunggi paytda gruntni zichlash ishlarini to‘xtatish;

  • avtotransport harakatlanadigan zonani otvod polosasi bilan cheklab qo‘yish;

  • trassa oldi karerlari maydonlarini qayta kultivatsiyalash.

Transport vositalari, qurilish mashina va mexanizmlarini yuvish maydonchalari, suvni tindirish va tozalash moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi shart.
Qurilish davrida suv ta’minotining izdan chiqishi holatlari uchun suvni nasoslar yordamida haydash ko‘zda tutilgan.
Atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunga rioya qilinishi ustidan ob’ektdagi barcha qurilish ishlari rahbarlari nazorat qiladilar.
Qurilish tugaganidan so‘ng qurilish chiqindilari olib chiqib ketiladi.


QURILISH-MONTAJ ISHLARI SIFATINI TA’MINLASH
Qurilish-montaj ishlari sifatini instrumentlar yordamida nazorat qilish usullari
Qurilish-montaj ishlari sifati nazorati “qurilish-montaj ishlari bajarilish sifatining operatsion nazoratini amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar”ga muvofiq amalga oshirish tavsiya etiladi.
Yer polotnosini tiklashda sifat nazorati “Tuproqli inshootlar, asoslar va poydevorlar” QMQ 3.02.01-97 va “Temir bilan bog‘liq ishlab chiqarishlar va ishlarni qabul qilish” QMQ 3.03.01-96 ga muvofiq amalga oshiriladi.
Geotexnik nazorat qurilish tashkiloti tomonidan er ishlarini amalga oshirish davrida, er polotnosini tiklash loyiha texnologiyasiga rioya qilish, ko‘tarmadagi grunt zichligi va sifatini laboratoriya sinovlari va tahlilini o‘tkazish bilan bajariladi.
Yer polotnosi yuqori qismi va otkoslarini rejalashtirishni boshlash uchun chekka qismlar, otkoslar qiyaligi belgilarining to‘g‘riligi, shuningdek asosiy maydoncha enining loyihaga muvofiqligini nivelirlash va tegishli o‘lchashlar yordamida tekshiriladi. Bir vaqtning o‘zida ko‘ndalang profil o‘qi va asosiy nuqtalarining instrumentlar yordamidagi uzil-kesil belgilash bajariladi.
Ko‘tarmalar va o‘ymalarni qabul qilishda quyidagilarning loyihaga muvofiqligi nazorat qilinadi:
1. Trassaning rejada va profilda joylashishi hamda inshootlarning geometrik o‘lchamlari;
2. Chekkalar va tubining belgilari, zovurlar va boshqa suv ketkazish moslamalari bo‘ylama, ko‘ndalang o‘lchamlari va yotiqligi;
3. Grunt qiyaligi va mustahkamligi, zahiralar, bermalar, tepa usti zovurlari joylashishi va jihozlanishi;
4. Yashirin ish dalolatnomlari, shuningdek ko‘tarma, shu jumladan qish sharoitida tiklanadigan ko‘tarma sifatiga qo‘yiladigan loyiha talablariga rioya qilinganligini belgilaydigan dalolatnomalar.
5. Yotqizilgan yo‘lning koleya eni, iz oralig‘i o‘lchami, reja bo‘yicha yo‘nalishi, rels qiyaligi nazorati ruletkalar, yo‘l shablonlari, yo‘l o‘lchash aravachalari va vagonlar yordamida bajarilib, shuningdek rels izlarining reja va profil bo‘yicha holati nazorati geodezik asboblar bilan amalga oshiriladi.
6. Konstruktiv elementlar o‘lchamlari va holatidagi chetlashishlar QMQ 3.06.01-96 da ko‘rsatilgan qiymatlardan oshmasligi lozim.
7. Ko‘priklar qurilishida bosh pudratchilar tomonidan bajariladigan geodeziya rejalash va nazorat-o‘lchash ishlarining to‘liq majmuini sinchiklab bajarish talab etiladi.
8.Ko‘priklar va quvurlar qurilishidagi montaj ishlari konstruksiyalarning barcha uzellari qotirilib, ulanma ichidagi beton loyiha bo‘yicha mustahkamlikka ega bo‘lganidan so‘nggina qabul qilinadi.
9. Qabul qilish jarayonida ulanmalar va choklarning barcha konstruktiv elementlarining joyidagi tekshiruvini amalga oshirib, nazorat o‘lchashlari va laboratoriya sinovlari o‘tkaziladi.
10.Po‘lat konstruksiyalar elementlari faqat tayanch konstruksiyalarning rejadagi belgilari va holatlari asbob-uskunalar yordamida tekshirilib, shu bilan birga montaj qilinayotgan konstruksiyalarning loyihadagi belgilab beradigan belgilash ishlari bajarilganidan so‘ng montaj qilinadi.
11. Qurilish konstruksiyalari, inshootlar va uskunalar himoya qoplamalari sifati yuzalarni tayyorlash ishlari bo‘yicha oraliq ko‘zdan kechirish orqali tekshiriladi.
12. Tugallangan zanglashga qarshi qoplamalar ushbu qoplama yaxlitligi va uning himoyalanayotgan yuza bilan yaxshi tutashganligini tekshirish bilan qabul qilinadi.
13. Binolar va inshootlar qurilish konstruksiyalari montaji jarayonida konstruksiyalar amaldagi holatining loyihadagi holatiga muvofiqligi muntazam tarzda geodeziya nazoratidan o‘tkazilishi shart.
14. Beton va temir-beton konstruksiyalarni montaj qilishdagi chegaraviy chetlashishlar QMQ 3.03.01-98 da keltirilgan qiymatlardan oshmasligi kerak. Qoplama plitalari tayanish maydonchalari tekis va tepa yuzalari tekislangan bo‘lishi shart.
15. Montaj ishlari konstruksiyaning barcha uzellari bo‘yicha bajarilgan mahkamlash asbob-uskunalar yordamida nazorat qilinganidan so‘ng qabul qilinadi.
16. Muhandislik tarmoqlari qurilishi bo‘yicha ishlarni boshlashdan avval trassa rejalashtirilib, u bo‘ylab doimiy reperlar bilan nivelir yo‘llari orqali bog‘liq bo‘lgan vaqtinchalik reperlar o‘rnatiladi.
17. Suv ta’minoti va oqova suv quvurlari buzilmagan tuzilmaning tabiiy gruntiga shunday joylashtiriladiki, bunda quvur butun uzunligi bo‘ylab asosga mahkam yopishib tursin. Quvurlarni yotqizishdan oldin transheyaning loyihaga muvofiqligi tekshiriladi.
18. Suv ta’minoti va oqova suv bosimsiz o‘tkazgich quvurlari uchastkalarining tekisligi loyiha ko‘rsatmlari hamda GOST 9.014-78 talablariga muvofiq bajariladi.
Yer polotnosini qabul qilishda loyiha o‘lchamlaridan ruhsat etilgan chetlanishlar 21-jadvalda ko‘rsatilgan o‘lchamlardan oshmasligi kerak.
21-jadval. Yer polotnosini qabul qilishda ruhsat etilgan chetlanishlar o‘lchamlari


t.r.

Uchastkada chetlanishlarni o‘lchash joylari

Ruhsat etilgan chetlanishlar o‘lchamlari

Nazorat
tartibi

1

2

3

4

1

Er polotnosining o‘qi va chetki belgilarining chetlanishlari.

±5

Bo‘ylama nivelirlash

2

Er polotnosining toroyishi ( o‘q yo‘lida chetigacha masofa kamayishi).

Ruhsat etilmaydi

Har bir 50m da o‘lchashlar

3

Prizma yuqorisi kengligining chetlanishlari.

+10

Har bir 50m da o‘lchashlar

4

Er polotno nishabligi egriligining ortishi.

Ruhsat etilmaydi

Har bir 50m da o‘lchashlar

5

Kyuvetlarning ko‘ndalang o‘lchamlarining kamayishi.

Ruhsat etilmaydi.

Har bir 50m da o‘lchashlar

6

Zovurlar tubi kyuvetlar va drenajlarining loyihadagi bo‘ylama og‘ishdan chetlanishlar

0,0005.


Har bir 50m da bo‘ylama nivelirlash.

7

Zovurlar, kyuvetlar va drenajlar tubining og‘ishlarining kamayishi.

Ruhsat etilmaydi.

Har bir 50m da bo‘ylama nivelirlash.

Ko‘tarmalarda kam solishlar va tuproq ko‘tarmaning asosiy maydonchasi bo‘yicha chuqurchalarda 5sm gacha ortiqchalik yo‘lni ballastlashda ballast qatlami hisobga olinadi.



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling