Referat boshlang`ich sinflarlarda matematika o’qitish usullari va ularning klassifikatsiyasi
Download 19.76 Kb.
|
O
Ko’rgazmali metodlar. O’qitishning ko’rsatmali metodlari – o’quvchilarga kuzatishlar asosida bilimlar olish imkonini beradi. Kuzatish hissiy tafakkurning faol shaklidir, bundan o’qitishda, ayniqsa, boshlang’ich sinflarda keng foydalaniladi. Tevarak atrofdagi predmet va hodisalar va ularning turli - tuman modellari (har xil ko`rinishdagi ko’rsatma - qo’llanmalar) kuzatish ob’ektlari hisoblanadi. O’qitishning ko’rsatmali metodlarini o’qitishning og’zaki metodlaridan ajratib qo’yib bo’lmaydi. Ko’rsatma - qo’llanmalarni namoyish qilishni har doim o’qituvchining va o’quvchilarning tushuntirishlari bilan birgalikda olib boriladi. O’qituvchining so’zi bilan ko’rsatma vositalardan birgalikda foydalanishning 4 ta asosiy shakli aniqlangan: 1) o’qituvchi so’zlar yordamida o’quvchilarning kuzatishlarini boshqaradi; 2) og’zaki tushuntirishlar ob’ektning bevosita ko’rinmaydigan tomonlari haqida ma’lumotlar beradi; 3) ko’rsatma - qo’llanmalar o’qituvchining og’zaki tushuntirishlarini tasdiqlash yoki konkretlashtiruvchi illyustrasiya bo’lib xizmat qiladi; 4) o’qituvchi o’quvchilar kuzatishlarini umumlashtiradi va umumiy xulosa chiqaradi. 3. Amaliy metodlar. Malaka va ko’nikmalarni shakllantirish va mukammalashtirish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan metodlar o’qitishning amaliy metodlari hisoblanadi. Xususan, bunday metodlar jumlasiga yozma va og’zaki mashqlar, amaliy va laboratoriya ishlari, mustaqil ishlarning ba’zi turlari kiradi. Mashqlar asosan mustahkamlash va bilimlarni tatbiq qilish, malaka va ko’nikmalarni shakllantirish metodi sifatida qo’llaniladi. Mashq deb biror amalni, shu amalni o’zlashtirish yoki mustahkamlash maqsadida rejali ravishda tashkil qilingan takroriy bajarishga aytiladi. Mashqlar tayyorlash, mashq qildirish va ijodiy mashqlarga katta ahamiyat beriladi. Ijodiy xarakterdagi mashqlarga masalan, masala va misollarni turli usullar bilan yechish, ifoda bo’yicha masala tuzish, qisqa yozuv, chizmaga ko’ra masala tuzish, muammoli masalalarni yechish mashqlari va boshqa mashqlar kiradi.
O’quvchilarning ishi o’qituvchi tayyorlagan didaktik materiallarni kuzatish va tahlil qilishdan iborat bo’ladi. O’qitishda bunday didaktik yo’llardan doimo foydalanish matematik bilimlarni egallashda o’quvchilarning mustaqil ishtiroki ulushining ortishiga yordam bera olmaydi. Ular hech qachon, ob’ektlar to’plamini tadqiq qilish uchun asosiy narsani o’qituvchi qilganidek, ajratib ola bilmaydilar (chunki o’qituvchi bu to’plamni o’rganilayotgan ob’ektlarning xarakteristik xossalarini bila turib tuzadi). Endi matematik bilimlarni mustaqil olishga, ya’ni matematik faoliyatni amalga oshirishga o’quvchilarni o’rgatishga maxsus yo’naltirilgan metodik yo’llarni ko’rib chiqaylik. Matematika o’qitish metodikasida bunday faoliyatning uch jihati ajratiladi: empirik materialni matematikalashtirishga, matematik materialni mantiqiy tashkil etish, matematik nazariyani qo’llash. Boshlang’ich sinf o’quvchilari biror darajada mantiqiy vositalarga ham ega emaslar va ularning matematik bilimlari nazariy xarakterda emas, Download 19.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling