Referat bajardi: mirzaakbarov samandar tekshirdi: abdullayev tursunboy andijon 2023


Download 90.26 Kb.
bet2/9
Sana25.04.2023
Hajmi90.26 Kb.
#1395990
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
nemis klassik falsafasi tabiat jamiyat va tafakkurning talqini haqida

Anaksagor (tax. mil.avv.500-428 yy.) Klazomen shahri vakili dunyoning asosini kichik zarrachalar — gomeomeriylar tashkil qiladi, ular sifat jihatidan birbiridan farq qilib, doimiy harakatda bo'ladi, deb aytgan.
Empedokl (tax.mil.avv. 490-430 yy.,Sitsiliya orolidan). U o'zining «Tabiat to'g'risida» nomli asarida voqelikdagi barcha narsalarning asosini to'rtta unsur, ya'ni tuproq, suv, havo, olov tashkil qiladi degan g'oyani olg'a surgan. Mazkur unsurlarning bir-biri bilan qo'shilishi va ajralishining sababi ularning o'zaro tortilish va itarilishlaridadir deb hisoblaydi.
Levkipp (tax.mil.avv.500-440 yy.) dunyoning asosini mutlaq bo'shliq, atom va sababiyat tashkil etadi deb hisoblagan. Uning fikricha olamda barcha narsa va sababiy bog'liqlikda yashaydi. Hech narsa sababsiz paydo bo'lmaydi, hamma narsa ma'lum bir asosga muvofiq, qonuniy ravishda vujudga keladi.
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, Anaksagor, Empedokl va Levkipplar dunyoni materialistik nuqtai-nazardan izohlab berish bilan bir qatorda narsa va hodisalarning kelib chiqishi va rivojlanishiga dialektika nuqtai-nazaridan yondashganlar.
Qadimgi Yunonistonning eng mashhur faylasuflaridan biri Demokritdir
(mil.avv.460-370 yy.). Uning asosiy asari “Buyuk diakosmos” bizgacha saqlanib qolmagan. Demokritning nuktai-nazaricha, dunyo moddiy bo'lib, ruh, ong materiyaning mahsulidir. U Levkippning qarashlarini rivojlantirib, dunyoning asosi atomlar va bo'shliqlaridan iborat, narsa va hodisalarning rang-barangligi atomlar birikish usullarining turli-tumanligidan kelib chiqadi, deb hisoblaydi.
Demokrit materiya va harakatning ajralmasligi, harakat, fazoning ham xuddi materiya singari ob'ektiv mavjud ekanligini tan olish lozim deydi. Lekin u harakatni atomlarning bo'shliqdagi oddiy o'rin almashishi deb qaraydi. Harakatning o'zini esa atomlarning fazoda to'qnashuvi natijasida hosil bo'ladi deb hisoblaydi. Demokrit atomistik va determinizm tamoyilini o'zining kosmogonik nazariyasiga ham tatbiq etadi. Atomlar o'zlarining fazodagi tartibsiz harakatlari jarayonida bir tomondan, o'zaro to'qnashib, bir-birini parchalab boradi, ikkinchi tomondan, birbiriga qo'shilib, tuproq, suv, havo, olov va ulardan quyun shaklida harakatlantiruvchi ko'p dunyolarni vujudga keltiradi.
Demokrit tabiatdagi hamma voqea, hodisalarning doimo o'zgarib turishini zaruriyat hisoblab, tabiatdagi tasodifni tan olmas edi. Uning fikricha, narsa va hodisalar o'rtasidagi sababiyatni bilmaslik tasodifni tan olishga olib keladi. Sababiy bog'lanishlarni tekshirishni u fanlarning asosiy vazifasi deb hisoblar edi.
Demokrit ong va ruh ham atomdan iborat deb hisoblagan. Demokrit olamni bilish mumkinligini ta'kidlab, uni qorong'i va haqiqiy bilimlardan iborat deydi. U bilish jarayonida hissiyot va tafakkurning rolini ham ko'rsatib o'tadi.
Hissiy bilish orqali biz narsalarning (atomlarining qo'shilishi tufayli mavjud bo'lgan) sifat va xususiyatlarini bilsak, aqliy bilish orqali sezgilarimiz bilan bevosita sezib bo'lmaydigan hodisalarni bila olamiz. Aql yordami bilan atomlar (narsalar)ning mohiyati belgilanadi. Demokrit falsafa tarixida birinchi bo'lib bilish jarayoni in'ikos jarayoni ekanligi haqida fikrni asoslaydi. Uningcha, kishilarning besh turli sezgilari va tushunchalar narsalarning obrazidir.



Download 90.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling