Referat bajardi: 4-bosqich 402-gurux talabasi Madaminov Atabek
Download 1.63 Mb.
|
Atabek
Kam moyli uzgichlar. Kam moyli uzgichlar hamma kuchlanishdagi yopiq va ochiq taqsimlovchi qurilmalarida keng qo‘llaniladi. Bu uzgichlarda moy asosan yoyni so‘ndiruvchi sifatida ishlatilib, faqat ajratilgan kontaktlar orasida qisman izolyasiya muhiti bo‘lib xizmat qiladi. Tok o‘tkazuvchi qismlari bir-biridan va yerga tutashtirilgan qismlardan chinni yoki boshqa qattiq izolyasiyalovchi materillar yordamida izolyasiyalanadi. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli kam moyli uzgichlar chinni korpusga ega bo‘ladi. 6-10 kV kuchlanishli osma tipdagi uzgichlar keng tarqalgan. Bu uzgichlarda uchala qutblar uchun korpus chinni izolyatorlarda umumiy ramaga mahkamlanadi. Har bir qutbda kontaktlarning bitta uzilishi va yoy so‘ndiruvchi kamera nazarda tutiladi.
8.20,a-rasmda VMG-10 tipdagi kam moyli uzgichning konstruktiv sxemasi ko‘rsatilgan. 8.20,b-rasmda esa VMP tipdagi kam moyli osma uzgichninng konstruktiv sxemasi tasvirlangan. Katta nominal toklarda bir juft kontaktlar (ular ishchi va yoy so‘ndiruvchi vazifasini bajaradi) bilan kifoyalanish qiyin, shuning uchun uzgichning tashqarisiga ham kontaktlar, metall bak ichiga esa yoy so‘ndiruvchi kontaktlar o‘rnatiladi (8.20,v-rasm). Uziladigan tok katta bo‘lganda har bir qutbga ikkitadan yoy so‘ndiruvchi uzilish joyi mavjud bo‘ladi (8.20,g-rasm). SHu sxema asosida MGG va MG seriyadagi 20 kV va undan kichik kuchlanishli uzgichlar ishlab chiqariladi. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli uzgichlarning korpusi chinnidan tayyorlanadi (8.20,drasm). 35, 110 kV uzgichlarda har bir qutbga bitta uzilish bo‘lib, katta kuchlanishlarda ikki va undan ortiq uzilish bo‘ladi. Kam moyli uzgichlarning afzalliklari: talab etiluchi moy miqdorining kamligi; massasi va gabaritining kichikligi; yoy so‘ndiruvchi kontaktlarga borishning moyli bakli uzgichlardagiga nisbatan ancha qulayligi; unifikatsiyalangan tugunlarni ishlatish orqali turli kuchlanishlarga uzgichlarni turli seriyalarini yaratish imkonining mavjudligi. Kam moyli uzgichlarning kamchiliklari: portlash va yong‘in xavfining mavjudligi (bakli uzgichlardagiga nisbatan ancha kam bo‘lishiga qaramasdan); tez ta’sir etuvchi AQU ni amalga oshirish mumkin emasligi; moyni davriy tarzda nazorat qilib, kamini quyib to‘ldirib turish va yoy so‘ndiruvchi baklardagi moyni nisbatan tez-tez almashtirib turish zarurligi; o‘rnatiluvchi tok transformatorlarini joylashtirishning noqulayligi; uzish qobiliyatining nisbatan pastligi. 8.20-rasm. Kam moyli uzgichlarning konstruktiv sxemalari: a) – VMG-10 tipdagi kam moyli uzgichning konstruktiv sxemasi; b) – VMP tipdagi kam moyli osma uzgichninng konst-ruktiv sxemasi; v) – metal bak ichida yoy sundiruvchi kontaktlarning joylashishi; g) – ikkita yoy sundiruvchi kamerali; d) – korpusi chini konstruksiyali; 1 – qo‘zg‘aluvchan kontak; 2 – yoy sundiruvchi kamera; 3 – qo‘zg‘almas kontakt; 4 – ishchi kontaktlar. Kam moyli uzgichlarning qo‘llanilish sohasi – 6, 10, 20, 35 va 110 kV kuchlanishli stansiya va podstansiyalarning yopiq taqsimlash qurilmalari; 6, 10, va 35 kV kuchlanishli komplekt taqsimlash qurilmalari; 35 va 110 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmalari. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling