Mavzu: Yozma va og‘zaki muloqot ko‘nikmasining yurist kasbiy faoliyatidagi o‘rni


Download 7.27 Kb.
Sana26.06.2023
Hajmi7.27 Kb.
#1656012
Bog'liq
Mavzu1

Mavzu: Kirish. O‘qituvchi nutq madaniyati fanining maqsadi va vazifasi.

Ma’ruzachi: Oymatova N.M.

1. Nutq madaniyati maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 2. Nutqning asosiy sifatlari nimalarda ko‘rinadi? 3. Mazkur modulning o‘qitilishida qanday maqsad ko‘zda tutiladi? 4. Nutq texnikasi

Mazkur taqdimot orqali quyidagi savollarga javob beramiz:

Nutq madaniyati fani, maqsad va vazifalari

Notiqlik san’ati og‘zaki va yozma nutqni tinglovchilarga jonli, ifodali va ta’sirli yetkazish malakasini egallashdir. Fanning maqsadi – tinglovchilarning madaniy nutq ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish, vazifasi: - notiqlik san’ati nazariyasi va tarixi; madaniy nutq, unga qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumotlar berish; nutqning asosiy sifatlari (to‘g‘riligi, aniqligi, tozaligi mantiqiyligi, ta’sirchanligi, maqsadga muvofiqligi) haqida tushuncha berish; olingan nazariy bilimlar asosida madaniy nutq malakalarini shakllantirishdan iborat.

Ushbu fanni o‘zlashtirish natijasida:

  • notiqlik san’ati va tarixi, nutq madaniyati, Sharq va G‘arb olimlari, adiblari, jamoat arboblarining bu boradagi qarashlari; adabiy til norma (me’yor) lari; madaniy nutqqa qo‘yiladigan talablarni bilish;
  • nutq uslublari va nutq madaniyati talablariga rioya etgan holda nutq tuzish; madaniy nutq ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  • olingan bilimlardan o‘z nuqtai nazarini ilmiy asoslab berish va amaliy masalalarni hal qilishda foydalana bilish malakalariga ega bo‘lish ko‘zda tutilgan.

«Notiqlik san’ati» fani hozirgi o‘zbek adabiy tilini o‘rganish bilan birga, shu adabiy til asosida vujudga keladigan barcha nutq turlari, adabiy tilga asos bo‘luvchi xalq tili shevalari ham uning ob’ektiga daxldordir. Notiqlik san’ati sohasi adabiyotshunoslik, poetika,estetika, etika, pedagogika, mantiq, ruhshunoslik, siyosatshunoslik sohalari bilan ham bog‘liq. Notiqlik va voizlik san’tiga oid asarlar, o‘zbek madaniy nutqiga asos bo‘lgan milliy adabiy meros namunalari, o‘zbek milliy hujjatchiligi hamda davlat tilida ish yuritish qonun - qoidalari majmuasi notiqlik san’ati fanining asosiy ob’ektlaridandir.

Har qanday ijtimoiy aloqa, fikrlashuv va muloqot, jumladan, barcha huquqiy munosabatlar ham til orqali namoyon bo‘ladi. Tilsiz fikrni ifodalash mumkin bo‘lmaganidek, til ham o‘z ifodasini fikrsiz shakllantira olmaydi.

2-MAVZU: ADABIY NORMA VA NUTQ MADANIYATI


Notiqlik san’ati to‘g‘risida gap borar ekan, tabiiyki, nutqda so‘zlarning o‘rinli va o‘rinsiz ishlatilishi to‘g‘risida ham bahs boradi. Qo‘llangan til birligini to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deyilganda, albatta, ma’lum bir o‘lchov (mezon) ga asoslanamiz. Mana shu o‘lchov (mezon) tilshunoslikda adabiy til me’yori deb yuritiladi.
Har bir lahjaning, so‘zlashuv tilining, adabiy tilning o‘z me’yorlari bo‘lganidek, nutqning alohida ko‘rinishlari bo‘lgan argolar, jargonlar ham o‘z me’yoriga ega. Xususiy me’yorlar quyidagicha ko‘rsatiladi:
1. Dialektal me’yor
2. So‘zlashuv nutqi me’yori.
3. Argolar, jargonlar me’yori
4. Adabiy til me’yori (adabiy me’yor).
O‘zbek adabiy tili me’yorlari ilmiy asarlarda quyidagicha tasnif qilinadi:
Leksik - semantik me’yor
Talaffuz – (orfoepik) me’yor
Yozuv (grafika) me’yori
Fonetik me’yor
Aksentologik (urg‘uni to‘g‘ri qo‘llash) me’yor
Grammatik (morfologik va sintaktik) me’yor
Uslubiy me’yor
Imloviy me’yor
Punktuatsion me’yor
So‘z yasalish me’yorlari

Og‘zaki va yozma nutq

  • Adabiy me’yorning og‘zaki va yozma ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, og‘zaki adabiy me’yorning rivojlanishiga xalq qiziqchilari, askiyachilari, latifago‘y xalq shoir - baxshilari katta hissa qo‘shsalar, yozma adabiy me’yorning shakllanishida belgilangan yozuv shakli asosida yozib qoldiriladigan yozma adabiyotning xizmati cheksizdir. Umuman olganda, adabiy til me’yorini o‘rganish yangilik emas. Til me’yori va adabiy me’yor muammo sifatida nutq madaniyati ilmiy soha deb tan olingunga qadar ham o‘rganib kelingan. Adabiy til me’yori, uning shakllanish, rivojlanish, stabillashuv qonuniyatlari notiqlik san’ati sohasining tekshirish ob’ekti hisoblanadi.

Mutaxassislar nutq madaniyatiga quyidagicha ta’rif berishadi.

  • Nutq madaniyati adabiy til rivojining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri (Praga lingvistik maktabi).
  • Nutq madaniyati (til madaniyati) – bu adabiy til me’yorlarining shakllanishi va silliqlanishiga yordamlashishdan iborat bo‘lgan faoliyat, ya’ni til rivojiga ongli aralashuvdir (Praga lingvistik maktabi).
  • Nutq madaniyati tilni, uning qonun-qoidalarini ongli idrok qilish, aniq, ravshan, ifodali nutq tuza olish mahoratidir (A.Gurevich va b.).
  • Nutq madaniyati kishilarning o‘zaro to‘liq va teran fikrlashishi, tilning barcha imkoniyat va vositalarini puxta egallashidan iboratdir (B.N.Golovin va b.).
  • Nutq madaniyati faqat to‘g‘ri nutqgina emas, balki uquvlilik hamda nutqiy chechanlik hamdir (G.O.Vinokur va b.).
  • Nutq madaniyati til vositalaridan o‘rinli foydalangan holda maqsadga muvofiq so‘zlash va yoza olish san’atidir. (A.I.Yefimov).
  • Nutq madaniyati bu, avvalo, fikrlash madaniyatidir. (D.E.Rozental va boshqalar)
  • Milliy o‘ziga xosligi bilan ham ajralib turuvchi nutq madaniy nutqdir. (M.Agafanova)

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 7.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling