Maruza rejasi: Komplekt elektryuritmalar to’g’risida umumiy tushunchalar
Download 40.33 Kb.
|
1. Komplektlangan elektryuritma. Umumiy tushunchalar.
Maruza: 1. Komplektlangan elektryuritma. Umumiy tushunchalar. Maruza rejasi: Komplekt elektryuritmalar to’g’risida umumiy tushunchalar. Komplekt elektryuritmalar vazifasi va tuzilishi. O’zgarmas va o’zgaruvchan to’kli komplekt elektr elektr yuritmalari Xozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan elektr yuritmalarni muxim turi bu komplektlangan elektryuritma (KEYU). KEYU –bu avvaldan loyixalash va ishlab chiqarish jarayonlarida tarkibiy qismlari o‘zaro bog‘langan va moslangan to‘la komplektlangan elektryuritma. KEYU dastgoxsoslik, metallurgiya,mashinasoslik kabi ko’plab sanoat soxalarida keng qo’llaniladi. KEYU keng tarqalganligi uni ishlab chiqish va tayorlashda kam mexnat talab qilishi, elektr montaji va sozlash ishlariga kam vaqt ketishi, ekspluatatsiya qilishda, xizmat ko’rsatishda va tamirlashda qulayligi bilan belgilanadi. KEYU tarkibiga quyidagilar kiradi: -tezlik datchigili yoki tezlik datchigisiz elektr motori; -sovitish tizimi, ximoyalovchi saqlagich, razryadi va ximoyalovchi RLC-zanjiri, o’zgartirgichni boshqarish va o’zgartirgich elementlari xolatini nazorat qilishi kantrollerlariga ega bo’lgan kuch yarim o’tkazgichli elementlardan tashkil topgan boshqariluvchi o’zgartirgich; -kuch transformatorlari, avtotransformator, reaktor; -o’zgarmas va o’zgaruvchan to’k, zanjirlaridagi kommutatsion va ximoya apparaturasi (avtomatik ulab –uzgichlar , chiziqli kontaktorlari, biriktirgich-ajratgichlar, saqlagichlar ); -elektr motorlarini tormozlash qurilmalari; -elektr yuritmani boshqarish kontrollerlari, intellektual periferiya modullari, signallari kiritish va chiqarish modullari, tarmoq vositalari, terminlar, boshqaruv tugmalari; -buyruq beruvchi, signal beruvchi va boshqaruvchi qurilmalarga ega boshqaruv pultlari; -istemol manbalari. KEYU quyibdagi texnik parametrlari bo’yicha ajratiladi : o’zgartirgich to’ki, kuchlanich va quvvati bo’yicha; reversning mavjudligi yoki yoqligi; tormozlash usuli (energiyani tarmoqqa rekuperatsiya qilish, rekuperatsiya qilmaslik, dinamik to’rmozlash ); tezlikni o’zgartirish diapazoni; rostlanuvchi o’zgaruvchilar (tezlik, joylashuv sinxronlash, yuklanish , quvvqti va boshqalar). istemol tarmog’i kuchlanishi va chastotasi (380v, 660v, 3kv, 6kv, 10kv); istemol tarmog’i bilanbog’lanish usuli (transfarmator bog’lanish reaktor bog’lanish). KEYU turli xil bajarilgan : tuzilishiga ko’ra, kuch yarim o’tkazgichli elementlarni sovitish turiga ko’ra (tabiiy, shamolparraklar yordamida xavo bilan , suvli); apparaturali shkafga xizmat korsatish bo’yicha (bir tomonlama yoki ikki tomonlama ) va.x.k. Ko’rsatib otilgan belgilar ishlab chiqaruvchi zavod elektr yuritmaga beradigan toifada o’z aksini topadi. Elektr texnika sanoati tomonidan o’zgaruvchan va o’zgarmas to’k KEYU ishlab chiqarilmoqda. Download 40.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling