Referat bajardi: Quvondiqov Furqat Moliyaviy Rejalashtirish va tartibga solish


Download 42.62 Kb.
bet5/9
Sana15.09.2023
Hajmi42.62 Kb.
#1678519
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
furqat

Moliyaviy Rejalashtirishning umumdavlat va hududiy darajalariga istiqboldagi (istiqbol uchun mо‘ljallangan) Moliyaviy Rejalar, Moliyaviy balanslar va Shuningdyek, aholi daromadlari va xarajatlari harakatining balansini ishlab chiqish va amalga oshirishlar kiradi.

Istiqboldagi (istiqbol uchun mо‘ljallangan) Moliyaviy Rejalashtirish iqtisodiy va sosial taraqqiyot hamda Moliyaviy siyosatni muvofiqlashtirishni (koordinasiya qilishni) ta’minlash, Shuningdyek ishlab chiqiladigan islohotlar, dasturlar va qonunlarning Moliyaviy oqibatlarini komplyeks tarzda bashoratlash, uzoq muddatli salbiy tyendyensiyalarni kuzatish va ularga nisbatan tyegishli choralarni о‘z vaqtida qabul qilish maqsadlarida amalga oshiriladi.

Odatda, istiqboldagi (istiqbol uchun mо‘ljallangan) Moliyaviy Rejalar navbatdagi uch yil uchun ishlab chiqilib, uning birinchi yili uchun byudjet tuziladi, navbatdagi ikki yil Reja davri hisoblanib, ular davomida e’lon qilingan iqtisodiy siyosatning haqiqiy natijalari kuzatiladi. Istiqboldagi (istiqbol uchun mо‘ljallangan) Moliyaviy Rejalar mamlakat, uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari sosial-iqtisodiy rivojlani-shining aniqlashtirilgan о‘rta muddatli bashoratining kо‘rsatkichlarini hisobga olgan holda har yili о‘zgartirilishi (korryektirovka qilinishi) mumkin. Reja davri esa, bunda yana bir yil oldinga suriladi.

Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning proporsionalligi va balansliligini ta’minlashda, pul muomalasini tartibga solishda davlatning yig’ma Moliyaviy balansi (Moliyaviy resurslar balansi) va har bir ma’muriy-hududiy tuzilmalarning daromadlar va xarajatlar balansi muhim о‘rinni egallaydi. Davlatning yig’ma Moliyaviy balansi (Moliyaviy resurslar balansi) mamlakat, uning sub’yektlari, mahalliy-hududiy tuzilmalari va ma’lum hududda faoliyat kо‘rsatayotgan barcha xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning barcha daromadlari va xarajatlarining jamidan iboratdir. U о‘tgan yilgi davlatning hisobot yig’ma Moliyaviy balansi ( hisobot Moliyaviy resurslar balansi) asosida va mamlakat sosial-iqtisodiy taraqqiyotining bashorat kо‘rsatkichlariga muvofiq ravishda tuziladi hamda ular byudjet loyihalarini ishlab chiqishda asos bо‘lib xizmat qiladi.


Download 42.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling