Referat bajardi: guruh talabasi Qabul qildi: farg’ona 2021
Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so'zlar
Download 46.43 Kb.
|
Abdijobborov G\'ayratjon Refarat ishi 1
Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so'zlar
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma'lum soha doirasiga, ma'lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko'rinishi nutq uslubi hisoblanadi. Soʻzlar ma'lun nutq uslubiga xoslanish xoslanmaslik belgisiga ko'ra uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf soʻzlarga bo'linadi. Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo'llanadigan so'zlar uslubiy xoslangan soʻzlar, bunday xususiyatga ega bo'lmagan soʻzlar uslubiy xoslanmagan yoki betaraf soʻzlar deyiladi. Tovush, urg'u bo'g'in, undalma, morfema, omonim, sinonim, uslubiyarkabi qator so'zlar uslubiy xoslangan soʻzlardir. Chunki bu so'zlar asosan tilshunoslik fani doirasida qo'llaniladi. Osmon, xalg, bayram, o'quvchi, dars, tushlik, salomatlik, odam kabi so'zlar barcha nutq uslublari doirasida birdek qo'llanish imkoniga egaligi sababli uslubiy betaraf so'zlar qatoriga kiradi So'zlashuv uslubi va uning xususiyatlari. Shevaga xos so'zlar. Oilada, ko'cha-ko'yda kishilarning fikr almashish jarayonoda qoʻllanadigan nutq uslubi soʻzlashuv uslubi deyiladi. So'zlashuv uslubiy adabiy va oddiy so'zlashuv uslublarini o'z ichiga oladi. Adabiy til me'yorlariga qat'iy amal qilingan so'zlashuv uslubi adabiy so'zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega bo'lmagan so'zlashuv uslubi esa oddiy soʻzlashuv uslubidir. So'zlashuv uslubining har ikki turi ko'pincha dialog shaklida ro'yobga chiqadi. Bu uslubda so'zlar odatda kinoya, piching, qochirmalarga boy bo'ladi. Soʻzlashuv uslubining yana bir o'ziga xos xususiyati erkinligidir. Jumlalar qisqa va ta'sirli bo'lib, ko'pincha so'z- daplar, to'liqsiz gaplar, maqol va matallar hamda iboralardan keng foydalaniladi. Umumxalq tili ma'lum bir xalqning so'zlashuv tilidir. Adabiy tilesa ma'lum bir til qoidalari asosida tuzilgan, ishlangan, sayqal berilgan tildir. Umumxalq tili kengroq hajmda bo'lib, u sheva va lahjalar, kasb-hunarga oid soʻzlar, atamalar, jargonlar, ma'lum toifa (biror ijtimoiy guruh) ga oid so'zlarni ham o'z ichiga oladi. Bu xil tilda nutq erkin bo'lib, til qoidalariga asoslanilmaydi. Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o'zida namoyon qilgan til shakli sheva hisoblanadi. Bir qancha shevalar yig'indisi lahja deyiladi. Sheva va lahjalar ma'lum bir hududda yashovchi aholining mahalliy so'zlashuv tilidir (masalan, Toshkent shevasi, Farg'ona shevasi kabi). Me'yor tushunchasi Nutq madaniyati to'g'risida gap borar ekan, tabiiyki, nutqda so'zlarning o'rinli va oʻrinsiz ishlatilishi to'g'risida ham bahs boradi. Qo'llangan til birligini to'g'ri yoki noto'g'ri deyilganda, albatta, ma'lum bir o'lchov (mezon) ga asoslanishimiz tayin. Mana shu o'lchov (mezon) tilshunoslikda adabiy til me'yori deb yuritiladi. Har bir lahjaning, soʻzlashuv tilining, adabiy tilning o'z me'yorlari boʻlganidek, nutqning alohida ko'rinishlari boʻlgan argolar, jargonlar ham o'z me'yoriga ega. Xususiy me'yorlar quyidagicha ko'rsatiladi: 1. Dialektal me'yor. 2. Soʻzlashuv nutqi me'yori. 3. Argolar, jargonlar me'yori. 4. Adabiy til me'yori (adabiy me'yor). Adabiy me'yor. Ma'lum bir hududda tarqalgan uzus imkoniyatlari oʻsha hududda yashovchi aholi uchun istisnosiz tushunarli bo'ladi, ya'ni aloqani yengil amalga oshirishga imkon beradi. Bu- tilning o'zi me'yordan iboratligini ko'rsatadi. Me'yor -- tilning yashash shaklidir. Adabiy me'yor uzusga asoslanadi, undan olinadi. Adabiy me'yor adabiy til bilan birga tug'iladi, badiiy adabiyotning, xalq madaniyatining taraqqiyoti bilan rivojlanib, oʻz qonun-qoidalarini mustahkamlab boradi. Adabiy me'yor uzusdan olinganligi sababli hamma uchun tushunarli bo'ladi. Shuning uchun jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyat a'zolarini uyushtirishda, katta vazifalarga otlantirishda adabiy til, uning me'yorlari jamiyat uchun nihoyatda zarurdir. Oʻzbek adabiy tili me'yorlari ilmiy asarlarda quyidagicha tasnif qilinadi: 1. Leksik-semantik me'yor. 2. Talaffuz-orfoepik) me'yor. 3. Yozuv (grafika) me'yori. 4. Fonetik me'yor. 5. Aksentologik (urg'uni to'g'ri qo'llash) me'yor. 6. Grammatik (morfologik va sintaktik) me'yor. 7. Soʻz yasalish me'yorlari. 8. Imloviy me'yor. Download 46.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling