Referat bajardi: Toshkent 2023 Reja: kirish


Download 125.37 Kb.
bet5/8
Sana21.06.2023
Hajmi125.37 Kb.
#1644308
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nikotin kislotasi

2.2 Piridin-3-karbon guruh moddalar tahlili

Reaksiya natijasida ajralib chiqqan formaldegid keyinchalik xromatrop kislotasi bilan kondensirlanib, avval metilendixromatrop kislotasiga, so‘ngra esa u sulfat kislota va harorat ta’sirida oksidlanib, qizil-binafsha rangli xromatrop kislotaning paraxinoid hosilasiga o‘tadi:

Koamidning chinligini aniqlashda uning tarkibini tashkil qilgan nikotinamid, kobalt va xlor elementlarining har qaysisi ayrim holda isbotlanadi. Masalan, kobaltni preparatning suvdagi eritmasiga ammoniy fosfat eritmasi ta’sir ettirib, plastinka shaklida binafsha rangli, yaltiroq cho‘kma holida cho‘ktirib aniqlanadi.

Preparatdagi kobaltni yana ammoniy rodanidning izoamil spirtidagi to‘yingan eritmasi ta’sirida ko‘k rangli rodanid kompleks tuziga o‘tkazib ham aniqlanadi.

Preparat asosini tashkil qilgan nikotinamidni, uning Chinligini aniqlashda keltirilgan reaksiyalardan foydalaniladi. Masalan, koamid eritmasiga natriy gidroksid qo‘shib qizdirilganda, ammiak ajralib chiqadi. Uni odatdagicha hididan yoki qizil lakmus qog‘ozini ko‘k rangga bo‘yashi orqali bilinadi.

Feramidning Chinligini aniqlashda undagi ikki valentli temirni kaliy geksatsianoferrat (III) bilan ko‘k rangli cho‘kma holida cho‘ktirib isbotlanadi.

Feramid tarkibidagi nikotinamidni ham koamidga o’xshash natriy gidroksid bilan qizdirilganda ajralib chiqqan ammiak bo‘yicha aniqlanadi. Yana preparatiing quruq o‘zini natriy karbonat bilan birgalikda qizdirilganda, yoqimsiz piridin hidi kelishi bilan bilinadi.

Koamid va feramid preparatlaridagi xlorni odatdagicha nitrat kislota sharoitida kumush xlorid holida cho‘ktirib aniqlanadi.
Piridin-3-karbon kislota qator preparatlarning miqdori turli kimyoviy va fizik-kimyoviy usullar yordamida aniqlanadi. Masalan, Davlat farmakopeyasi nikotin kislotaning miqdorini neytrallash usuli bo‘yicha aniqlashni tavsiya qiladi. Bunda ma’lum miqdordagi preparatning suvdagi eritmasini fenolftalein indikatori ishtirokida natriy gidroksidning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi.

Nikotin kislotaning miqdorini yana yodometrik usul bo‘yicha ham aniqlash mumkin. Bunda ma’lum miqdordagi preparatning suvdagi eritmasi avval fenolftalein indikatori ishtirokida natriy gidroksidning 0,1 mol/l eritmasi bilan neytrallanadi. So‘ngra unga tegishli hajmda ortiqcha 5% li mis (II) sulfat eritmasi qo‘shiladi.
Keyinchalik aralashmani filtrlab, reaksiyaga kirishmay qolgan mis (II) sulfatning ortiqchasini xlorid kislota ishtirokida yodometrik usul bilan aniqlanadi.


Download 125.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling