Referat bajardi: Toshkent 2023 Reja: kirish


Piridin 3-karbon kislota DF bo’yicha talabi va tahlili


Download 125.37 Kb.
bet6/8
Sana21.06.2023
Hajmi125.37 Kb.
#1644308
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nikotin kislotasi

2.3. Piridin 3-karbon kislota DF bo’yicha talabi va tahlili

Nikotinamidning miqdorini suvsiz muhitda kislota-asos usuli bo‘yicha titrlab aniqlanadi. Buning uchun ma’lum miqdordagi preparatni suvsiz atsetat kislotadagi eritmasini kristall binafsha indikatori ishtirokida perxlorat kislotasining suvsiz sirka kislotadagi 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi.

Nikotinamidning miqdori undagi amid guruhi asosida neytrallash usuli bo‘yicha ham aniqlanadi. Buning uchun preparatning ma’lum miqdordagi eritmasi solingan Keldal kolbasiga 30% li natriy gidroksid eritmasi qo‘shib, uni sovutgich orkali bor kislota eritmasi solingan kolbaga ulanadi.
Reaksiya natijasida ajralib chiqkan ammiakni suv bug‘lari yordamida bor kislota eritmasi solingan kolbaga haydaladi. So‘ngra uni metiloranj indikatori ishtirokida xlorid kislotasining 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi.

Nikodinning miqdori uning kimyoviy tuzilishidagi oksimetilen guruhi asosida yodometrik usul bo‘yicha aniqlanadi. Bu usul natriy gidroksid eritmasi ta’sirida preparatning gidrolizlanishi va natijada ajralib chiqqan formaldegidning ishqoriy muhitda yod bilan oksidlanishiga asoslangan. Reaksiyani amalga oshirishda preparatning ma’lum miqdoriga ortik hajmda 0,1 mol/l yod eritmasi va natriy gidroksid eritmasi qo‘shib, ma’lum vaqtgacha qorong‘i joyga ko‘yiladi. So‘ngra eritmadagi yodning ortiqchasi xlorid kislota muhitida natriy tiosulfatning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi.

Dietilamid nikotin kislotaning miqdorini neytrallash usuli bo‘yicha aniqlanadi. Bunda avval ma’lum miqdordagi preparatni bir xil hajmda olingan konsentrlangan sulfat kislota va suv aralashmasi bilan qaynatish yordamida parchalanadi.

So‘ngra gidroliz natijasida hosil bo‘lgan dietilaminsulfatni Keldal kolbasiga o‘tkazib, unga natriy gidroksid eritmasi qo‘shiladi va sovutgichga ulangan holda ajralib chiqsan dietilaminni suv bug‘lari yordamida bor kislota eritmasi solingan kolbaga haydaladi.

Reaksiya oxirida eritmadagi dietilaminometaboratni xlorid kislotasining 0,1 mol/l eritmasi titrlanadi.

Koamidning miqdorini uning kimyoviy tuzilishidagi xlor va kobalt elementlari bo‘yicha aniqlanadi. Masalan, xlor bo‘yicha argentometrik usulda aniqlashda ma’lum miqdordagi preparatning suvdagi eritmasini sirka kislota muhitida va bromfenol ko‘ki indikatori ishtirokida reaksiya natijasida hosil bo‘lgan cho‘kma binafsha rangga bo‘yalgunga qadar kumush nitratning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi.

Download 125.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling