Referat Bitiruv malaka ishi 3 varaq tushuntiruv yozuvi va varaq chizma qismidan iborat


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/24
Sana27.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1134344
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Bumerang texnologiyasi asosida talabalarning quyidagi 
sifatlari rivojlanadi. 
jamoa bilan ishlash mahorati 
muomalalik 
xushfellik 
ko’nikuvchanlik 
o’zgalar fikrini hurmat qilish 
faollik ishga ijodiy yondashish 
o’z faoliyatini samarali 
bo’lishiga qiziqish 
o’z-o’zini baholash 


28 
 
4. Mexnat muxofazasi 
4.1 Qishloq xo’jaligi mashinalarini ishlatishda xavfsizlik
texnikasi chora-tadbirlari 
Respublikamiz qishloq xo’jaligi takomillashgan texnika bilan tobora ko’p qurollanmoqda.
Qishloq xo’jaligi xilma – xil mashinalar bilan ta’minlangan hozirgi sharoitda xavsizlik texnikasi va 
yong’inga qarshi tadbirlar muhim axamiyatga egadir. 
Xavfsizlik texnikasi texnik intizom bo’lib, u, mashinalar ishlab turgan joylarda ro’y berishi 
mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalarning sabablarini aniqlaydi va ishlab chiqarish vositalari va mehnat 
usullarini o’rganish asosida baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda bartaraf qilish yo’llarini
belgilaydi. Baxtsiz hodisalrning oldini olish tadbirlari quydagilardan iborat bo’lishi mumkin :
a) texnik tadbirlar: mashina, uskuna, moslama va asboblarni takomillashtirish; ihota va boshqalarni 
loyihalash hamda o’rganish; 
b) tashkiliy tadbirlar: rastional texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini tuzish, xavfsiz 
ishlash usullariga o’rgatish , xavsizlik texnikasi qoidalarining bajarilayotganini kuzatish. 
Xavfsizlik texnikasi yong’inga qarshi kurash choralari bilan uzviy ravishda bog’langandir. Bu 
choralarga rioya qilinganda yong’in chiqishi xavfi yo’qoladi deyish mumkin, yong’in chiqqan taqdirda esa 
odamlar, xayvonlar, jihozlar, mashinalar, hosil va boshqalar hamda mulklarni saqlab qolish mumkin 
bo’ladi. Har bir qishloq xo’jalik xodimi ishlab chiqarish shikastlanishlari va professtonal kasalliklarning
oldini olish uchun xavfsizlik texnikasi qoidalarini bilishi va ularga amal qilishi lozim. Ishchining ishlab 
chiqarish topshirig’ini bajarish vaqtida tasodifan jarohatlanishga ishlab chiqarish shikastlanishi 
deyiladi. Bunda ishchi mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki butunlay yo’qotishi mumkin. Baxtsiz hidisalar 
ishchining ish o’rnida o’rgatilmaganligi va instruktaj olmaganligi, ish kunining uzaytirib yuborilganligi, 
buzuq mashinalarda ishlanganligi kabi sabablarga ko’ra ro’y berishi mumkin. 
Qishloq xo’jaligi mashinalari va agregatlarida xavfsiz ishlash texnikasi qoidalarini ayniqsa yaxshi 
bilish va unga rioya qilish kerak . 
Shuning uchun qishloq xo’jaligi mashinalari, agregatlari va o’ziyurar mashinalarni boshqarish 18 yoshdan 
oshgan va mazkur mashinalarni boshqarish uchun guvohnomasi bo’lgan shaxslargagina ruxsat etiladi. 
Xo’jalik muxandisi ishga yangi qabul qilingan traktorchini k i r i sh yo’l-yo’rig’i vaqtida 
xavfsizlik texnikasi qoidalari va instrukstiyalari, ichki tartib qoidalari va mehnatni muhofaza qilish 
qoidalari bilan to’la tanishtirish kerak.
Brigadir ish boshlash oldidan mexanizatorlar bilan ish o’ r n i d a yo’l-yo’riq o’tkazadi . U 
mazkur mashinada ishlaganda ro’y berish ehtimoli bo’lgan xavf – xatarlar va xavfsiz ishlash qoidalari, 
mashinani zapravka qilish qoidasi va joyi, ish vaqtida belgilangan signallar, dam olish vaqti va joyi, 
tunda ishlash xususiyatlarini mufassal tushintirib o’tadi. Ishning turi o’zgargan vaqtida belgilangan 
signallar, dam olish vaqti va joyi, tunda ishlash xususiyatlarini mufassal tushintirib o’tadi. Ishning turi 
o’zgargan taqdirda, brigadir mexanizatorga (vaqti-vaqti bilan) instruktaj o’tkazadi. Bu instruktajning 
vazifasi ayni ishni bajarish xususiyatlarini tushintirish va xavfsiz ishlash usullarini ko’rsatishdan
iborat. Bundan tashqari, xo’jalik muxandisi ishchilarga xavfsizlik texnikasi qoidalarini va yong’inga
qarshi tadbirlarni eslatish uchun vaqti – vaqti bilan (uch oyda kamida bir marta) yo’l-yo’riq o’tkazish 
kerak. Qirish yo’l-yo’rig’i va vaqti – vaqti bilan o’tkaziladigan yo’l-yo’riqlar shaxsiy deloda 
saqlanadigan nazorat varaqasiga yozibboriladi. Ish o’rnida o’tkazilgan yo’l-yo’riq brigadirda 
saqlanadigan maxsus daftarga yozib qo’yladi.  
Texnika jihatdan nuqsonsiz bo’lgan qishloq xo’jaligi mashinalari va traktor agregatlaridagina
ishlash ruxsat etiladi. Har bir qishloq xo’jaligi mashinalari va traktorda kechasi ishlash uchun oldingi va 
orqa chiroqlar, agregat harakatlanayotganda traktorchining agregatda xizmat qiluvchi yordamchi ishchilar 
bilan aloqa bog’lab turishi uchun esa ikki tomonlama signal bo’lishi kerak. Qishloq xo’jaligi mashinalari 
va traktorda orqani ko’rsatuvchi oyna bo’lishi lozim. Mexanizator bu oyna yordamida mashina va uning
orqasidagi agregatda ishlovchi odamlarni kuzatib boradi. Ish vaqtida traktorchida asboblar komplekti, 
birinchi yordam aptechkasi, instrukstiya, qo’l artadigan latta, suv soligan flyaga va o’t o’chirgich 
(ognetushitel) bo’lishi kerak. Traktorchida qo’lqop va himoya ko’zoynagi bo’lishi shart. 
Mexanizator har smena boshida agregatning holatini, birikmalarning mahkamligini, probkalarning 
puxta o’rnatilganligini sinchiklab tekshirish lozim. Rul boshqarmasi, tishlashish muftasi, tormzlar, tirkash 
qurilmasi, yoritish hamda yonilg’i bilan ta’minlash sistemasi asboblarining holatiga alohida e’tibor 


29 
beriladi. Yomon rostlangan yoki texnik kamchiliklari bo’lgan, shuningdek, yonilg’i, suv, moy 
sizadigan
traktorda ishlash man etiladi. Traktorlarni zapravka qilishda yong’inga qarshi tadbirlarga alohida 
ahamiyat berish zarur. Zapravka punktiga kirishda gaz chiqarish trubasi yonilg’i turgan joyga teskari 
qaragan bo’lishi kerak; yonilg’i bakka nasos yordamida mis to’rli vornka orqali quyilishi lozim;
bochoklarning probkasini maxsus kalit bilan burab ochish zarur. Traktorni kechasi zapravka qilganda eletr 
lampa yoki elektr fonaridan foydalanishi kerak. 
Qizib ketgan dvigatelning radiatoridagi suvni tekshirganda bug’ va qaynoq suvdan ehtiyot bo’lish 
lozim. Buning uchun traktorchi qo’lqop kiyishi va shamol esayotgan tomonda bir qo’l masofada turishi 
kerak. 
Sovuq kunlarda moylash materiallarini maxsus idishlarda isitish zarur. 
Yonilg’i idishlarini tekshirishda gugurt chaqish, olov yoqish va chekish man qilinadi. Yonilg’i o’t 
olib ketsa,olovni qum, tuproq, namat yoki o’t o’chirgich yordamida o’chirish lozim. Bunday hollarda 
suvdan foydalanish man etiladi. 
Traktor va o’ziyurar mashinalar dvigateli uchun ishlatiladigan etillangan benzindan juda ehtiyotltk 
bilan foydalanish lozim. Etillangan benzinda etil suyuqligi bor.Etil tarkibida zaharli tetraetilsvinest bor 
bo’lib,u odam organizimida to’planib qoladi. Tetraetilsvinest organizimga teri g’ovaklaridan o’tib 
(qo’lni benzin bilan yuvganda), nafas yo’llari (benzin bug’lari nafasga urganda) va og’izdan (benzin 
tekkan qo’l bilan ovqat eyishda, shlanga bilan benzin so’rishda) kiradi. Eritilgan benzin to’q pushti yoki 
yashil rangga bo’yaladi. Etillangan benzin probka bilan zich yopiladigan idishda saqlanadi va tashiladi. 
Idishga yuvilib ketmaydigan bo’yoq bilan: - «etil benzin- zahar!», deb yozilishi lozim. 
Bakka etillangan benzin tegsa ,uni kerosin bilan, keyin issiq suv bilan sovunlab yuvish kerak. Erga yoki 
polga to’kilgan etillangan benzinni dixloramin yoki kalstiy xlorat bilan yuvish kerak . Etillangan 
benzindan foydalanish qoidalariga rioya qilinmasa , odam og’ir va xronik zaharlanishi mumkin, shuning 
uchun etillangan benzinni ishlatadigan har bir kishi ishdan keyin yuz-qo’llarini sovunlab issiq suv bilan 
toza yuvinishi kerak. 
Dvigatelni zavod instrukstiyasida ko’rsatilgan tartibda yurgizish kerak. PD-10M markali yurgazib 
yuborish dvigatelini ishga solishda arqonni qo’lga o’rab olmaslik kerak, chunki tirsakli val teskari aylanib
ketib baxtsiz hodisa ro’y berishi mumkin, shuningdek , maxovik ro’parasida turish ham xavfli. Traktorni 
joyidan qo’zg’atish vaqtida agregatning atrofida odamlar turmasligi va barcha ishchilar maxsus signal 
bilan ogohlantirilgan bo’lishi zarur. 
Traktorni 
tirkalma 
mashinaga 
ulash 
vaqtida 
dvigatelni 
eng 
kichik 
oborotda 
ishlatish 
lozim.Traktorchi tirgovchining birinchi signalidayoq traktorni to’xtatish kerak, shuning uchun orqaga 
yurishda uning oyog’i hamisha tishlashish muftasi pedalida bo’lishi kerak. Traktorning tirkalma mashina 
bilan orqaga yurishi, harakatdagi agregatdan sakrab turish, qanoatlarda o’tirish, zinapoyada turish, 
agregatni rostlash, tuzatish, traktordan tirkalma mashinaga yoki aksincha, o’tish man etiladi. 
Tepaliklarga yurishda va pastga tushishda I yoki II uzatmada yuriladi.Temir yo’lni kesib o’tishda, 
ayniqsa muhofaza qilinmagan joylarda, traktorchi traktorni to’xtatish, poezd kelayotgan – 
kelmayotganligini aniqlab, so’ng birinchi tezlikda yurishi kerak. Ish vaqtida aniqlangan kamchiliklar 
dvigatel to’xtatilgandan keyin bartaraf qilinadi. 
Ish vaqtida tasmali uzatma shkivining oldida yoki orqasida turish, shuningdek, tasmani aylanib 
turgan shkivka kiygizish yoki undan olish yaramaydi. Hamma uzatmalar g’ilof bilan puxta ihota 
qilinishi kerak. 
Tirkalma mashinalar traktorga urilmaydigan qilib, qattiq ulanishi kerak. O’rnatma (osma) 
mashinalarda yurish man etiladi.Ishdan keyin va uzoq muddatga to’xtatish vaqtlarida o’rnatma 
mashinalarni ko’tarilgan holda qoldirish yaramaydi. 
Zapravka punktlari va xodimlarda, terish, tozalash, quritish mashinalarida o’t o’chirish uchun zarur 
vositalar bo’lishi lozim. 
Mashinalarning to’xtash joyi, paxta, pichan va poxol g’aramlari 3 metrdan kengroq shudgorlangan 
– muhofaza maydoni bilan o’rnatilgan bo’lishi kerak.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling