Referat bajardi: Toshkent 2023 Reja: kirish
Miqdori: Dixromatometrik usul Ishlatilishi
Nikotin kislotasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chinligi : 1) 2,4 – dinitroxlorbenzol bilan 2) natriy ionini aniqlash Miqdoriy tahlil
- Chinligi
Miqdori: Dixromatometrik usul
Ishlatilishi: Eritropoezni kuchaytiruvchi vosita Pikamilon - Picamilonum N-nikotinoil-4-aminomoy kislotaning natriyli tuzi. Oq kristallik kukun. Suv va spirtda oson eriydi; xloroformda deyarli erimaydi. Chinligi: 1) 2,4 – dinitroxlorbenzol bilan 2) natriy ionini aniqlash Miqdoriy tahlil: atsidometriya Dori shakli: tabletka. Nootrop vosita. Amlodipin besilat-Amlodipini bezilatum 2-[(2-amiinoetoksi)metil]-4-(2-xlorfenil)-1,4-digidro-6-metil-3,5-piridin dikarbon kislota 3-etil-5-metil efiri bezilat Oq kristall kukun. Suvda kam, etanolda eriydi. Chinligi: YUSSX usuli Miqdori: YUSSX usuli Dori shakli: Tabletka |
|
2.1. Piridin-3-karbon guruh moddalar tasnifi
Yuqorida nomi keltirilgan preparatlarning kimyoviy tuzilishlari bir-birga yaqin bo‘lganliklari sababli, ularning chinligini aniqlashda qo‘llaniladigan reaksiyalarning ko‘pchiligi umumiydir. Masalan, nikotin kislota va nikotinamidni natriy karbonat bilan aralashtirib qizdirilganda, ularning dekorboksillanib ketishi hisobiga yoqimsiz piridin hidi keladi. Bu reaksiyadan nikodinni aniqlashda ham foydalanish mumkin.
Nikotinamid va nikodinlarni natriy gidroksid eritmasi bilan qaynaguncha qizdirilganda, ular parchalanib, ammiak ajratib chiqaradi. Uni hididan yoki suv bilan ho‘llangan qizil lakmus qog‘ozini ko‘k rangga bo‘yashi bo‘yicha bilinadi.
Dietilamid nikotin kislotani bu reaksiya bo‘yicha aniqlashda o‘ziga xos hidli dietilamin ajratib chiqaradi.
Nikotin kislota eritmasi mis (II) sulfat eritmasi ta’sirida ko‘k rangli cho‘kma hosil qiladi.
Ushbu reaksiyani ammoniy rodanid ishtirokida olib borilsa, u yashil rangli uchlamchi kompleks birikmaga o‘tadi.
Dietilamid nikotin kislota mis (II) sulfat eritmasi ta’sirida ko‘k rangli eruvchan kompleks birikma hosil qiladi. U ammoniy rodanid eritmasi ta’sirida yashil rangli uchlamchi kompleks birikma holida cho‘kadi:
Dietilamid nikotin kislota va nikodinning chinligini yana, ulardagi piridin halqasiga xos, 2,4- dinitroxlorbenzol bilan spirt va natriy gidroksid eritmasi ishtirokida qizil yoki qo‘ng‘ir-qizil rangli glutakon aldegid unumini (polimetin birikmasini) hosil qilish reaksiyasi orqali aniqlanadi.
Ma’lumki, piridin halqasi ishkor va kislotalarning gidrolitik ta’siriga nisbatan barqarordir, ammo undagi uchlamchi azotni biror modda, jumladan 2,4- di-nitroxlorbenzol ta’sirida birmuncha beqaror xossali to‘rtlamchi azotli birikmasi piridiniy tuziga o‘tkazilsa, u ishqor ta’sirida engil parchalanib, qizil yoki qo‘ng‘ir qizil rangli glutakon aldegid hosilasiga aylanadi. Ushbu reaksiyani amalga oshirishda dietilamid nikotin kislota yoki nikodinga 2,4- dinitroxlorbenzol va spirt qo‘shib 2—3 minut davomida qaynatiladi.
Bunda avval u sariq rangli dinitrofenilpiridiniy xlorid tuziga, so‘ngra esa kaliy gidroksid eritmasi ta’sirida qizil yoki qo‘ng‘ir-qizil rangli glutakonaldegidinning hosilasiga o‘tadi. U beqaror modda bo‘lib, sekin-asta 2,4-dinitroanilin va glutakon aldegidigacha (IV) (sariq rangli) parchalanishi natijasida rangsizlanadi.
Bu reaksiyadan 2,6- holatdagi vodorod atomlarini biror radikalga almashilmagan piridin halqa saqlagan preparatlarning chinligini aniqlashda foydalaniladi. Nikodinning chinligini undagi oksimetilen guruhi asosida aniqlash, preparatni nikotin kislotasining boshqa hosilalaridan farqlantiradi. Bunda xromatrop kislotaning dinatriy tuzi bilan konsentrlangan sulfat kislota aralashmasiga nikodin qo‘shilsa, aralashma qizil-binafsha rangga bo‘yaladi.
Download 125.37 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling