Referat bajardi: mirzaakbarov samandar tekshirdi: abdullayev tursunboy andijon 2023


Download 90.26 Kb.
bet7/9
Sana25.04.2023
Hajmi90.26 Kb.
#1395990
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
nemis klassik falsafasi tabiat jamiyat va tafakkurning talqini haqida

Iogann Gotlib Fixte (1762-1814 yy.). Nemis sub'ektiv idealizmining yirik namoyondasi Kantning «narsa o'zida» haqidagi ta'limotini uloqtirib tashlab, bilish shaklining butun xilma-xilligini bir sub'ektiv idealistik ibtidodan keltirib chiqarishga uringan. Bu ibtido shundan iboratki, faylasuf qandaydir mutlaq sub'ektiv «Men»ni nazarda tutib, unga benihoya aktiv faoliyat beradi, shundan keyin u olamni yaratadi. Boshlang'ich «Men» bu o'ziga xos «Men» emas, balki ongning axloqiy faoliyatidir. Ana shu mistik boshlang'ich «Men» alohida «Men»ni keltirib chiqaradi. Uni Fixte mutlaq emas, balki cheklangan inson sub'ekti yoki empirik «Men» deb tushunadi va bunga tabiat, ya'ni empirik tabiat qarama-qarshi turadi. Fixtening fikricha, absolyut sub'ekt «Men» va tabiat, ong va narsalar bir-biri bilan uzviy bog'langan, ularning hech birini ayrim ravishda bilib bo'lmaydi. Fixte ta'limotidagi dialektik fikrlar uning ijobiy tomonini hosil qiladi.
Fridrix Vilgelm Iozef Shelling (1775-1854 yy.) Fixtening sub'ektiv
«Men»ga asoslangan falsafaga o'zining ob'ektivlik birlamchi degan fikrini qaramaqarshi qo'yadi. Shelling ob'ektiv idealizmning yangi shakli — ayniyat falsafasini yaratadi. Ob'ekt bilan sub'ektning ayniyat g'oyasi Shelling ta'limotining asosiy muammosini tashkil qiladi. Olamdagi barcha narsa va hodisalar uningcha, mutlaq ruhning ifodasidir. Materiya uningcha, ongdan tashqari mavjud bo'lgan reallik emas, balki mutlaq ruhning alohidagi holatidir. Shuning uchun materiya va ruhni bir-biriga qarama-qarshi qo'yish mumkin emas. Bilish Shelling fikricha, «Men»ning o'z-o'zini anglash deganidir. Demak, bilishning ob'ektini ong tashkil etadi va uning yordamida «Men» o'zligini anglaydi. Ruh, jon va ularning tasavvurlari o'zinint faoliyatini, o'zligini bilishga qaratilgandir.
Shelling falsafasida dialektika g'oyalari ham mavjud. Mutlaq ruh, «Men» uning fikricha, ob'ektivlik va sub'ektivlik kabi qarama-qarshiliklarning birligidan iborat. Ularning kurashi tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar harakatining manbaidir. Uningcha, sub'ektivlik va ob'ektivlik birligidan iborat bo'lgan ruh (tezis), taraqqiyot jarayonida tabiatning shakllanishiga olib keladi (antitezis) va nihoyat tabiatdan yana ob'ektivlik va sub'ektivlikning birligi bo'lgan yuqori darajadagi ruhning taraqqiyotiga olib keladi (sintez).
Metafiziklarning fikriga qarshi chiqib, u tabiat doimo harakatda, uning manbaini qarama-qarshiliklarning birligi va kurashi tashkil qiladi degan g'oyani ilgari suradi. Tabiatda hamma narsa bir-biri bilan chambarchas bog'langan, shuning uchun ham ularni bir-biridan ajratib qarash noto'g'ri. Fazo va vaqt bir-biri bilan bog'langan. Shellingning mazkur fikrlari nemis klassik falsafasining yirik namoyandasi Gegel tomonidan yanada rivojlantiriladi.
Gegel (1770-1831 yy.) falsafasi XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlaridagi nemis idealizimining cho'qqisi va nihoyasidir. Gegel to'g'risida so'z borganda uning falsafasidagi ikki tomonni — dilektik usul va metafizik konservatik tizimini farq qilmoq zarur. Agar dialektik usul o'zida «ratsional mag'zini» — taraqqiyot to'g'risidagi ta'limotida gavdalantirgan falsafa shakli bo'lsa, uning diplomatik idealistik sistemasi esa konservativ taraqqiyotning to'xtab qolishini talab etadi va shuning natijasida dilektik usulga tubdan ziddir.
Gegel ob'ektiv idealizm nuqtai nazarida turib «olam aqli», «olam ruhi», «mutlaq g'oya» bilan ifodalangan har qanday ruhiy ibtido tabiat va jamiyatdagi barcha hodisalarning asosidir, real dunyodan tabiat va jamiyatdan ilgari ruhiy ibtido, «mutlaq g'oya», Xudo mavjud bo'lgan deb hisoblaydi.


Download 90.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling