Referat bajardi: Toshkent 2023 Reja: kirish


Download 125.37 Kb.
bet1/8
Sana21.06.2023
Hajmi125.37 Kb.
#1644308
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nikotin kislotasi


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
KIMYO FAKULTETI KIMYO FAN YO`NALISHI
1-KURS TALABASI FATTOHEVA MOHICHEHRANING NIKOTIN KISLOTASI HAQIDA TAYYORLAGAN

REFERAT

Bajardi: ________________




Toshkent 2023
Reja:

  1. KIRISH

    1. Piridin-3 karbobon(nikotin) kislota hosilalari.

  1. ASOSIY QISM

    1. Piridin-3-karbon guruh moddalar tasnifi.

    2. Piridin-3-karbon guruh moddalar tahlili.

    3. Piridin 3-karbon kislota DF bo’yicha talabi va tahlili.

    4. Nikotin kislotaning miqdorini aniqlash.

    5. 2 Piridin-3 karbon kislatasining ishlatilishi.

  1. XULOSA

  2. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


KIRISH
1.1. Piridin-3-karbon kislota hosilalari
Piridin tarkibida azot atomi saqlovchi olti a’zoli geterotsiklik halqa bo‘lib, ko‘pchilik tabiiy va sintetik preparatlar asosini tashkil qiladi.

Piridin o‘ziga xos qo‘lansa hidli, rangsiz suyuqlik bo‘lib, 115°C haroratda qaynaydi. Uning solishtirma zichligi 0,982 ga teng. Piridin uchlamchi amin qator birikmalariga kirib, unda kuchsiz asos xossa mavjud. Piridin sof holda organizmga toksik ta’sir ko‘rsatadi. Ammo uning xilma-xil birikmalari tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda keng qo‘llaniladi. Piridinning tibbiyotda qo‘llanadigan hosilalarini kimyoviy tuzilishlariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
Piridin-3-karbon kislota hosilalari. Bu guruh moddalarini piridin-3-karbon yoki nikotin kislota va uning turli kasalliklarni davolashda keng qo‘llaniladigan hosilalaridan nikotinamid, nikotin kislota dietilamidi, nikodin va nikotinamidning temir va kobalt bilan bo‘lgan kompleks tuzlaridan feramid hamda koamidlar tashkil qiladi. Ular turli farmakologik ta’sirga ega. Masalan, nikotin kislota va nikotinamid kuchli PP vitamin ta’sirga ega bo‘lsa, nikotin kislotaning dietilamidi markaziy nerv sistemasini qo‘zg‘atuvchi va yurak ish faoliyatini kuchaytiruvchi ta’sirga, oksimetilamid nikotin kislota yoki nikodin esa o‘t haydash va bakteritsid ta’sirga ega. Feramid va koamid preparatlari kamqonlikda qo‘llanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, nikotin kislotaning karboksil guruhidagi gidroksil o‘rniga kiritilgan o‘zgarish ham, ular ta’sirini boshqa tomonga yo‘naltiradi. Davlat farmakopeyasiga piridin-3-karbon kislota guruh preparatlardan nikotin kislota, nikotinamid, dietilamid nikotin kislota va nikodinlar kiritilgan.
Nikotin kislotasi, piridin 3-karbon kislota — suvda oz eriydigan rangsiz kristall. V vitamin guruhiga mansub, suyuqlanish temperaturasi 236—237°. Organizmda keng tarqalgan. Sut, baliq, sabzavotlar-mevalar, achitqi, bugʻdoy kepagi, goʻsht, ayniqsa, jigar va buy- rakda koʻp. Nikotin kislotasi amidi — nikotinamid (qarang Vitaminlar) kofermentlar — nikotinami-dadenindinukleotid (NAD) va nikotinamid-adenindinukleotidfosfat (NADF) tarkibiga kiradi. Nikotin kislotasining organizmdagi ahamiyati meʼda-ichak yoʻllari epidermasi va epiteliysini hamda nerv sistemasi funksiyasini normal holatda tutib turishdan iborat. Kishining Nikotin kislotasiga boʻlgan bir kecha-kunduzdagi ehtiyoji 20–30 mg . Nikotin kislotasi yetishmasa, pellagra kelib chiqadi. Nikotin kislotasi pellagradan tashkari, meʼda-ichak kasalliklari, ateroskleroz va boshqa kasalliklarni davolashda ham ishlatiladi. Sanoatda nikotinni oksidlab olinadi.


Download 125.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling