Referat bajardi: Tekshirdi: Reja adabiyotlar 622452 ta videodars 982 ta audiokitob 2205 ta
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Sut emizuvchilar sinfiga umumiy tavsif
Qon aylanish sistemasi
Sutemizuvchilarning yuragida arterial konus va venoz sinuslari reduksiyalangan. O’ng va chap bo’lmasi ikkiga ajralgan. Kichik qon aylanish doirasi, o’ng yurak qorinchasidan chiqib, yelka tomonga qayriladigan hamdao’ng va chap o’pkaga boradigan ikkita qon tomirlariga bo’linuvchi o’pka arteriyasidan boshlanadi. O’pkadan keluvchi o’pka venalari esa kislorodga boy qonni chap yurak bo’lmasiga quyadi. Katta qon aylanish doirasining arteriyalari. Aorta yurak qorinchasidan yo’g’on qon tomir ko’rinishida chiqadida, aortaning chap yoyi yonida chapga buriladi. So’ng umurtqa pog’onasining ventral tomoniga joylashib orqa aortaga aylanadi. Orqa aorta o’zidan ichki organlarga qon tomirlarini chiqarib, umurtqa pog’onasi bo’ylab dum tomonga qarab ingichkalashib boradi va chanoq Kamari oldida ikkita yonbosh arteriyasiga bo’linadi. Bu arteriyalar son arteriyalari deb nomlanib, orqa oyoqlarda tarmoqlanadi. Aorta yoyidan chiqadigan 1- qon tomir nomsiz arteriya deb ataladi. Odatda bu arteriya aorta yoyidan chiqishi bilan 3 ga: o’ng o’mrov osti arteriyasi, o’ng uyqu arteriysi va chap uyqu arteriyasiga shoxlanadi. O’ng o’mrov osti arteriyasi oldingi o’ng oyoqqa borsa, uyqu arteriyalari esa boshga boradi, boshqa ularning har qaysisi 2 tarmoqqa: ichki uyqu arteriyasi bilan tashqi uyqu arteriyasiga bo’linadi. Aorta yoyidan, nomsiz arteriya asosiga yaqin yerdan chap o’mrov osti arteriyasi mustaqil chiqib, oldingi chap oyyoqqa boradi. Aorta ko’krak bo’limidan o’ta turib ichak arteriyasi, oldingi ichaktutqich arteriyasi, jinsiy organlar va buyrakka boradigan arteriyalar keying ichak tutqich arteriyasini hosil qiladi. Chanoq kamariga yetgach, ikkita umumiy yonbosh arteriyasi chiqib, dumni qon bilan ta’minlovchi ingichka dum arteriyasiga aylanadi. Sut emizuvchilarning buyragi chanoqda joylashgan. Buyrak tashqi- po’stloq va ichki- yo’l-yo’l yumshoq qatlamdan iborat. Qon atomirli tugunchalarda filtirlanish jarayoni kechib, siydik yo’li kanalchalariga birlamchi siydik deb ataluvchi qon plazmasi o’tadi. Buyrak kanalchalari egiklik hosil bo’ladi. Bu yerda birlamchi siydik reabsorbsiyalanadi. Buyrakning yumshoq qismida to’g’ri to’plovchi kanalchalar bo’lib, ular buyrak jomiga ochiluvchi siydik yo’llari chiqadi. Ayirish funksiyasini qisman ter bezlari ham bajaradi. Ular orqali tuz va siydik eritmalari chiariladi. Bu yo’l bilan azot almashinuvi mahsulotlarining 3% dan ko’prog’i chiqariladi. • Erkaklarining jinsiy organlari- oval shaklidagi urug’donlar. Ko’pchilik turlarida ular avval tana bo’shlig’ida joylashib, jinsiy balog’atga yeta borishi bilan chot kanali orqali tana bo’shlig’iga birikkan yorg’oqqa chiqadi. Urug’donga uning o’qi bo’ylab cho’zilgan donador tanacha- urug’don o’sig’I qo’shiladi. Bu o’siqdan volf kanaliga gomologik bo’lgan juft urug’ yo’li chiqib, siydik chiqarish kanaliga qo’shiladi. • Sut emizuvchilarning juft tuxumdoni tana bo’shlig’ida joylashib,ichak tutqichi yordamida qorin bo’shlig’ining orqa devoriga yopishgan bo’adi. Myuller kanaliga gomolog bo’lgan juft tuxum yo’li oldingi uchi bilan tuxumdonga yaqin joyda ochiladi. Bu yerda tuxum yo;li keng voronka hosil qiladi. Tuxum yo;lining yuqorigi burilma qismi fallopiyev nayi deyiladi. Keyin kengaygan bachadon qismi, ko’p hayvonlarda toq keng vlafalishega ochiladi. Shu yerda yana siydik chiqarish kanali ham qo’shiladi. Ayirish va Jinsiy sistemasi 8-RASM. SUT EMIZUVCHILAR EMBRIONI RIVOJLANISHI 12-rasm. Ayirish va jinsiy sistemasi 9-rasm. Sut emizuvchilar Ayirish va jinsiy sistemasi Embrion rivojlanishi davrida bachadonda faqat sut emizuvchilarga xos bo’lgan bola o’rni, ya’ni yo’ldosh hosil bo’ladi. Yo’ldoshda g’ovak hosila- xorion shakllanadi. Xorion bachadon epiteliy to’qimasining g’ovak qismi bilan tutashuvchi tuklar- vorsinkalar hosil qiladi. Shu yerda bola va ona organizmining qon tomirlari chirmashadi. Shunday qilib embrion bilan ona organizmining qon aylanish sistemasi bog’lanadi. Natijada embrion tanasida gazlar almashinuvi, oziqlanish va almashinuv mahsulotlarining chiqarilishi ta’minlanadi. Yo’ldosh juda oddiy bo’lsada, xaltali hayvonlardan boshlanadi. Ularning xorionida vorsinkalar bo’lmaydi, xuddi tuxum qo’yuvchilar singari, bachadon va sariqdon qon tomirlari orasida bog’lanish bor. Xorion hamma vaqt bachadon devorlari bilan bog’liq bo’lgan vorsinkalar hosil qiladi. Ular uch xil: di uz(kitsimonlarda, tuyoqlilarda, yarim maymunlarda). bo’lakchali(aksariyat kavsh qaytaruvchilarda).diskoidal(hashorotxo’rlar, kemiruvchilar, maymunlarda) plasenta farq qilinadi. ffffffffffffffffffffffff 13-rasm. Embrion rivojlanishi Sutemizuvchilarning bosh miyasi nisbatan kata hajmda bo’lishi va murakkab rivojlanganligi bilan boshqa sinflardan farq qiladi oldingi miya yarim sharlari bosh miyaning boshqa bo’limlarini ya’ni oraliq, o’rta va uzunchoq miyalarni butunlay qoplab yaxshi rivojlangan miyacha tegib turadi. Miyacha ham uzunchoq miyani qoplab turadi. Oliy darajada rivojlangan sutemizuvchilarning bosh miya yarim sharlari va miyachasi po’stlog’i yuzasi ilon izi burmalari, ya’ni egatchalari taraqqiy etganligi bilan murakkablashadi. Primatlar turkumi vakillarida egatchalar soni ko’p bo’ladi. Egatchalar katta yarim sharlarning yuza hajmini kengaytiradi. Oraliq miyaning hajmi nisbatan kichkina bo’lib uni oldingi miya yarimsharlari to’liq qoplagani uchun yuqoridan ko’rinmaydi. Oraliq miyada unchalik kata bo’lmagan epifiz va gipofiz bezlari bo’ladi. O’rta miyaning halmi ham unchalik kata emas. O’rta miya to’rta do’nglikdan iborat . NERV SISTEMASI 14-rasm. Sut emizuvchilar nerv sistemasi Sut emizuvchilarning hidlash organlari juda yaxshi rivojlangan bo’lib, hayvon hayotida muhim rol o’ynaydi. Bu organlar yordamida ular dushmanini payqaydi, oziq topadi, bir-birini taniydi.eshitish organlari ichki o’rta va tashqi tashqi quloq yo’li, quloq suprasi kiradi. Quloq suprasi eshitishni o’tkirlashtiradi. Quloq suprasi ko’rshapalaklarda, o’rmon tuyoqlilarida va dasht itsimonlarida yaxshi ribojlangan. Kitlarda aksariyat kurakoyoqlilarda, ko’rsichqonlarda bo’lmaydi. Ko’zning rivojlanishi va ko’rish o’tkirligi albatta turmush tarziga bog’liq. Sut emizuvchilarda faqat kiprikli muskullar ta’sirida ko’z gavhari shaklining o’zgarishi natijasida akkomodatsiya ro’y beradi. Mayda kemiruvchilarda bu xususiyat yo’q. sut emizuvchilarning rangni sezish xususiyati qushlarga nisbatan kuchsiz. Butun spektrni faqat sharqiy yarim sharda yashovchi yuksak darajadagi maymunlar ko’ra oladi. Sut emizuvchilar sezgi organlarining xarakterli xususiyati sezish tukchalari (mo’ylovlari)-vibrissalari bo’lishidir. Sezgi organlari 15-rasm. Tovushqonning sezgi organlari 3.SUT EMIZUVCHILAR SISTEMATIKASI • TIP: Xordalilar- Chordata • KENJA TIP: Umurtqalilar-Vertebrata yoki • Bosh skeletlilar: Craniata • KATTA SINF: To’rt oyoqlilar- Tetrapoda • 1)Turkum:INSECTIVORA Xashorotxo’rlar Erinaceidae Тipratikanlar 1. Hemiechinus auritus quloqdordor tipratikan 2. Hemiechinus hypomelas Qora ignali tipratikan Soricidae yerqazarlar 3. Suncus etruscus Mitti oqtish 4. Crocidura suaveolens Kichik oqtish sichqon 5. Diplomesodon pulchellum-Ola putorak 2)Turkum: CHIROPTERA- Qo’lqanotlilar Rhinolophidae- Таqaburunlar 1. Rhinolophus bocharicus Бухоро таqабуруни 2. Rhinolophus ferrumequinum Катта таqaburun 3. Rhinolophus hipposideros Kichik taqaburun 4. Tadarida teniotis Keng quloqli taqaburun Vespertilionidae - Silliq burunli ko’rshapalaklar 5. Myotis emarginatus uch rangli ko’rshapalak SINF: Sut emizuvchilar-Mammalia 3)Turkum: RODENTIA Кemiruvchilar Sciuridae-Olmaxonlar (тийнлар) 1. Sciurus vulgaris-Olmaxon 2. Spermophilopsis Leptodactylus Ingichka barmoqli yumronqoziq 3. Spermophilus fulvus Sariq yumronqoziq 4. Spermophilus pygmaeus - Kichik yumronqoziq 5. Spermophilus Relictus - Relikt yumronqoziq 6. Marmota caudate-Qizil sug’ur 7. Marmota menzbieri-Ko’k sug’ur 4)Turkum: CARNIVORA-Yirtqichlar Canidae- Itsimonlar 1. Canis aureus-Chiyabo’ri 2. Canis lupus -Bo’ri 3. Vulpes corsac-Qorsak 4. Vulpes vulpes-Qizil tulki ssp. Karagan-Qaraganka-qaragan tulki sp.ochroxantha-Turkiston tulkisu 5. Cuon alpinus-Qizil bo’ri Ursidae –Ayiqlar 6. Ursus arctos- Qo’ng’ir ayiq ssp. Isabellinus-Tyanshon qo’ng’ir ayig’i Mustelidae-Сусарлар 7. Martes foina-Tog’ susari 8.Mustela ermine-Oq latcha 9. Mustela eversmanni-sariq sassiq qo’zan 10. Мustela vison-Amerika norkasi 11. Vormela peregusna-Olaqo’zan 12. Mellivora capensis-Asalxo’r 13. Meles meles –Bo’rsiq 14. Lutra lutra -Qunduz 5)Turkum: ARTIODACTYLA- Juft tuyoqlilar Suidae –To’ng’izlar 1.Sus scrofa-Yovvoyi cho’chqa Cervidae-Bug’ular 2. Cervus elaphun-Bug’u ssp. Bactrianus-Buxoro bug’usi 3. Capreolus capreolus-Yovvoyi bug’u Bovidae -Quvushshoxlilar 4. Capra sibirica-Tog’ echkisi 5. Capra falconeriBurama shoxli ec\ 6. Ovis vignei-Mu in yovvoyi qo’yi 7. Ovis ammon-Arxar ssp. Karelin-Tyanshan tog’ qo’yi ssp. Severtzovi-Qizilqum yovvoyi qo’yi 8. Saiga tatarica-Sayg’oq 9. Gazella subgutturosa-Jayron qora quyruq Sutemizuvchilar sinfi 4000 ga yaqin turlarni o`z ichiga oladi va dastlabki darrandalar hamda haqiqiy darrandalar yoki tirik tug`uvchilar deb ataladigan ikki kenja sinfga bo`linadi. Dastlabki darrandalar Prototheria kenja sinfiga bir teshiklilar Monotremata turkumi kiradi. Ular sutemizuvchilar orasida eng soddasi hisoblanadi. Barcha bir teshiklilar sariq moddaga boy bo`lgan tuxum qo`yish yo`li bilan ko`payadi; ichak va siydik-tanosil teshiklari kloakaga ochiladi; sut so`rg`ichlari yo`q, sut bezlari maxsus tarnovchaga ochiladi, bolalari shu yerga chiqqan sutni yalaydi; tana harorati nisbatan past, 25-260C o`rtasida o`zgarib turadi; yumshoq lablari va tishlari bo`lmaydi. Bir teshiklilar turkumiga o`rdakburun, 2 ta tur yexidna va 3 ta tur proyexidna kiradi. Bir teshiklilar faqat Avstraliya, Yangi Gvineya va Tasmaniyada tarqalgan. O`rdakburunning gavdasi qalin va yumshoq jun bilan qoplangan. Tumshug`i serbar yassi o`rdak tumshug`iga o`xshaydi. Voyaga yetgan o`rdakburunlarning jag`larida tishlari bo`lmaydi. Barmoqlari orasida suzgich pardasi bor. Daryo qirg`oqlaridagi kovaklarda yashaydi. Suvda yaxshi suzadi va suv hayvonlari bilan ovqatlanadi. Yexidna tashqi ko’rinishidan tipratikanlarga o’xshab ketadi, tanasining orqa va ikki yon tomoni uzun qillar—ignalar bilan qoplangan. Avstraliyada tarqalgan. Proyexidna Yangi Gvineyada yashaydi, Yexidna va proyexidna yerni kovlab, hasharotlarning hchinkasi bilan ovqatlanadi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling