Referat bajardi: Toshkent 2023 Reja: kirish


Nikotin kislotaning miqdorini aniqlash


Download 125.37 Kb.
bet7/8
Sana21.06.2023
Hajmi125.37 Kb.
#1644308
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nikotin kislotasi

2.4. Nikotin kislotaning miqdorini aniqlash
Preparatning miqdori kobalt bo‘yicha tortma va hajmiy usullar bo‘yicha ham aniqlanadi. Tortma usulda koamiddagi kobaltni SoNN4RO4 · N2O holida cho‘ktirib, so‘ngra uni avval spirt, keyin esa efir bilan yuvilgandan so‘ng, quritib tortiladi. Hajmiy usulda esa ma’lum miqdordagi preparatning suvdagi eritmasini rN qiymati 5 ga teng atsetat buferi hamda ksilenol to‘q-sariq indikatori ishtirokida undagi kobaltni suyuqlik binafsha rangdan to‘q-sariq rangga o‘tgunga qadar, trilon B ning 0,05 mol/l eritmasi bilan titrlanadi.
Feramid tarkibidagi ikki valentli temir asosida uning miqdorini dixromatometrik usul bo‘yicha aniqlanadi. Buning uchun preparatning ma’lum miqdorini sulfat va fosfat kislota hamda difenilamin indikatori ishtirokida suyuqlik ko‘k rangga bo‘yalguncha, kaliy dixromatning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. Bunda eritmaga qo‘shilgan fosfat kislota reaksiya natijasida hosil bo‘lgan uch valentli temirni biriktirib, dissotsiyalanmaydigan tuziga o‘tkazadi.

Reaksiyaning ekvalent nuqtasida bir tomchi ortiqcha qo‘shilgan kaliy dixromat suyuqlikdagi difenilaminni oksidlab, ko‘k rangga bo‘yaydi:

2.5. Piridin-3 karbon kislatasining ishlatilishi
Nikotin kislota va nikotinamid pellagra kasalligiga qarshi o‘ziga xos modda bo‘lishi bilan birga, ular yana organizmda qand, oksil va holesterin almashinuvida ishtirok etadi. Preparatlarni jigar, yurak, tyori kasalliklarida, qon tomir spazmasida kukun, tabletka holida 0,02—0,05 g dan 0,1 g gacha kuniga 2—3 marta ichiriladi yoki 1—2,5—5,0% li eritma holida venaga, mushak orasi va teri ostiga 1—2 ml dan kuniga 1—2 marta yuboriladi.
Dietilamid nikotin kislotaning 25% li suvdagi eritmasi tibbiyotda ko‘llash uchun kordiamin nomi bilan chiqariladi. Uni nerv sistemasini, nafas yo‘li va yurak ish faoliyatini yaxshilovchi modda sifatida ishlatiladi. Kordiaminni 10—15 tomchidan ichiriladi yoki uning sterillangan eritmasi teri ostiga, mushak orasiga va venaga yuboriladi.
Nikodin farmakologik ta’sir jihatdan o‘t haydovchi, bakteristatik va bakteriotsid xossaga egadir. Uni holetsistit, holingit, siydik yo‘llari infeksiyasida va ba’zi boshqa kasalliklarni davolashda 0,5—1 g dan kuniga 3—4 marta ichiriladi. Koamid gipoxromat va gipoplastik anemiya, qon ketishi natijasida kelib chiqadigan anemiyada ishlatiladi. Uning 1% li eritmasi 1 ml dan teri ostiga yuboriladi. Feramidning 2% li sterillangan eritmasi yoki 0,1 va 0,2 g dan tabletkasi organizmda qizil qon tanachalari kamayib ketgan hollarda qo‘llanadi.
Nikotin kislota, nikotinamid, nikodin va dietilamid nikotin kislotalar og‘zi mahkam berkitilgan idishlarda, yorug‘lik tushmaydigan joylarda «B» ro‘yxat bo‘yicha saqlanadi. Koamid va feramid ham kuruk va qorong‘i joyda saqlanadi. Amlodipin besilatning chinligi va miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulida standart namuna eritmasi bilan taqqoslab aniqlanadi. Tibbiyotda kalsiy kanalining blokatori sifatida qo‘llaniladi.


XULOSA
Nikotin kislotasining organizmdagi ahamiyati meʼda-ichak yoʻllari epidermasi va epiteliysini hamda nerv sistemasi funksiyasini normal holatda tutib turishdan iborat. Kishining Nikotin kislotasiga boʻlgan bir kecha-kunduzdagi ehtiyoji 20–30 mg . Nikotin kislotasi yetishmasa, pellagra kelib chiqadi. Nikotin kislotasi pellagradan tashkari, meʼda-ichak kasalliklari, ateroskleroz va boshqa kasalliklarni davolashda ham ishlatiladi. Sanoatda nikotinni oksidlab olinadi.
Nikotin kislota va nikotinamidni natriy karbonat bilan aralashtirib qizdirilganda, ularning dekorboksillanib ketishi hisobiga yoqimsiz piridin hidi keladi.
Dietilamid nikotin kislotaning 25% li suvdagi eritmasi tibbiyotda ko‘llash uchun kordiamin nomi bilan chiqariladi. Uni nerv sistemasini, nafas yo‘li va yurak ish faoliyatini yaxshilovchi modda sifatida ishlatiladi. Kordiaminni 10—15 tomchidan ichiriladi yoki uning sterillangan eritmasi teri ostiga, mushak orasiga va venaga yuboriladi.



Download 125.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling