Referat "bilish falsafasi" Bajardi: Tekshirdi: reja: Bilishning tarixiy ildizlari haqida
Download 48.57 Kb.
|
Referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilishning ma q sadi
- Bilish predmeti.
- Bilish muammosining milliy falsafiy ta h lili.
Bilishning sub’ekti. Bilish bilan shug‘ullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish sub’ekti hisoblanadi. Ayrim olingan tadqi- qotchi-olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham alohida bilish sub’ektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat mohiyatini bilishgagina emas, balki insonning ayni bir vaqtda ham bilish ob’ekti, ham bilish sub’ekti sifatida namoyon bo‘ladi.
Bilishning maqsadi. Ilmiy bilimlar hosil qilishdangina iborat emas, balki bilish jarayonida hosil qilingan bilimlar vositasida insonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashtirish tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Fan-fan uchun emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim. Inson ilmiy bilimlar vositasida ma’naviy barkamollikka erisha borgani sari ilm-fan qadriyat sifatida e’zozlana boshlaydi. Fanning har tomonlama rivojlanish bilan turli ilm sohalarning hamkorligi kuchayadi, butun ilmiy jamoalar bilish sub’ekti, yangi ilmiy kashfiyotlar ijodkoriga aylanadilar. Bilish predmeti. Sub’ektning bilish faoliyati qamrab olgan bilish ob’ektining ayrim sohalari va tomonlari bilish predmetidir. Fanning o‘rganish sohasi tobora konkretlashib boradi. Tabiatshunoslik fanlarini bilish predmetiga qarab botanika, zoologiya, geografiya, fanlari bir-biridan muhim belgidir. Bilish muammosining milliy falsafiy tahlili. Bilishning mohiyati, mazmuni bilan bog‘lik masalalarning tahlili uzoq o‘tmishga ega. Odamlar qadim zamonlardayok o‘zlarini o‘rab turgan olam, undagi narsa va hodisalarning mazmun-mohiyatini o‘rganganlar, ularning qadri va ahamyati to‘g‘risida fikr yuritganlar. Zamonlar o‘tishi, jamiyat rivoji davomida bu boradagi masalalar ko‘lami kengaygan, ularni hal qilishning ahamiyati ortavergan. Ong va bilish, g‘oya va ruh bilan bog‘liq mavzular ko‘plab afsona hamda asotirlar, diniy, ilmiy-siyosiy qarashlarning o‘zagi, markaziy qismini tashkil etgan. Falsafa tarixidagi aksariyat oqimlar va mutafakkirlar bu mavzuni chetlab o‘tmaganlar, u hakda xilma-xil fikrlarni bayon qilganlar. Alohida ta’kidlash lozimki, Evropa va sobiq ittifoqning mintaqa- mizdan boshqa xududlarida yashaydigan mutaxassislarning ushbu mavzuga bag‘ishlangan kitob, risolalarida gap, asosan, G‘arb mutafakkir va olimlari merosi, ularning gnoseologiyaga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida boradi. Bunda Suqrot, Platon, Aristotel, I. Kant, I. Gegel, F. Nitsshe, Z.Freyd va boshqalarning nomlari tilga olinadi. Bu faylasuflarning fandagi o‘rni, merosning ahamiyati katta, «sofizm», «platonizm», «ekzistensializm», «psixologizm» kabi ko‘plab oqim va ta’limotlar G‘arb olimlarining nomi, ta’limoti hamda asarlari bilan bog‘liq holda shakllangan. Ularning bilish nazariyasiga qo‘shgan hissalari xilma-xil ammo bu sohada ahamiyatga molik xizmatlari va gnoseologiyani boyitgan fikr mulohazalari ko‘p. Ularni fanga qo‘shgan hissalari kattadir. Olamni bilish muammosini millatimizga xos falsafiy tahlil, avvalo qadimgi naqllar, rivoyatlar, afsona, xikoyat, dostonlarga, ya’ni xalq og‘zaki ijodi namunalariga borib taqaladi. Ularda dunyoning mifologik manzarasi xilma-xil talqinda o‘z ifodasini topgan. Ushbu dunyokarashda umumbashariy va umuminsoniy masalalarga ko‘proq e’tibor berilgan, ularning mohiyati, mazmuni turlicha talqin qilingan. Qadimgi odamlar borliq to‘g‘risida yo‘llaganlarida, afsona, yoki dostonlar so‘ylaganlarida olamni yaralishi, tabiat hodisalari, koinot va odamzot aloqalari inson ongi va tafakkurining mohiyati, mazmuni kabilarga alohida e’tibor berganlar, ularning ahamiyatini turlicha izohlaganlar. Olamni bilib olingan qonuniyatlari narsa va qonuniyatlarni anglagan xususiyatlaridan foydalanganlar, anglamaganlarni iloxiylashtirganlar. Olamni anglash mavzusi dastlabki diniy dunyoqarashlar va ularning eng qadimgi shakllarida ham o‘z aksini topgan, har bir din o‘ziga xos bilish va qadriyat deb ataladigan dadil xulosalar tizimiga ega. Ular bir-birlaridan shu tizim bilan farq qiladilar. Dinlarning tarixiy shakllari takomillashib borgani sayin ulardagi bilishga xos dalillar tizimi ham yangi-yangi qirralarini namoyon qilib boraveradi. Ularni har biri olamning ibtidosi, inson bilimi, aqli, tafakkur va tasavvuri xaqida o‘ziga xos «haqiqat»larga tayangan. YUrtimiz tarixining qadimgi davrida sof gnoseologik ta’limot va nazariyalar paydo bo‘lmagandek tuyuladi. Aslida unday emas, balki bu o‘sha davrning yaxshi tahlil kilinmagani, qadimgilarga xos merosning tarixiy sabablari, urush va bosqinchiliklar oqibatida gorat qilingani va yo‘qotilgani bilan izoxlanadi. Masalan, «Avesto» da o‘sha davr uchun etarli darajada mukammal bo‘lgan bilimlar tizimi, dunyoning mifalogik va diniy manzarasi bayon qilingan edi. «Avesto» dan so‘ng qanchadan qancha allomalar yashagani, ularning nomlari va merosi dastavval makedoniyalik Aleksandr, so‘ngra Grek-Baktriyaning to‘rt yuz yillik xukumronligi, keyinroq esa arab istilosi davrida yo‘q qilib yuborilganini faqat tahlil qilish mumkin, xolos. YUnonistonda falsafani fan darajasiga ko‘targan Arastu o‘z falsafiy tizimini yaratish va takomillashtirishda «Avesto» dan foydalanilgani ma’lum. Xuddi shuningdek jaxon matematiklari Xorazmiydan, Kopernikning Ulug‘bekdan ilhomlangani ham rost. Faqat zamonaviy gnoseologiyada masala bu yo‘nalishda alohida mavzu sifatida tahlil kilinmagan. Arab istilosi davrida ko‘pgina qadriyatlarimiz yo‘qolgan tafakkur va tilimizda o‘zgarishlar bo‘lgan. Bu xaqda Abu Rayxon Beruniy «qadimdan qolgan yodgorliklar» asarida afsus bilan yozgan. Insonning dunyoni bilishini falsafa ham, boshqa hamma aniq fanlar ham o‘rganadi. Bunda aniq fanlar dunyoning turli aniq tomonlarini, ularning qonuniyatlarini va xususiyatlarini o‘rganadi va ochib beradi. Falsafa esa, aniq fanlardan farqli ravishda, inson bilishining tabiati va mohiyatini nima tashkil qiladi. Uning eng muhim qonuniyatlari va xususiyatlari nimalardan iborat degan savollarga javob qidirib va javob berib keldi. Shu sababli, falsafada inson bilishining falsafiy muammolari bilan shug‘ullanmagan birorta ham falsafiy oqim, birorta ham faylasuf yo‘q. Aksincha, hamma falsafiy oqimlar va falsafiy yo‘nalishlar bu sohaga oid o‘z qarashlarining ma’lum tizimini ishlab chiqqanlar. Natijada, falsafada inson bilishining tabiati va mohiyati haqida turli xil ta’limotlar, turli xil qarashlar va nazariyalar kelib chiqdi. Biz ularning ba’zilari bilan tanishib chiqamiz. Bir guruh faylasuflar insondan, uning ongidan tashqari dunyo mavjud emas, dunyo faqat bizning ongimizda, bizning sezgi va idroklarimiz yig‘indisi (kompleksi va kombinatsiyalari) dan iborat xolos. Binobarin, biz o‘z sezgi va idroklarimiznigina bila olamiz, deyishadi. Boshqa bir guruh faylasuflar esa insonning dunyoni va o‘zini bilishiga shubha bilan qaraydilar, inson dunyoni to‘liq bila olmaydi, deyishib, inson bilishini cheklaydi yoki dunyoni bilishni butunlay inkor qiladilar. Ulardan skeptitsizm1 ta’limoti vakillari inson bilishining nisbiyligi, uning turli sharoitlar va vaziyatlar bilan bog‘liq ekanligini aytishib hamma e’tirof qiluvchi, isbot talab qilmaydigan inson bilimlarining bo‘lishi mumkinligiga shubhalanadilar. Falsafiy ta’limotlardan biri bo‘lgan agnostitsizm2 vakillari esa inson dunyoni bila olmaydi bilishga qodir emas, degan g‘oyani ilgari suradi. Masalan, ingliz agnostik faylasufi D.YUm ta’limotiga ko‘ra, bilish ob’ekti, bizning bilishlarimizning manbai ob’ektiv borliq emas, balki sub’ektiv sezgi va idroklarimizdir, biz o‘z sezgi va idroklarimiz chegarasidan tashqarida nima borligini bila olmaymiz, deyiladi. Nemis faylasufi I. Kant esa insondan va uning ongidan tashqarida ob’ektiv borliqning mavjudligini e’tirof qilgan holda, undagi predmet va hodisalarni «narsalar biz uchun» va «narsalar o‘zida» ga bo‘ladi. Uning qarashicha, «narsalar biz uchun» ni inson bila oladi, «narsalar o‘zida»ni esa inson bila olmaydi. Kantning «narsalar biz uchun» bu insonni qurshab to‘rgan predmetlar va hodisalar, shu jumladan, tabiat ham. «Narsalar o‘zida» esa bular: erkinlik, o‘lmaslik, g‘ayritabiiy kuchlar, xudo va shu kabilardir. Ularni inson hech qachon to‘liq bila olmaydi. Kant o‘z bilish nazariyasida e’tiqodga o‘rin qoldirish, uni mustahkamlash uchun aqlni tanqid qiladi va cheklaydi. U inson aqlini nazariy va amaliy aqllarga bo‘ladi: amaliy aql, uningcha, cheklangan. Uning qarashicha, inson tajriba va amaliyot bilan har qanday bilimga ham ega bo‘lavermaydi. Inson bilishida insonning tajribasiga bog‘liq bo‘lmagan aprior (lotincha aprior so‘zidan olingan bo‘lib o‘zbekchaga: tajribadan oldin, azaldan degani) bilimlar bo‘ladi. Bu aprior bilimlar tug‘ma bilimlardir. Inson aqli bu bilimlarga tajribagacha ega bo‘lgan bo‘ladi. Kantning fikricha, falsafiy bilimlar ayni shunday aprior bilimlardan iborat. Kant ilmiy bilimning ishonchliligi va haqiqatliligi uning eng umumiyliligi va zaruriyligi bilan belgilanadi, deydi. Xullas Kant o‘z falsafasida bilish nazariyasini birinchi bo‘lib falsafiy muammo sifatida atroflicha, har tomonlama qarab chiqqan faylasufdir. Umuman, insonning borliqni bilishi masalasida izchil agnostitsizm, skeptitsizm bilan birikib ketib, Download 48.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling