Referat fan nomi: Harbiy san’at tarixi va milliy meros Mavzu: Mo‘g‘ullarning harbiy san’ati


Download 273.61 Kb.
bet1/5
Sana12.10.2023
Hajmi273.61 Kb.
#1700867
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Referat G\'ulomov Boyomon


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI




FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
HARBIY TA’LIM FAKULTETI


REFERAT
Fan nomi: Harbiy san’at tarixi va milliy meros
Mavzu: Mo‘g‘ullarning harbiy san’ati


Tayyorlovchi: 23.124 guruh talabasi
G‘ulomov Boyomon


Fan o‘qituvchisi: Podpolkovnik
S.Mamajonov

Farg‘ona-2023


REJA:
KIRISH

ASOSIY QISM:





  1. Mo‘g‘ullarning harbiy san’ati haqida umumiy ma’lumotlar

  2. Mo‘g‘ullarning Movarounnahr, Xorazm va Xurosonga qilgan harbiy yurushlari

  3. Mo‘g‘ullar harbiy sohasining o‘ziga xos xususiyatlari

XULOSA


KIRISH
Moʻgʻullar davlati - XIII asr 1-yarmida Chingizxon va uning vorislarining istilolari natijasida vujudga kelgan va Sharqiy Yevropadan Yaponiya dengizigacha va Novgoroddan Janubi-Sharqiy Osiyogacha boʻlgan hududni oʻz ichiga olgan jahon tarixidagi eng yirik davlat.
Oʻzining gullab-yashnagan davrida u Oʻrta Osiyo, Janubiy Sibir, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq, Xitoy hamda Tibetning keng hududlarini oʻz ichiga olgan.
XIII asrning ikkinchi yarmida imperiyaning yemirilishi boshlandi va 1266-yilda barham topadi, har bir ulus xonlarining har biri (imperiyaning oʻzini boshqargan Xubilaydan tashqari) oʻzini mustaqil deb eʼlon qilib, chingiziylar boshchiligidagi alohida uluslar xonlari bir-birini mustaqil deb tan oldi. Buyuk Moʻgʻulistonning eng yirik boʻlaklari Yuan imperiyasi, Joʻji ulusi (Oltin Oʻrda), Hulokuiylar davlati (Elxoniylar) va Chigʻatoy ulusi edi. Yuan imperator unvonini qabul qilgan (1271) va poytaxtni Xonbaliq (hozirgi Pekin)ga oʻtkazgan Buyuk Xon Xubilay barcha uluslar ustidan hukmronlik qilishni daʼvo qildi. XIV asr boshlariga kelib imperiyaning rasmiy birligi amalda mustaqil davlatlar konfederatsiyasi shaklida tiklandi.
1368-yilda Yuan imperiyasi barham topdi va shu bilan Moʻgʻul imperiyasi tarix sahnasidan ketdi.
Tatarlar va kerayitlar ustidan gʻalaba qozongan Temujin (Chingizxon) oʻz xalqiga — qoʻshinlarga bosh boʻldi. 1203-1204-yillar qishida bir qator islohotlar natijasida Moʻgʻullar davlatiga asos solindi. 1206-yil bahorda Moʻgʻulistondagi turli toifa qabilalar sardorlarining qurultoyida Temuchin xon etib tayinlangan va unga „Chingizxon“ („Ulugʻ xon“) deb nom berilgan, tashkil etilgan davlat „Yeke mongʻol ulus“ deb atalgan. Chingizxon hokimiyatni mustahkamlash yoʻlida bir qancha islohotlar oʻtkazgan. Jumladan:

  • Eng muhim islohot minglik, yuzlik va oʻnliklarga boʻlingan armiyani qayta tashkil etish bilan bogʻliq edi. Shunday qilib, nazorat va intizom yaxshilandi, eng muhimi, qoʻshinlarni tashkil etishning umumiy tamoyillar yoʻq qilindi. Endi martaba koʻtarilishi urugʻ aristokratiyasiga yaqinlik bilan emas, balki shaxsiy qobiliyat va xonga sodiqlik bilan belgilanadi;

  • Maxsus korpus — keshiklik tuzildi, xonning oʻziga xos shaxsiy qoʻriqchisi ikki qismga boʻlingan: turgʻaud — kunduzgi qoʻriqchilar va kebteul — tungi qoʻriqchilar (mos ravishda 70 va 80 kishidan iborat boʻlgan);

  • Bundan tashqari, minglab bahodirlardan iborat elita birligi — harbiy xizmatlari uchun ushbu faxriy unvonni olgan eng yaxshi jangchilar tashkil etildi.

Chingizxon moʻgʻullardan koʻp sonli yaxshi qurollangan, qattiq intizomga asoslangan va uyushgan qoʻshin tuzadi. XIII asr muallifi Juvayniyning yozishicha, osoyishtalik davrida chorvachilik bilan mashgʻul boʻlgan barcha moʻgʻul aholisi muqoraba (harbiy yurish) eʼlon qilinishi bilan tezda oʻn, yuz, ming, oʻn ming jangchi — tuman boʻlinmalaridan iborat muntazam qoʻshinga aylantirilardi. Har bir jangchi harbiy yurish vaqtida oʻziga zarur boʻladigan qurol-yarogʻ, turli anjomlar va ot-ulovlarini oldindan tayyorlab qoʻyishga majbur boʻlgan. Qoʻshin yuzboshi, mingboshi, tumanboshilar tomonidan boshqarilgan. Tuman boʻlinmalariga, odatda, shahzodalar qoʻmondonlik qilgan. Asosiy qoʻshindan tashqari, Chingizxon ixtiyorida harbiy zodagonlardan tuzilgan maxsus gvardiya (“keshik”) ham tashkil etiladi. Bu gvardiya faqat favqulodsa sodir boʻladigan xavf-xatarga qarshi tashlanardi.
Quyida mo‘g‘ullarning harbiy san’ati haqidagi umumiy ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.

Download 273.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling