Referat fan nomi: Harbiy san’at tarixi va milliy meros Mavzu: Mo‘g‘ullarning harbiy san’ati
MO‘G‘ULLARNING HARBIY SAN’ATI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
Download 273.61 Kb.
|
Referat G\'ulomov Boyomon
MO‘G‘ULLARNING HARBIY SAN’ATI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
O‘rta asrlarning harbiy san’ati Chingizxon va uning ajdodlarining bosqinchilik yurishlari davomida ancha rivojlandi. XIII asrning boshlarida uzoq Mo‘g‘ulistonda ko‘chmanchilar davlati barpo etildi, uning asoschisi, Chingizxon nomini olgan Temuchin bo‘ldi. Qisqa davr ichida u ko‘p sonli va yaxshi qurollangan qo‘shinni tashkil etdi. 1206-yilda Chingizxon merkitlar va naymanlar qabilalarini siqib chiqardi, 12071214-yillarda Yettisuvning shimoliy qismini bosib oldi va uyg‘urlarni o‘ziga tobe qildi, 1209-yilda u Xitoyning shimolisharqiy qismida joylashgan Tung‘utlar davlatiga harbiy yurishni amalga oshirdi. U qullar va katta o‘ljani egallab Mo‘g‘ulistonga qaytib keldi. Keyingi 12111214-yillarda u Xitoyga bir nechta yurishlarni amalga oshirdi, 1215-yilda esa Pekinni bosib oldi va Shimoliy Xitoyni Mo‘g‘ulistonga birlashtirdi. Chingizxonning harbiy muvaffaqiyatlari qo‘shinning yuqori tashkiliy tizimi, qattiq intizom, yuqori harakatchanlik, jangchilarning yurishlardagi matonatlari va janglardagi botirliklari bilan shartlandi. 1-rasm M o‘g‘ul qo‘shinlarining asosini, kamon o‘qlar, qilichlar, boltalar va temir gurzilar bilan qurollangan otliqlar tashkil etgan. Kamon mo‘g‘ullarning asosiy quroli bo‘lgan. Qurol–yarog‘lar orasida katta o‘qlarni uloqtiradigan ballistalar, katapultalar va yonib turgan neft to‘ldirilgan xurmachalarni uloqtiradigan maxsus mashinalari ham bo‘lgan. Bunday texnika xitoyliklardan o‘rganib joriy qilingan (1-rasm). Mo‘g‘ullarning asosiy jang olib borish usullari hujum bo‘lgan. harbiy yurishlarning rejasi avvaldan, dushman davlati va uning harbiy kuchlarini o‘rganib chiqilganidan keyin tuzilgan. Rejani tuzishdagi kengashda (qurultoyda) tajribali harbiy boshliqlar ishtirok etgan. Reja tuzilganidan keyin hujum qilish uchun tanlangan davlatga buyuk xonning talablari yetkazilgan: hech qanday qarshiliksiz tobe bo‘lish va harbiymudofaa inshootlarini buzib tashlash, mo‘g‘ul qo‘shinlarini o‘z hududlariga kiritish, yillik soliqlarni muntazam to‘lash va kerakli sondagi qo‘shinni yetkazib berish mazmunidagi shartlar. Qo‘yilgan shartlarni tinchlik yo‘li bilan qabul qilish ko‘p hollarda davlatni vayronalikdan qutqarib qolmagan, faqatgina bosqinchilarga uni egallashni yengillashtirgan. Qo‘rqitish va xiyonatkorlikni mo‘g‘ul sarkardalari doimo qo‘llaganlar. Bu «osonlik bilan g‘alaba qilishning» bir vositasi bo‘lgan. Qaysi davlatga hujum qilmasinlar, mo‘g‘ul sarkardalari odatda dushmanni qo‘rqitish va uning qarshilik qilishga bo‘lgan irodasini sindirish maqsadida eng shafqatsiz choralardan foydalanganlar. Jang paytida o‘z dushmanlarini bo‘laklarga bo‘lib tashlash va shu bilan ularni tormor etishni yengillashtirish – Chingizxon va mo‘g‘ul sarkardalarining qoidalaridan biri bo‘lgan. Bu qoidalarni qo‘llagan holda XIII asrning oxiriga kelib Mo‘g‘ullar yevro-osiyoni uchdan ikki qismini bosib olishgan. Mo‘g‘ullar doim to‘satdan zarba berishga intilganlar, hujumni olib bora turib, dushmanga to‘satdan bostirib borish uchun ular ko‘p hollarda chalg‘ituvchi harakatlarni amalga oshirganlar. Agar to‘satdan zarba berishni uddasidan chiqa olmasalar, dushmanni egallab turgan pozitsiyasini qoldirib ketishi uchun mo‘g‘ul sarkardalari yolg‘ondakam chekinishni qo‘llaganlar va o‘zlari tezlik bilan uni ta’qib etishni boshlaganlar. Ataylab chekinish va dushmanni oldinga va orqaga harakatlanishga majbur qilish uchun pistirmadan hujum qilish ham jang maydonida amaliyotda qo‘llanilgan. Mo‘g‘ullarning asosiy taktik qoidalari, ilg‘or qismlar hisoblangan yengil otliqlarning harakatlari bilan g‘animni holdan toydirish va uning jangovar tartibiga tartibsizliklarni keltirib chiqarish, keyin esa butun kuchlar bilan hal qiluvchi zarbani berishdan iborat bo‘lgan. Mo‘g‘ullar katta frontal (qo‘shinlarining yuzma-yuz) janglardan o‘zlarini chetga olganlar, ular dushmanning qanotlariga hujum qilishni yoki bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishlardan hujum qilishni afzal ko‘rganlar. Otliqlarning jangovar tartibi bosh kuchlarga, o‘ng va chap qanotlarga bo‘lingan. Jangovar tartibning bosh kuchlari, jangni boshlashga ishtirok etadigan ilg‘or otryadlar bilan himoyalangan. Jangovar tartibning asosiy elementi, hamma kuchlarning uchdan bir qismini tashkil etgan katta zaxira kuchlari bo‘lgan. Download 273.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling