Referat boshlang`ich sinflarlarda matematika o’qitish usullari va ularning klassifikatsiyasi


Boshlang`ich matematik ta`limda ko`rgazmalilikning ahamiyati va turlari


Download 19.76 Kb.
bet3/3
Sana01.11.2023
Hajmi19.76 Kb.
#1736749
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
O

1.2 Boshlang`ich matematik ta`limda ko`rgazmalilikning ahamiyati va turlari
O’qitishning ko`rgazmali usullarini qo`llash Ya.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika” asaridayoq o`z asosini topgan ko`rgazmalilikning didaktik tamoyillaridan kelub chiqadi. “... o`quvchilar sezib idrok etishi mumkin bo`lgan narsalarni, albatta, sezgilar vositasi bilan, ya`ni ko`rish mumkin bo`lgan narsalarni ko`z bilan ko`rib, eshitish mumkin bo`lgan narsalarni quloq bilan eshitib, hidi bor narsalarni tatib ko`rib, ushlab sezish mumkin bo`lgan narsalarni ushlab bilib olishlari kerak” 1, - deb yozgan edi u. . O’qitishning ko`rgazmali usullarini barcha yirik pedagoglar ma`qullashgan va rivojlantirishgan. Xususan, I.G. Pestalotstsi bunday deb yozgan edi: “Mening eng muhim, boshlsng`ich nuqtai nazarim quyidagilardan iboratdir: tabiatning o`zini kishi tomonidan mushohada qilish (sezib idrok qilish) o`qitishning yagona haqiqiy poydevori hisoblanadi, chunki u (mushohada) inson bilimining yagona asosi hisoblanadi. Bundan keyin keladiganlarning hammasi ana shu hissiy idrokning shunchaki bir natijasi yoki mavhum tushunchasi hisoblanadi”. 2 I.G.Pestalotstsi ko`rgazmalilik tamoyilini ma`lum darajada boyitdi. U ko`rgazmalilikning zarurligini himoya qilish bilan bir vaqtda, sezgi organlari atrofimizdagi borliq to`g`risida tartibsiz ma`lumotlar olib keladi, deb hisoblagan edi. Ta`lim kuzatishlardagi tartibsizlikni yo`qotishi, buyumlarni aniq belgilab berishi, ularning bir turdagilarini va o`zaro yaqinlarini esa birlashtirishi, ya`ni tushunchani shakllantiririshi kerak. Ko`rgazmalilik to`g`risida ko`p ayuxannos solishyapti deb e`tiroz bildiruvchilarga A.Disterveg javob berib, bu to`g`ridagi gaplarni to`xtatish uchun hali vaqt kelgani yo`q, chunki minglab o`qituvchilar hozircha ta`limning abstrakt usulini qo`llashni davom ettirmoqdalar, deb ta`kidlagan edi. K.D.Ushinskiy ham ta`limning ko`rgazmali usuliga katta ahamiyat bergan edi, u ko`rgazmalilikni nutq hamda tafakkurni rivojlantirish bilan birga qo`shib ko`rgazmalilik uchun bunday kirish ilmiy dogmatizmga va ta`limning dogmatik usullariga, ilmiy dunyoqarashga qarshi bo`lganligi uchun ham u progressiv kurash edi. A.Disterveg va K.D.Ushinskiy kabi didaktlarning - ko`rgazmalilikni talab qilishdek talablarida ilmiy dunyoqarash yashiringan edi. O`quvchilar haqiqatni o`zlari o`rganishlari, haqiqiy dunyoni bevosita idrok qilish asosida bilishlari kerak edi.
Download 19.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling